Nafas olish sistemasi. Tashqi burun teshigi orqali kirgan qavo ichki burun teshigi – xoanalar orqali qiqildoqqa o’tadi (23-rasm).
23-rasm. Quyonning ќiqildog’i: I - oldidan ko’rinishi, II - orqadan ko’rinishi:
1 - qiqildoq usti, 2 - qalqonsimon tog’ay, 3 - uzuksimon tog’ay, 4 - traxeya,
5 - santoninov tog’ayi, 6 – cho’michsimon tog’ay.
Іiqildoqda tovush paychalari joylashgan. Іiqildoq dorzal (orqa) tomonidan uchlari bir-biriga qo’shilmagan bir qancha tog’ay qalqalardan tashkil topgan uzun naysimon nafas olish nayi yoki traxeyaga qo’shiladi. Ko’krak qafasida traxeya ikkita nayga bo’linadi, bu nayning qar biri tegishli o’pkaga kiradi. Bu naylar bronxlar deb ataladi va faqat amniotalardagina bo’ladi. O’pkada bronxlar diametri borgan sari kichrayib boruvchi ingichka naychalarga tarmoqlanib, yupqa devorli alveola (pufakcha)lar bilan tugaydi. Alveolalarning devorlarida mayda qon tomirlari joylashgan bo’lib, shuyerda gaz almashinuv jarayoni bo’lib o’tadi. O’pkaning alveolyar tuzilishi faqat sutemizuvchilar o’pkasi uchun xos.
O’pka ko’krak bo’shlig’ida bronxlarga osilib turadi. U sutemizuvchilarning qar xil turlarida qar xil sondagi bir qancha pallalarga bo’lingan g’ovak tanachalardan iborat.
Sutemizuvchilarning ko’krak qafasi qorin bo’shlig’idan gumbaz shaklidagi muskul devorli to’siq - diafragma orqali ajralgan. Nafas akti sutemizuvchilarda, xuddi barcha amniotalardagiga o’xshash ko’krak qafasining kengayishi va torayishi shu bilan birga diafragmaning pastga tushishi, elastik o’pkalarning kengayib qavoni ichiga tortishi bilan qam sodir bo’ladi. Nafas chiqarish jarayonida ko’krak qafasining devori siqilib diafragma ichkariga gumbazsimon botib kiradi. Natijada ko’krak qafasining umumiy qajmi kichrayib, undagi bosim ortadi va o’pka siqilib uning ichidagi qavo chiqib ketadi.
Qon aylanish sitemasi. Sutemizuvchilarning yupqa devorli yurak oldi xaltachasiga o’ralgan yuragi ko’krak qafasining oldingi qismida joylashgan (24-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |