O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet78/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Taktil va bosim resepsiyasi deb nimaga aytiladi?
2. Taktil va bosim resepsiyasining bir-biridan farqi nimadan iborat?
3. Taktil va bosim resepsiyasi qanday aniglash usullari mavjud?


8-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga hid bilish analizatori hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Hid bilish analizatorini izohlab bera oladi.
1.2. Hid bilish jorayonini tushuntirib bera oladi.


Sakkizinchi sаvоl bаyоni.
Hid bilish analizatori
Hid bilish va ta’m bilishni "kimyoviy sezgilar" deb atashadi, chunki ular kimyoviy ta’sirlovchilarning retseptorlariga ta’sir etishi natijasida kelib chiqadi. Hid bilish retseptorlari burun bo’shlig’ining shilimshiq pardasida joylashgan bo’lib, ularning soni o’rtacha 30-40 mln ga teng. Bu retseptorlarda ko’plab mayda tukcha bo’lib, ularning uzunligi 1-2 mikron atrofida. Burun bo’shlig’ining hid sezuvchi sathi 5 sm bo’lib, sezuvchi hujayra tukchalarining ko’p bo’lishi hisobiga hid bilish sathi 100-150 marta ortadi.
Odamda 60 mln.ga yaqin hid sezish retseptorlari bor. Hid biluv retseptorlariga turli kimyoviy moddalarning ta’sir etish mexanizmi hozircha aniq emas. Hid sezish retseptorlarining ta’sirlanishi ba’zan atom guruhlarning kimyoviy ta’sirga bog’liq, deb faraz qilinmoqda. Ammo, tizilmasi yoki kimyoviy xossalari bilan bir-biriga yaqin turadigan moddalarning butunlay har xil hidli ekanligi kimyoviy gipotezalarga zid keladi. Hid sezgisi kelib chiqishi uchun modda zarralari hidlov sohasining shilliq pardasiga tushib, hid biluvchi retseptorlarga ta’sir etishi kerak. Hidli moddalarning ta’sir bo’sag’asi juda past, shuning uchun bu moddalar bir necha marta qayta-qayta hidlanadi. Buni moddaning hidini bilmoqchi bo’layotgan kishiga yoki har narsani iskaydigan hayvonga qarab bilish mumkin.
Hid bilish sezgisining jadalligi hidli moddaning kimyoviy tarkibiga, havodagi konsentratsiyasiga va burundan o’tish tezligiga, shuningdek hid bilish retseptorining fiziologik holatiga bog’liq. Hidli modda taralgan havoning burunga kirishi tezligi qancha katta bo’lsa, hid bilish sezgisi o’shancha kuchli bo’ladi.
Hidli moddaning havodagi konsentratsiyasi bir xil bo’lsa, u hid biluv retseptorlariga ta’sir etayotgaii dastlabki paytdagina hid bilish sezgisining intensivligi maksimal bo’ladi. Keyinchalik hid bilish sezgisi susayadi. Buning sahabi shuki, retseptorlar adaptatsiyasi tez, taraqqiy etadi, shunga ko’ra retseptorlarning sezuvchanligi pasayadi. Shu sababli hidli moddaning havodagi konsentratsiyasi katta bo’lgan binoda bir necha vaqtgacha bo’lgan odam hid sezmaydigan bo’lib qoladi. Hidli modda uzluksiz ta’sir etsa, hid biluv apparati tezroq adaptatsiyalanadi.
Hid biluv retseptorlarining sezuvchanlik darajasini va adaptatsiya tezligini simpatik asab tizimi idora etadi; simpatik asab tolalari qo’zg’alganda hid biluv asabidagi impulsasiya hid ta’sirida keskin darajada oshadi, bu esa simpatik asab tizimi adaptatsion funksiyasini o’taydi degan L.A.Orbeli nazariyasiga mos keladi. Eslatib o’tamiz, bu nazariyaga muvofiq simpatik asab tizimi modda almashinuvini va qo’zg’aluvchanligini boshqaradi. Adaptaision-trofik funksiyaning biologik ahamiyati shuki, u organizmning faoliyatiga muayyan ravishda moslashishni ta’minlaydi.
Umurlqali hayvotilarning hid bilish retseptorlari ularning filogenetik rivojlanishi va ekologik ixtisoslashganiga qaramay umumiy bir tamoil asosida tuzilgan. Hid bilish retseptorlarining faoliyati ta’sirlovchining fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan bog’liq: ikkinuhisi sustroq va uchinchisi esa retseptor faoliyatiga tormozlovchi omil sifatida ta’sir etadi.
Ma’lumki, umurtqali hayvonlarda ham, odamda ham bir juft hid bilish piyozchalari ham bor. Bu hid bilish piyozchalar 5 qavatdan iborat.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling