Koatalar (o‘rgimchaksimon qora maymunlar)-gajak dumli maymunlar oilasiga mansub maymunlar avlodi. Janubiy va Markaziy Amerikadagi tropik o‘rmonlarda yashaydi.
Konkurentsiya-ozuqa resurslari yoki hayot maskanlarida sodir bo‘ladigan ziddiyat, raqobat, musobaqa, bir yoki bir nechta turlarning vakillari orasidagi antogonistik munosabatlar. Hayot uchun kurashning bir shakli hisoblanadi.
Kosmopolit-yer yuzining hayot mavjud bo‘lgan katta qismida uchraydigan o‘simlik va hayvonlar turi yoki boshqa taksonlari. Kosmopolit hayvonlarga shahar chumchug‘i, qirg‘q qaldirg‘ochi, skopa, kulrang kalamush, suvaraklar va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Kotilozavrlar-eng qadimgi reptiliyalar (toshko‘mir davrining qatlamlaridan ma’lum).
Krania-miyani himoya qiluvchi yaxshi rivojlangan chanoq suyagiga ega bo‘lgan barcha umurtqalilar "Craniata", ya’ni "chanoqlilar" deb ataladi.
Notoxorda-(yunoncha. nōton, orqa, lotincha. chorda, xorda)-xordalilarning barcha vakillarida bor va u xordalilar rivojlanishining ilk bosqichida yoki butun hayoti davomida mavjud bo‘ladi. U tolali qinda joylashgan hujayralardan tuzilgan tayoqchasimon, yarim qattiq tana.
Kyuvye nayi-lansetnik va umurtqali hayvonlarning qon tomiri. Kyuvye nayi oldingi va keyingi kardinal venalarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi hamda vena sinusi yoki bevosita yurak bo‘lmasiga kelib quyiladi.
Lansetniklar-boshskeletsizlar kenja tipining xordaboshlilar sinfiga mansub oila.
Latimeriya-Komor orollari yaqinida suv tubida bir necha yuz metr chuqurlikda yashaydigan panjaqanotlilarga mansub baliq turi.
Lichinka xordalilar-xordalilar tipining kenja tipi, qobiqlilar ham deyiladi. Rivojlanishining lichinkalik davrida xordalilarga xos bo‘lgan belgilar bo‘ladi.
Mangustlar-yirtqich sutemizuvchilar avlodi, viverrasimonlar oilasiga kiradi.
Manta-skatlar turkumining dengiz ajinalari oilasiga mansub tog‘ayli baliqlar sinfi turi.
Metamorfoz-hayvonlarda organizmning postembrional rivojlanish davridagi tub o‘zgarishlar. Masalan, itbaliqning baqaga aylanishi yoki hasharotlar lichinkasining yetuk individ (imoga)ga aylanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |