O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Download 7.21 Mb.
bet135/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Plakoid tangacha-eng primitiv yoki sodda tangachalar (tog‘ayli baliqlarda).
Plankton-suv qatlamida yashab, suv oqimi bilan harakatlanuvchi organizmlar majmui.
Platsenta (bola o‘rni)-homiladorlik davrida hosil bo‘ladigan va homila bilan ona organizmini bir-biriga bog‘lab, ular o‘rtasida moddalar almashinuvini ta`minlaydigan organ. Homila platsenta orqali ona qornidan kislorod hamda oziq moddalar olib, unga parchalanish mahsulotlari va karbonat angidrid ajratadi. Homila platsentaga kindik orqali birikadi.
Poykiloterm hayvonlar-sovuqqonli, tana harorati tashqi muhit harorati ta`sirida o‘zgarib turadigan hayvonlar. Poykiloterm hayvonlarga barcha umurtqasizlar, to‘garak og‘izlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchi va sudralib yuruvchilar kiradi.
Poliandriya-hayvonlarda jinslar o‘rtasida urchish davrida bir urg‘ochisining bir mavsum davomida bir necha erkaklari bilan qo‘shilishi (qushlardan-yashirin dumlilar, ayrim tur tuyaqushlar va ba`zi bir ko‘rshapalaklar).
Poligamiya-hayvonlarda jinslar o‘rtasida urchish davrida bir erkakning bir necha urg‘ochilari bilan qo‘shilishi (tovuqsimonlar, juft tuyoqlilar va bosh.).
Primatlar-yuksak tuzilgan sutemizuvchilar sinfi turkumi.
Pronefros-bosh buyrak yoki boshlang‘ich buyrak deb ataladi.
Proteylar-yer osti suvlarida yashaydigan, suvda hamda quruklikda yashovchilar sinfining dumlilar turkumiga mansub oila.
Protopteruslar-ikki xil nafas oluvchi baliqlar katta turkumining, qo‘sh o‘pkalilar turkumiga mansub oila. Afrikaning daryolarida va kam suvli botqoqliklarida yashaydi.
Regeneratsiya-qayta tiklanish, organizmning shikastlangan yoki yo‘qolgan organ va to‘qimalarining qayta tiklanishi. Bunda organizmlarning biror bir qismidan butun bir organizmni hosil qilishi ham kiradi (kaltakesakni dumi tiklanadi yoki gidraning bir qismidan butun tanasi tiklanadi).
Salamandralar-suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dumlilar turkumi oilasi.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling