O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Download 7.21 Mb.
bet136/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Sovuqqonli hayvonlar-tanasining harorati turg‘un bo‘lmay tashqi muhit haroratiga moslanib o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan hayvonlar. Bularga barcha umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlardan-to‘garak og‘izlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi.
Sorlar-qarchig‘aylar oilasiga mansub qushlar avlodi.
Soxta kurakburunlilar (qilquyruqlar, orol kurakburunlari)-baqra baliqlar oilasiga mansub chuchuk suv baliqlari avlodi.
Soch-chumchuqsimonlar turkumining shaqshaqlar oilasiga mansub qush turi.
Suqsur (bigizdum)-o‘rdaklar oilasiga mansub qush turi.
Tasqaralar-qarchig‘aylar oilasiga mansub yirtqich qushlar kenja oilasi. Uzunligi 50 sm dan 120 sm gacha, vazni esa 12 kg gacha boradi. Boshi va bo‘yni kalta parlar bilan qoplangan bo‘lib, o‘limtiklarni yeganda ifloslanmaydi.
Teriologiya (mammalogiya)-zoologiyaning sutemizuvchilarni o‘rganadigan bo‘limi.
Termoregulyatsiya-odam va issiqqonli hayvonlar (qushlar, sutemizuvchilar) gavda temperaturasining turg‘unligini ta‘minlovchi fiziologik va biokimyoviy jarayonlar.
Tetrapoda- "Tetrapoda (yunoncha, " tetras, sifont, podos, oyoq), ba’zan uchraydigan, qo‘l yoki oyoqqa o‘xshash ortiqcha o‘simtaga ega jag‘li umurtqalilar.
Tukanlar-qizilishtonsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi.
Tunika-"tunic", ya’ni hayvonni o‘rab turuvchi va tarkibida sellyuloza bo‘lgan elastik o‘lik parda degan tushunchadan paydo bo‘lgan.
Turuxtan-balchiqchilar turkumiga mansub qush turi.
Ugorsimonalar-suyakli baliqlar sinfiga mansub turkum. Shakli ilonga o‘xshash, uzunligi 10 sm dan 3 m gacha boradi.
Ukkilar-yapaloqqushlar turkumiga mansub qush avlodi.
Filogenez (filogeniya)-tirik organizmlar hamda ular toksonomik guruhlari (olam, tip (bo‘lim), sinf, turkum, oila, avlod va tur) ning tarixiy taraqqiyoti.
Xameleonlar (buqalamunlar)-kaltakesaklar kenja turkumi oilasi. Ularning tili uzun bo‘lib, ancha uzoqdagi o‘ljasini ham tilini tez chiqarib yopishtirib olish xususiyatiga ega. Rangi tashqi omillar (harorat va yorug’lik) ta`sirida tez o‘zgaradi.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling