O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Download 7.21 Mb.
bet130/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Anakonda-anakondalar-bo‘g‘ma ilonlar avlodi. Hozirgi yashab turgan ilonlarning eng yirigi bo‘lib uzunligi 10 m gacha (ayrim adabiyotlarda 11,43 metrgacha deb qayd qilingan) boradi.
Anal teshik-to‘g‘ri ichakning oxirgi qismi, orqa chiqaruv teshigi.
Anamniyalar-embrional taraqqiyotining dastlabki davrida embrion pardalari, jumladan, amnioni bo‘lmaydigan tuban umurtqali hayvonlar (to‘garak og‘izlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar) guruhi. Anamniyalar birlamchi suv umurtqalilari bo`lib, embrional rivojlanishi, asosan suv muhiti bilan bog‘liq.
Aorta-shox tomir, katta tomir. Odam va hayvonlar organizmidagi eng katta va uzun yagona qon tomiri. Yurakning chap qorinchasidan chiqib organizmning barcha a`zolari va to‘qimalariga tarmoqlanadi.
Apteriya-uchuvchi qushlarning pat bilan qoplanmagan teri qismi.
Areal (maydon, makon)-o‘simlik va hayvonlarning biror turi, oilasi yoki turkumi tarqalgan geografik hudud.
Arterial qon-toza qon, kislorodga boyigan qon.
Arteriyalar-yurak va aortadan chiqib, o‘pka alveolalarida kislorodga boyigan qonni barcha tana a`zolari va to‘qimalariga olib boruvchi qon tomirlar.
Arxeopteriks, dastlabki qush-qushlarning eng qadimgi, qirilib ketgan urug‘i. Kaltakesakdumlilar kenja sinfiga kiradi.
Bentos (chuqurlik)-dengiz va chuchuk suv havzalari tubidagi balchiqda va uning ustida yashaydigan organizmlar. Dengiz bentosi ko‘pchilik baliqlar va boshqa hayvonlar uchun ozuqa, ba`zilari (suv o‘tlari, krab va baliqlar) dan inson ham foydalanadi.
Biogeografiya-tirik orgnizmlar (mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar) jamoasi va ular komponentlari (tur, avlod, oila va bosh.)ning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan. Bu fan ma`lumotlaridan biologiya, qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda keng foydalaniladi.
Boshskeletsizlar (boshqutisizlar)-xordalilar tipining kenja tipi. Boshi ixtisoslashmagan, bosh qutisi bo‘lmaydi, vakili lantsetnik.
Vibrissalar-shakli o‘zgargan uzun, kattiq junlar. Ular ayrim tur sutemizuvchilarning bosh qismida, ba`zan panja va ko‘krak qismida ham bo‘lib, tuyg‘u vazifasini bajaradi.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling