O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxs us
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
Amatjon bbbb
2. Puasson dog’i.
Yorug„lik to„lqin prosess ekan, yorug„lik interferensiyasidan tashqari, yorug„lik difraksiyasi ham bo„lishi kerak. Difraksiya, ya‟ni to„lqinlarning to„siqlami aylanib o„tishi har qanday to„lqinning harakatiga xos. Gap shundaki yorug„lik to„lqinlari o„lchamlari yorug„lik to„lqinining uzunligiga yaqin bo‟lgan to„siqlarinigina sezilarli darajada aylanib utadi. Yorug‟lik to„lqinining uzunligi esa juda kichikdir. Ma‟lumki bir jinsli muhitda yorug‟lik to„g„ri chiziq bo„yiab tarqaladi, ya‟ni yorug„lik to'lqin fronti formasida hech qanday o„zgarish ro‟y bermaydi.Agar moddada sindirish ko„rsatkichi keskin o„zgaruvchi to„siqlar bo„lib, bu to„siqlar oichami qancha kichik bo„lsa, to'lqin frontining formasi shuncha keskin o„zgaradi. Bu vaqtda yorug„likning to„g„ri chiziq bo„ylab tarqalishi qonunidan chetlanish ro„y beradi. Bunday chetlanishlar to„plamiga yorug‟likning difraksiysi deyiladi. Boshqacha aytganda yorug„likning difraksiyasi deb, yorug„likning bir jisnli bo„lmagan muhitda tarqalishi natijasida, geometrik optikaning qaytish. sinish qonunlaridan chetlanish tufayli kuzatiladigan barcha hodisalar to„plamiga aytiladi. Yaqqol difraksion manzaralami yorug„likning noshaffof to„siq yaqinida tarqalganida kuzatish mumkin. Butun to„lqin fronti bo„ylab amplituda va fazalar o„zgarishi bir xil bo„lmagan barcha holatlarda difraksiya hodisasi kuzatiladi. Masalan,noshaffof ekran olib, ekranning markazida o„lchami kichik bo„lgan dumaloq D tirqishga nuqtaviy yorug‟lik S manbaidan nur tashlasak, orqadagi E ekranda yorug‟ va qorong‟i konsentrik halqalardan iborat difraksion manzarani kuzatish mumkin. 10 Tirqishning diametri D qancha kichik bo„lsa difraksion manzara shuncha yaqqolrok kuzatiladi, ya‟ni tirqish diametriga bog„liq. Umuman difraksiya ikki turga bo„linadi: Frenel va Fraungofer difraksiyalari. To‟lqin fronti sferik bo‟lgan yorug„lik nurlari difraksiyasi-Frenel difraksiyasi, to„lqin fronti yassi (parallel) bo„lgan nurlar difraksiyasi Fraungafer difraksiyasi deyiladi. Yorug‟likning difraksiyasi Gyuygens-Frenel prinsipi asosida tushuntiriladi.[5] |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling