O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


SURFACE PHENOMENA, ELECTROKINETIC


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

SURFACE PHENOMENA, ELECTROKINETIC 
PROPERTIES, STABILITY FACTORS IN 
DISPERSED SYSTEMS 
16. 
Surface phenomena and adsorption. . . . . . . . . . . . . . . . . . .
232 
16.1. Features of the surface layer. Surface tension. Gibbs surface 
energy. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
232 
16.2. Surfactants. Surface activity. Dyuklo-Traube Rule. . . . . . . . . . . . . . 235 
16.3. Wetting, adhesion, cohesion. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 238 
16.4. Sorption. Adsorption. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 241 
16.5. Adsorption at the liquid-gas, liquid-liquid interface. Gibbs 
adsorption isotherm equation. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
243 
16.6. Adsorption on the surface of a solid adsorbent. Theories of 


22 
adsorption. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 246 
16.7. Electrolyte adsorption. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 251 
Questions on the topic. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
252 
17. 
Electrokinetic properties of colloidal systems. . . . . . . . . . .
253 
17.1. The structure of colloidal particles. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 253 
17.2. The structure of the double electric layer. The effect of electrolytes 
on a double electric layer. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
255 
17.3. Electrokinetic phenomena. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 258 
Questions on the topic. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
260 
18. 
Stability and coagulation of dispersed systems. . . . . . . . . .
261 
18.1. Types of stability of disperse systems. Sustainability factors. . . . . . 261 
18.2. Coagulation of dispersed systems and its kinetics. . . . . . . . . . . . . . . 264 
18.3. Fundamentals of the stability and coagulation of lyophobic 
dispersed systems. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
267 
18.4. Electrolyte Coagulation. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 272 
Questions on the topic. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
275 
19. 
Separate classes of disperse systems. . . . . . . . . . . . . . . . . .
276 
19.1. Classification and general characterization of surfactants. . . . . . . . . 276 
19.2. Micellar surfactant solutions. Solubilization. . . . . . . . . . . . . . . . . . . 278 
19.3. Microheterogeneous systems. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 281 
19.4. Solutions of macromolecular compounds - as colloidal solutions. . . 283 
19.5. Structural and mechanical properties of disperse systems. . . . . . . . . 288 
Questions on the topic. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
293 
GLOSSARY. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
295 
REFERENCES. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
305 
 


23 
SO„Z BOSHI
Assalomu alaykum aziz talabalar, pedagoglar, ilmiy tadqiqotchilar. 
Ushbu darslik Toshkent to„qimachilik va yengil sanoat instituti “kimyoviy 
texnologiya” bakalavriat yo„nalishining “Fizik va kolloid kimyo” fan dasturi 
asosida yozildi. 
Agar kimyoni matematika va fizika fanlari bilan bir qatorda insoniyat 
taraqqiyotini belgilovchi eng muhim fanlardan biri deb qaralsa, “Fizik va kolloid 
kimyo” fani kimyoviy fanlarning kulminatsion markazidir. Moddiy olamning 
tuzilishini, shakl, miqdor va sifat o„zgarishlarining qonuniyatlarini, tabiatda, 
kundalik turmushda, ishlab chiqarishda sodir bo„ladigan barcha jarayonlarning 
fizik-kimyoviy asoslarini o„rganish, yaratish, rivojlantirish ushbu fanning 
vazifasidir. Ushbu fan nafaqat nazariy, balki texnik va texnologik fanlarning 
asosini yaratuvchi beqiyos amaliy ahamiyatga ham egadir, uni tabiiy fanlar bilan 
texnologik fanlar o„rtasidagi ko„prik deyish mumkin.
Tabiiy va texnika fanlarining metodologik asoslari, tadqiqot uslublari ushbu 
fanning predmeti hisoblanadi. Shuning uchun kimyo va texnika sohasida ilmiy 
tadqiqot bilan shug„ullanuvchilar uchun “Fizik va kolloid kimyo” fanini etarli 
darajada o„zlashtirilishi muvaffaqiyat kaliti bo„lib hizmat qiladi. 
Ushbu darslikni yozish uchun ustozimiz kimyo fanlari doktori, professor 
Isroil Ismoilovich Ismoilovning (Alloh raxmatiga olsin) Toshkent to„qimachilik va 
yyengil sanoat instituti talabalariga ko„p yillar davomida o„qigan ma‟ruzalari asos 
qilib olindi.
Kitobni yozishda ilg„or horijiy adabiyotlardan foydalanildi. Matn iloji 
boricha soddaroq, talabalarga tushinarliroq bo„lishiga, ko„rgazmali rasmlar, 
tasvirlar va grafiklardan ko„proq foydalanishga harakat qildik. Ilm-fanning 
fundamental asoslari bilan bir qatorda so„nggi yangiliklarni ham kiritishga harakat 
qildik. 
Ushbu formatda va mazmunda yozilgan darslikning birinchi nashri 
bo„lganligi uchun kamchiliklardan holi emas deb o„ylaymiz. Shu kamchiliklarning 
bayonini, darslik sifatini oshirish yuzasidan takliflaringizni 
asrafikov@mail.ru
 
elektron manziliga yuborishingizni so„raymiz. Biz ularni minnatdorchilik bilan 
qabul qilamiz. 
Qadrli talabalar, “Fizik va kolloid kimyo” fanini o„zlashtirishingizda, undan 
kelajak faoliyatingizda unumli foydalanishingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.


24 
I MOLEKULA VA MODDA TUZILISHI 
1. “Fizik va kolloid kimyo” fanining mazmuni, predmeti, 
maqsad va vazifalari
 
1.1. “Fizik va kolloid kimyo” fanining mazmuni, predmeti, maqsadi va vazifalari, 
usullari.
1.2. Hozirgi zamon fizik va kolloid kimyosining ahamiyati.
1.3. Fizik va kolloid kimyoning bo„limlari. 
1.1. “Fizik va kolloid kimyo” fanining mazmuni, predmeti, maqsadi va vazifalari, 
usullari. 
Fizik va kolloid kimyo fani tabiiy fanlar jumlasidan bo„lib fizikaviy va 
kimyoviy qonuniyatlarni umulashgan holda o„rganadi. Kimyoviy hodisalar fizik 
jarayonlar bilan birgalikda sodir bo„ladi: issiqlik uzatilishi, elektromagnit 
to„lqinlarning yutilishi yoki chiqishi, elektr tokining paydo bo„lishi va boshqalar. 
Ikkinchi tomondan fizik jarayonlar oqibatida kimyoviy hodisalar sodir bo„ladi. 
Masalan, issiqlik ko„tarilganda molekulalarning harakatlanishi tezlashadi, bog„lar 
bo„shashib, dissotsilanish yoki parchalanish jarayoni sodir bo„ladi. Elektr toki 
o„tkazilganda elektroliz, ya`ni oksidlanish va qaytarilish jarayoni sodir bo„ladi. 
Ko„p reaktsiyalar ultratovush yoki yorug„lik nuri ta`sirida initsiirlanadi va 
boshqalar.
Kimyoviy hodisalar turli-tumanligi bilan birgalikda, qandaydir umumiy 
qonuniyatlarga bo„ysunadi. Bu qonuniyatlarni o„rganish fizik va kolloid 
kimyoning predmeti hisoblanadi. Fizik kimyoni fizika kimyo fanlarining 
chegarasidagi fan deyish mumkin, chunki u materiya harakatlanishining fizik va 
kimyoviy shakllarini bir-biriga aylanishini o„rganadi. Ikki fanning nazariy va 
eksperimental uslublaridan hamda o„zining uslublaridan foydalangan xolda, 
kimyoviy jarayonlarning sodir bo„lishi va muvozanatiga tegishli bo„lgan 
qonuniyatlarni aniqlaydi. Shuning uchun fizik va kolloid kimyo kimyo va 
to„qimachilik sanoatini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.


25 
Kimyoviy jarayonlar ma`lum bosim, temperatura va hajmda sodir bo„ladi. 
Bu fizik kattaliklarning kimyoviy jarayonlardagi roli va ahamiyatini fizik kimyo 
fani o„rganadi. Fizik kimyo asosan ikki turdagi savollarni hal qilishga qaratilgan. 
Birinchisi, moddalarning xossalarini kimyoviy tarkibi, tuzilishi va mavjud bo„lish 
sharoitlari bilan bog„liqligini aniqlash. Ikkinchisi, fizik-kimyoviy jarayonlarning 
sodir bo„lish imkoniyatlari, yo„nalishi, chegarasi, muvozanati kabilarni
moddalarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va mavjud bo„lish sharoitlari bilan 
bog„liqligini aniqlash. Kolloid kimyo bo„limi esa dispers sistemalar va sirt 
hodisalarni o„rganadi. Fanning maqsadi murakkab moddalarda va sistemalarda 
sodir bo„ladigan kimyoviy jarayonlarning borishini fizika qonunlari va tajribalari 
asosida tushuntirib berish, kimyoviy jarayonlarning umumlashgan qonunlari, ular 
orasidagi ichki bog„lanishlar, ularning mohiyatini ochib berishdir. 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling