O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta masus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi o’rta professional ta’limning


O’quv dasturining umumiy talablari


Download 0.62 Mb.
bet32/516
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#212755
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   516
Bog'liq
4.11.02.02-Мактабгача таълим

O’quv dasturining umumiy talablari



Dastur nomi

Kasbiy faoliyatda hayot faoliyati xavfsizligi

Ajratilgan soat

40

Mavzular soni

20

Dasturning maqsadi

Kasbiy faoliyatda hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushunchalarni, hayot faoliyati xavfsizligi faning maqsad va vazifalarini, hayot faoliyatiga ta`sir etuvchi havflar va ularni oldini olish yo`llarini bilish; hayot faoliyati xavfsizligining o`ziga xos qonuniyatlarini, texnik me`yorlarini bilish va qo’llay olish.

O’zlashtirish (o’qitish) natijalari

  • MTTda bola hayotiga ta’sir etuvchi xavflar va ularning turlarini, xavfsizligini ta`minlash zaruratini o`rganadi;

  • MTTda hayot faoliyati xavfsizligiga oid muammolar va vazifalarning yechimlarini bilib oladi;

  • Yong’in va uning zararlovchi omillarini, yong’inda bolalar hayotini muhofaza qilishni, yong`in havfzizligi bilan tanishtirishda didaktik materiallardan foydalanishni, yong’indan shikastlanganda birinchi tibbiy yordam berishni bilib oladi;

  • Terrorchilik harakatlari sodir bo’lganda harakatlanish tartibi.

  • Tarbiyachining bola uyda majburiy yolg’izlik holatida o’zini tutish qoidalarigao`rganadi;

  • MTTda bolalarga zilzila va ularda harakatlanish tartibi haqida ma’lumot berishni, zilzila oqibatlaridan muhofazalanish usullarini, tarbiyachining bolaga zilzilada birinchi tibbiy yordam berish tartibini biladi;

  • Gidrometeorologik xavfli hodisalar bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar hamda ularda xavfsizlik qoidalariga rioya etishni;

  • MTTda abolalarni yo`l harakati havfsizligi qoidalari bilan tanishtishni, bolalarn iyo`l belgilari bilan tanishtirishni;

  • Sayohat va turizm vaqtida bolalar hayotini muhofaza qilishni;

  • Tarbiyachining elektr jihozlaridan to`g`ri foydalanish qoidalarini, elektr shikastlanganda birinchi tibbiy yordam berish tartibini bilish;

  • MTTda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda birinchi tibbiy yordam va o’z-o’ziga yordam ko’rsatishni;

  • Ekologik muhit buzilishining inson hayotiy faoliyatiga zararli tasiri va uning natijasida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarni bilib oladi.

Bilimlar

  • hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi o’zlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari;

  • favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasidagi huquqiy-meyoriy hujjatlar mohiyati;

  • turli tusdagi xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi manbaalar turlari;

  • favqulodda vaziyatlarning turlari, sabablari, belgilari va zararli oqibatlari;

  • favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam beruvchi xizmatlar vazifasi va majburiyatlari hamda ularni chaqirish tartibi;

  • himoya inshootlari va vositalaridan foydalanish;

  • terrorchilik harakati sodir etilganda o’zini tutish;

  • majburiy yolg’izlik holatida o’zini tutish;

  • elektr tokining zararli tasiridan himoyalanish;

  • yong’inning zararli tasiridan himoyalanish;

  • favqulodda vaziyatlarda o’zini tutish;

  • inson hayoti, sog’ligi va mol-mulkini sug’urtalash;

  • inson hayotiy faoliyatiga zarar keltiruvchi boshqa xavf-xatarlarni bilishi kerak.

Ko’nikmalar

  • favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam beruvchi xizmatlarni tezkor chaqirish;

  • favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish, o’z-o’ziga va o’zaro birinchi tibbiy, ruhiy hamda boshqa yordamni berish;

  • kriminogen vaziyatlarda shaxsiy xavfsizlikni taminlash;

  • himoya inshootlari hamda himoya vositalaridan foydalanish;

  • terrorchilik harakati sodir etilganda harakatlanish;

  • majburiy yolg’izlik holatida harakat qilish;

  • gidrometerologik xavfli hodisalar sodir bo’lganda harakat qilish;

  • elektr tokidan zararlanganda harakat qilish;

  • yong’inda harakat qilish;

  • favqulodda vaziyatlarda moddiy va manaviy boyliklarni asrash;

  • inson hayotiy faoliyatiga zarar keltiruvchi boshqa xavf-xatarlar yuzaga kelganda harakat qilish;

  • olgan nazariy bilim va amaliy tajribani hayotda qo’llay bilishi kerak.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   516




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling