Migratsiya (ko‘chish, joyini o‘zgartirish)-tarixiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelib odat bo‘lib qolgan ma`lum bir yo‘nalish bo‘yicha va ma`lum vaqtga kelib hayvonlarning tabiiy ravishda o‘z joyini o‘zgartirishi.
Miksinlar-umurtqalilar kenja tipining to‘garak og‘izlilar sinfiga mansub turkum.
Minogalar-umurtqalilar kenja tipining to‘garak og‘izlilar sinfiga mansub turkum.
Monogamiya-har xil jinsli hayvonlar o‘rtasidagi munosabat shakli. Ayrim tur qushlarni va sutemizuvchilarni urchish davrida erkak va urg‘ochisini birga-bir nisbatda juft hosil qilib yashashi. Masalan, oqqushlar, burgutlar, turnalar, ayrim chumchuqsimonlar, bo‘rilar va boshqalar.
Neopallium-sutemizuvchilar oldingi miyasi kulrang moddasining yaxlit qavati (po‘stlog‘i).
Neoteniya-rivojlanish jarayonining ilk bosqichlarida (lichinkalik davrida) ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan organizmlar. Bunday xususiyatlar ayrim tur amfibiyalarda, o‘rgimchaksimonlarda, hasharotlarda va chuvalchanglarda uchraydi.
Nevrotsel-xordali hayvonlar nerv nayining ichki bo‘shlig‘i.
Ontogenez-organizmning individual rivojlanishi. Bunga organizmning paydo bo‘lishidan, hayotining oxirigacha ketma-ket yuz beradigan morfologik, fiziologik va biokimyoviy o‘zgarishlar majmui kiradi.
Ornitologiya-umurtqalilar zoologiyasining qushlar sinfini o‘rganadigan bo‘limi.
Paleozoologiya-qadimgi geologik davrda yashab, hozirda qirilib ketgan va qazilma holda saqlanib qolgan hayvonlarni o‘rganuvchi fan.
Panda-yenotsimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchilar turi.
Panjaqanotlilar-Paleozoy erasining devon va toshko‘mir davrlarida keng tarqalgan, hozirda deyarli qirilib ketgan suyakli baliqlar sinfining katta turkumi.
Pitonlar-soxta oyoqlilar oilasiga mansub ilonlar kenja oilasi. Tropik va subtropik o‘rmonlarda yashaydi. Sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar sinflari vakillari bilan oziqlanadi. Uzunligi 1,5 m dan (qirol pitoni) 10 m gacha (to‘rsimon piton) boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |