Ikkilamchi og‘izlilar-ikkilamchi tana bo‘shlig‘i (selom)ga ega hayvonlar bo‘lib, ontogenezda ularning birlamchi og‘zi o‘rnida anal teshik vujudga keladi, haqiqiy, ya`ni ikkilamchi og‘iz esa murtakning old tomonida paydo bo‘ladi. Ikkilamchi og‘izli hayvonlarga chala xordalilar, ignaterililar va xordalilar tiplari vakillari kiradi.
Instinkt (uyg‘onish, qo‘zg‘alish)-muayyan sharoitda hayvonlarning bitta turi uchun xos bo`lgan murakkab irsiy hatti-xaraktalari majmui. U har bir turda o`ziga xos ko`rinishga ega bo`ladi va nasldan-naslga o`tadi.
Itbaliq-suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfiga kiruvchi dumsizlar turkumi vakillarining lichinkasi.
Ixtiozavrlar-suv sharoitiga ancha yaxshi moslashgan reptiliyalardir.
Ixtiologiya-baliqlarning tuzilishi, hayot kechirishi, rivojlanishi, tarqalishi, sistematikasi va kelib chiqishini o‘rganadigan fan. Zoologiyaning bir bo‘limi.
Ixtiornislar-qirilib ketgan qadimgi tishli qushlar katta turkumining avlodi.
Kaymanlar-timsohlar turkumining alligatorlar oilasiga kiruvchi avlod. Janubiy va Markaziy Amerika suvliklarida tarqalgan.
Kannibalizm-hayvonlarda o‘z turi individlarini yeyish hodisasi. Umurtqali hayvonalar orasida bunday hodisa ayrim yirtqich baliqlar, kemiruvchilar va primatlarda uchraydi.
Kapilliyarlar (qil tomirlar)-odam va hayvonlarning barcha to‘qimalari tarkibidagi eng mayda va ingichka qon tomirchalari.
Karapaks-teridan hosil bo‘lgan suyak plastinkalardan iborat ustki qavat.
Katransimonlar-akulalar turkumining oilasi.
Kil-yaxshi rivojlangan to‘sh suyagi.
Kloaka-umurtqalilardan to‘garak og‘izlilar, ba`zi baliqlar (akulalar, skatlar), barcha suvda hamda quruqlikda yashovchilar, qushlar va sutemizuvchilardan dastlabki darrandalarda to‘g‘ri ichagining tashqariga ochiladigan kengaygan qismi. Kloakaga siydik yo‘li, urug‘ yoki tuxum yo‘llari ham ochiladi.
Koala-Sharqiy Avstraliya o‘rmonlarida tarqalgan xaltalilar turkumiga mansub xaltali ayiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |