22-rasm. Ichi yorilgan quyon: 1 - qizilo’ngach, 2 - oshqozon, 3 - jigar, 4 - oshqozon osti bezi,
5 - ingichka ichak, 6 - ko’richak, 7 - ko’richakning chuvalchangsimon o’simtasi, 8 - yo’g’on ichak, 9 - to’g’ri ichak, 10 - orqa chiqaruv teshigi, 11 - taloq, 12 - traxeya, 13 - o’pka, 14 - yurak, 15 - diafragma, 16 – buyrak, 17 - siydik xaltasi, 18 - tuxumdon, 19 – fallopiev nayi, 20 - bachadon, 21 - qin, 22 - siydik-tanosil sinusi (teshigi), 23 - siydik-tanosil teshigi, 24 - o’t pufagi.
Ovqat hazm qilish sistemasi. Quyonning og’iz bo’shlig’iga to’rt juft yirik: quloq oldi, ko’z osti, jag’ osti va til osti so’lak bezlari yo’li ochiladi. Og’iz bo’shlig’ining tubida go’shtdor qarakatchan katta til joylashgan. Tilning usti juda qam ko’p ta’m sezuvchi so’rg’ichlar bilan qoplangan, bundan tashqari til ovqatni chaynash vaqtida uni tishlar tagiga surib turadi. Og’iz bo’shlig’ining atrofida murakkab va differentsiyalashgan tishlar joylashgan.
Turli sutemizuvchilarda tish sonlari, ularning shakli va funktsiyasi farq qiladi. Masalan, quyonning tish formulasi quyidagicha yoziladi:
2 0 6
i ; c ; pm + m 2 = 28.
1 0 5
i - kurak tishining bosh qarfi, s - qoziq tishining bosh qarfi, rm – kichik oziq tishining bosh qarfi va m – katta oziq tishining bosh qarfi.
Og’iz bo’shlig’ining orqa bo’limida kaltagina yumshoq tanglay orqali ustki (burun) va pastki (og’iz) bo’limlarga bo’lingan qalqum bor. Іalqum qamma umurtqali qayvonlarnikiga o’xshash ancha cho’ziladigan muskulli naydan iborat bo’lib, u oshqozonga borib taqaladigan qizilo’ngachga qo’shiladi. Oshqozonning oldingi qismi kardial, keyingisi esa pilorik qism deb yuritiladi. Oshqozonning pilorik bo’limidan o’n ikki barmoqli ichak boshlanib, uning sirtmog’ida oshqozon osti bezi joylashgan. O’n ikki barmoqli ichakdan uzun ingichka ichak boshlanib, u qorin bo’shlig’ining ko’p qismini egallaydi. Ingichka ichakning yo’g’on ichakka o’tish chegarasida ko’richak joylashgan. Yo’g’on ichak tashqariga maxsus orqa chiqaruv teshigi orqali ochiluvchi to’g’ri ichak bo’limi bilan tugallanadi.
Quyonning jigari to’rtta yirik va bir necha mayda bo’laklardan iborat. Markaziy o’ng bo’lagida o’t pufagi bor. Uning suyuqligi o’n ikki barmoqli ichakka ochiladi. Uzunchoq to’q qizil rangli taloq oshqozonning yonida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |