O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus
Download 7.21 Mb.
|
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy organlari.
- Topshiriqlar
Ayirish organlari. Sutemizuvchilarning juft chanoq metanefrik tipga kiruvchi loviyasimon buyraklari bel bo’limida, umurtqa pog’onasining ikki yonida joylashgan (25-rasm). Buyrakning oldingi uchlarida kichik qizil-sariq rangli buyrak usti tanachalari joylashgan. Іar bir buyrakning botiq ichki yuzasidan bittadan siydik kanali boshlanadi, siydik kanali chanoq bo’limida siydik pufagiga quyiladi. Siydik pufagi o’z navbatida siydik chiqaruv kanaliga ochiladi.
Jinsiy organlari. Voyagayetgan erkak kalamushning urug’donlari tuxum shaklida bo’lib, qorin devori muskul qatlamining bo’rtib chiqishidan qosil bo’lgan xaltacha - yorg’oqda joylashgan. Yorg’oq tashqi tomondan teri bilan qoplangan. Mezonefrosning qoldig’i bo’lmish yog’simon tanacha shaklidagi urug’don ortiqlari shu urug’donga taqalib turadi. Urug’don ortiqlaridan juft urug’ yo’llari chiqib, siydik chiqaruv kanalining boshlanish joyiga ochiladi. Urug’ yo’llarining pastki qismi kengayib uzunchoq qayrilgan shoxsimon urug’ pufakchasiga aylangan. Urug’ kanallarining siydik chiqarish kanaliga quyiladigan joyidagi chegarada prostata bezi bo’ladi va shuyerga kuper bezining yo’li qam ochilgan. Siydik-jinsiy kanali jinsiy olat ichidan o’tadi (25-rasm). B A 25-rasm. Sutemizuvchilarning siydik-tanosil sistemasi: A-erkagi, B-urg‘ochisi: buyrak, 2-siydik yo‘li, 3-qovuq, 4-urug‘donlari, 5-tuxumdon, 6-urug‘ yo‘li, 7-bachadon, 8-tuxum yo‘li, 9-siydik to‘kish kanali. Urg’ochisining jinsiy organlari boshqa barcha umurtqali qayvonlardagidek juft tuxumdonlardan iborat. Uning shakli yapaloq va usti notekis (g’adir-budur) bo’lib buyraklarga yaqinyerda joylashgan. Juft ingichka tuxum yo’lining keng voronkasi qar qaysi tuxumdonga yaqinyerda qorin bo’shlig’iga ochilgan. Ularning qarama-qarshi uchlari kengayib, qalin bachadon shoxiga aylanadi. O’ng va chap bachadon shoxlari toq va uzunchoq qinga ochiladigan bachadonga qo’shiladi. Qinning orqa uchi daqlizcha, ya’ni siydik-tanosil kanaliga aylanadi, chunki unga siydik pufagi qam pastki tomondan ochiladi. Niqoyat, qin daqlizi siydik-tanosil teshigi bilan tashqariga ochiladi. Topshiriqlar: Quyon yoki kalamushning ichki organlari joylashishi bilan tanishib, qar bir organ tuzilishini o’rgangach, quyidagi rasmlarni albomga chizib oling: 1. Ichki organlarning umumiy joylanishi; 2. Qon aylanish sistemasining sxemasi; 3. Siydik-tanosil organlari; 4. Bosh miyasi tuzilishi. Download 7.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling