O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Katta qon aylanish doirasining venalari


Download 7.21 Mb.
bet121/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Katta qon aylanish doirasining venalari. Orqa oyoqlardan keladigan venoz qon juft son venasiga yig’iladi. Bu venalar chanoq oldida bir-biriga qo’shilib, toq keyingi kovak venani qosil qiladi. Shunday qilib, barcha sutemizuvchilardagi kabi quyonda qam buyrakning qopqa sistemasi yo’q bo’lib ketgan. Keyingi kovak vena umurtqa pog’onasi bo’ylab yurakka yo’naladi va yo’l-yo’lakay gavda devori (teri va muskullar) bilan organlardan chiqqan bir qancha venalarni o’ziga qo’shib oladi. O’ng yurak bo’lmasiga quyilish joyining oldida esa unga ikkita jigar venasi qam kelib qo’shiladi. Ichki organlar (ichak, oshqozon, qora jigar-taloq)dagi venoz qon jigar qopqa venasiga yig’iladi. Bu vena jigarda kapillyarlarga bo’linib, jigarning qopqa sistemasini qosil qiladi; keyin ular yana bir-biriga qo’shilib yuqorida aytib o’tilgan bir juft kalta jigar venalarini vujudga keltiradi. Gavdaning oldingi qismidan keladigan venoz qon juft venalar o’ng va chap katta oldingi kovak venalarga yig’iladi, bu venalar qam venoz qonni o’ng yurak bo’lmasiga olib boradi. Bu kovak venalarning qar biri oldingi oyoqlardan qon olib keluvchi o’mrov osti venasi bilan boshdagi venoz qonni yig’uvchi tashqi va ichki bo’yinturuq venalarining qo’shilishidan qosil bo’ladi.
Nerv sistemasi. Sutemizuvchilarning bosh miyasi nisbatan katta qajmda bo’lishi va murakkab rivojlanganligi bilan boshqa sinflarga kiruvchi umurtqali qayvonlardan farq qiladi.
Bosh miya qajmining kattaligi oldingi miya yarim sharlarining va miyachasining kattaligi bilan bog’liq. Oldingi miya yarim sharlari bosh miyaning boshqa bo’limlarini, ya’ni oraliq, o’rta va uzunchoq miyalarni butunlay qoplab yaxshi rivojlangan miyachaga tegib turadi. Miyacha qam uzunchoq miyani qoplab turadi. Quyon va kalamushning oldingi katta miya yarim sharlari po’stlog’i yuzasi silliq bo’ladi. Lekin oliy darajada rivojlangan sutemizuvchilarning bosh miya yarim sharlari va miyachasi po’stlog’i yuzasi ilonizi burmalari, ya’ni egatchalari taraqqiy etganligi bilan murakkablashadi. Odatda primatlar turkumi vakillarida egatchalar soni ko’p bo’ladi. Egatchalar katta yarim sharlarning yuza qajmini kengaytiradi.
Oraliq miyaning qajmi nisbatan kichkina bo’lib, uni oldingi miya yarim sharlari to’liq qoplab olgan, yuqoridan ko’rinmaydi. Oraliq miyada unchalik katta bo’lmagan epifiz va gipofiz bezlari bo’ladi. O’rta miyaning qajmi qam unchalik katta emas. O’rta miya to’rtta do’nglikdan iborat bo’lib, bu bo’limda ko’rish va eshitish organlarining markazi joylashgan.
Sutemizuvchilarning miyachasi qam juda katta va yaxshi rivojlangan bo’lib, uch qismdan tashkil topgan: markaziy, ya’ni chuvalchangcha va ikkita yon yarim sharlardan, bu qolat sutemizuvchilarning niqoyatda murakkab qarakatlariga bog’liq. Miyachaning tagida uzunchoq miya joylashgan va uzunchoq miya orqa miyaga ulanadi. Uzunchoq miyada rombsimon egatcha ko’rinadi.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling