O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.63 Mb.
|
portal.guldu.uz-ÐDÐM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- III va IV tashqi va ichki to’rsimon qavatlar;
- Muhоkаmа uchun sаvоllаr
- To’qqizinchi sаvоl bаyоni. Ta’m billsh analizatori
- Birinchi neyron
I-flbroz qavati hid bilish neyronlar tolalaridan iborat. Bu tolalar oxirlari hid bilish retseptorlarining qo’zg’atuvchi va tormozlovchi sinapslarini hosil bo’lishida qatnashadi.
II-glomerula qavati asab tolaiarining oxiri bo’lib, hid bilish analizatorining birlamchi neyronlarini tashkil etadi. Piyozchalari murakkab asab tugunlar paydo qiladi. III va IV tashqi va ichki to’rsimon qavatlar; III-chi qavatda ko’p miqdorda sinapslar joylashgan; IV-chi qavatda esa neyronlarning tanalari joylashgan bo’lib, III-chi qavat bilan vertikal va gorizontal asab tolalari orqali bog’langan. V qavat (donali qavat) da hid sezuvchi donali neyronlar zich joylashgan. Umurtqali hayvonlarda hid bilish piyozchasidan asab tolalari oldinigi miyaga: hid bilish tepachasi, oldingi hidlov yadrosi, prepiriform va po’stloqqa hamda po’stloq ostidagi bodomsimon yadrolarga yetib boradi. Zamonaviy tadqiqotlar xemoretsepsiya yo’llari adekvat ta’sirlovchilarning birlamchi adsorbsiyasi va ularning xemoretseptorlar membranasiga ta’sir etish mexanizmiga asoslanadi. Hid sezish analizatorining mexanizmi haligacha aniq bo’lmagan bo’lsa ham uning afferent va efferent yo’llari markaziy asab tizimining eng qadimiy tuzilmasi-hidlov miya markazi orqali o’tishiga hech bir shubha yo’q. Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 1. Hid bilish analizatori qayerda joylashgan? 2. Hid bilish piyozchalari necha qavatdan iborat? 3. Hid bilish markazi bosh viyaning qaysi qismida joylashgan? 9-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga ta’m bilish analizatori hаqidа mа’lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Ta’m bilish analizatorini izohlab bera oladi. 1.2. Ta’m sezishning fiziologik xususiyatlarini tushuntirib bera oladi. To’qqizinchi sаvоl bаyоni. Ta’m billsh analizatori Ta’m bilish retseptorlari tilda qisman yumshoq tanglayda joylashgan bo’lib, og’izga kirgan moddalar haqida ma’lumot beradi. Ta’m bilish retseptorlarining ta’sirlanishi hazm a’zolarini ishga soladigan ko’pgina shartsiz reflekslarning qo’zg’atuvchisi hisoblanadi. Eng ko’p uchraydigan retseptorlar-ta’m bilish so’rg’ichlaridir. Ta’m bilish so’rg’ichlari ipsimon, bargsimon, zamburug’simon va tarnovsimon bo’ladi. Bitta so’rg’ichda 250 tagacha retseptor joylashgan. Ta’m sezgilarini shirin, achchiq, sho’r va nordon deb to’rt guruhga bo’lish mumkin. Shu to’rtta asosiy sezgining aralashmasidan iborat bo’lgan boshqa ta’m sezgilari ham anchagina bor. Modda ta’m biluvchi retseptorga ta’sir eta olishi uchun suyuqlikda erigan bo’lishi kerak. Ta’m bilish sezgisining kelib chiqishi uchun haroratning ahamiyati juda katta. Qaynoq va sovuq ovqat ta’m bilish sezgilarini susaytiradi. Buni kundalik turmushda ko’rish mumkin. Qandli choy qaynoq bo’lsa, deyarli mazasi yo’qqa o’xshab tuyiladi. Shuningdek og’izda bir chaqmoq qand olib, sovuq suv bilan ichib yuborilsa, shirin mazasining deyarli hech biri sezilmasligi ham ma’lum. Ta’m bilish analizatorining uchta neyroni farq qilinadi. Birinchi neyron tilning shilliq qavatidagi ta’m bilish so’rg’ichlarida tilning ildiz qismi va yutqum sohasida joylashgan bo’lib, uzunchoq miyaga borib tugaydi. Ikkinchi neyron uzunchoq miyaning birinchi neyron tamom bo’lgan joyidan boshlanib, talamusda tugaydi. Uchinchi neyron talamusdan boshlanib, ta’m bilish a’zosining miya po’stlogidagi markazida, ya’ni orqa markaziy pushtaning pastki uchida tugaydi. Ta’m bilish sezgisini yuzaga chiqaruvchi bir nechta ta’sirlovchi bir vaqtda yoki ketma-ket qo‘llanilganda, ta’m bilish kontrasti va ta’mlarning aralashib ketishi mumkin. Ta’m bilish kontrasti shundan iboratki, ta’m bilish sezgisini yuzaga chiqaruvchi boshqa bir ta’sirlovchi ta’sirida qanday bo’lmasin bir ta’mni sezish ortadi. Macalan, shirin sezgisini yuzaga chiqaradigan ikki yoki uch ta’sirlovchi bir vaqtda ta’sir etganda ba’zan yangi ta’m sezgisining kelib chiqishi ta’mlarning aralashib ketishi deb ataladi; yangi ta’m bilish sezgisi o’z komponentlariga o’xshamaydi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling