GLOSSARIY
Abissal (tubsiz)-dengiz tubining 3000-6000 m chuqurligiga to‘g‘ri keladigan qismi.
Avtotomiya (kesib tashlash)-bir qancha hayvonlarda kuchli qo‘zg‘alish ta`sirida masalan, yirtqich hayvon changaliga tushib qolganda oyoqlari, dumi yoki tanasining bir qismini beixtiyor uzib tashlashi. Kaltakesaklarda avtotomiya dumining ko‘ndalang tog‘ay qismidagi muskullarning kuchli va tez qisqarishi natijasida uzib tashlanadi. Avtotomiyada tananing uzib tashlangan qismi qayta tiklanadi.
Agamalar-kichik va o‘rtacha kattalikdagi kaltakesaklar kenja turkumining oilasi.
Adaptatsiya (moslashuv)-organizmning evolyutsiya jarayonida turli yashash sharoitlariga moslanishi.
Aklimatizatsiya-iqlimga moslashish, organizmning yangi yashash sharoitiga moslashishi.
Akkomodatsiya (moslashuv)-ko‘zning turli masofadagi narsalarni ochiq-ravshan ko‘rishga maslashuvi.
Akrania-"Acraniata", ya’ni "chanoqsizlar" deyiladi.
Allantois (embrion qovug‘i)-sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar, ya`ni amniotalarning embrion pardalaridan biri.
Alveolalar (pufakcha, xaltacha)-o‘pka bronxlarining oxirgi qismi.Ular nafas olganda kengayib, nafas chiqarganda torayib havo almashinuvini ta`minlaydi.
Amnion (qog‘onoq)-yuksak umurtqalilar(sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar)ning murtak pardasi.
Amniotalar-embrioni atrofida murtak parda, shu jumladan amnion hosil qiladigan yuksak tuzilishga ega bo‘lgan umurtqali hayvonlar (sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar).
Amfibiyalar-suvda hamda quruqlikda yashovchilar, umurtqali hayvonlar kenja tipining sinfi.
Amfisbenlar (halqali kaltakesaklar)-kaltakesaklar kenja turkumining bir oilasi.Tropik Amerika va Afrikada tarqalgan.
Anabioz-hayotiy jarayonlari keskin sekinlashgan organizm holati, yashash sharoiti juda yomonlashganda (harorat o‘ta yuqori yoki past bo‘lganda) hayvonlarda bu holat kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |