O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet80/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Ta’m bilish analizatori og’z bo’shlig’ining qaysi qismida joylashgan?
2. Ta’m bilish so’rg’ichlari qanday tipda bo’ladi?
3. Ta’m bilish analizatorining qanday neyronlari farq qilinadi?


10-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga eshituv va muvozanat analizatori hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Eshituv va muvozanat analizatorining anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Eshituv va muvozanat analizatorining fiziologik xususiyatlarini tushuntirib bera oladi.


O’ninchi sаvоl bаyоni.
Eshituv va muvozanat analizatori. Eshituv analizatorining tuzilishi
Odamning umri butunlay uzluksiz tovushlar dunyosining ta’siri ostida o’tadi: hayvonlar va odamlar ovozi, musiqa ohanglari, texnika vositalarining tovushi-bularning barchasi odamning eshituv a’zosiga ta’sir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi.
Quloq murakkab ikki funksiyani bajaradi. Eshituv sezgilarini hosil qilishga yordam beradigan eshituv a’zosi va bundan tashqari, tanamizning muvozanatini saqlaydigan maxsus apparat ham quloqqa qo’shiladi.
Quloq tuzilishi jihatidan uchta asosiy qismlarga bo’linadi: I) tashqi qufoq quloq suprasi bilan tashqi eshituv yo’lidan iborat; 2)o’rta quloq-nog’ora bo’shlig’idan iborat bo’lib, u chakka stiyagining ichida turadi va uchta eshituv suyakchasini o’z ichiga oladi; 3) ichki quloq-eshituv azosining eng muhim qismidir. lchki quloqda ikkita mustaqil a’xo bnr. Bulardan biri tovushni sezadigan a’zo va ikkinchisi muvozanat a’zosi-yarim doira kanallar. lchki quloq chakka suyagining tosh qismida (piramidasida) turadi.
Tashqi quloq quloq suprasi va tashqi tovush yo’lidan iborat bo’lib, quloq suprasi hayvonlarda tovushni tutishga yordam beradi, u harakatchan bo’ladi.
Odam quloq suprasining mushaklari yaxshi rivojlanmagani uchun harakat qilmaydi. Istisno tariqasida odamlarda quloq suprasining qimirlashi kuzatiladi. Quluq suprasi egiluvchan tog’aydan tuzilgan teri bilan qoplangan. Uning ichida burmalar bo’lib, ular tovush to’lqinlarining yo’nalishiga yordam beradi.
Tashqi eshitish yo’1i 2-5sm uzunlikda bo’lib, biroz qiyshiq kanaldan iborat. Kanalning ichi tukli, bezli epiteliy bilan qoplangan. Tuklar himoya vazifasini hajaradi, bezlar esa sariq suyuqlik ishlab chiqaradi.
O’rta quloq bo’shliq bo’lib, tashqi quloqdan nog’ora parda bilan ajralgan. Nog’ora parda yupqa, pishiq bo’lib, asab tolalari va qon tomirlari bilan ta’minlangan. U egiluvchan pishiq biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan, diametri 9-11 mm, qallinligi 0,1 mm, asab va qon tomirlariga boy bo’ladi. Nog’ora parda mushaklar yordamida to’lqinni o’zgartirmay o’tkazadi.
O’rta quloq bo’shlig’i nog’ora bo’shliq deyiladi, uning hajmi 0,75 ml ga teng keladi. So’rg’ichsimon bo’shliqlar o’rta quloq orqali halqum bilan tutashadi. O’rta quloq Yevstaxiyev nayi 4 sm uzunlikda bo’lib, tashqi quloq bilan o’rta quloqdagi bosimning muvozanatlashishida ishtirok etadi, o’rta quloq bo’shlig’ida uchta eshitish suyakchasi: bolg’acha, sandon, uzangi joylashgan bo’lib, boylamlar yordamida bir-biriga birikkan bo’ladi (178-rasm).

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling