O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
Klechkovskiy qoidasi:
1. Elektronlar yadro atrofida bosh va orbital kvant sonlar yig„indisining ortib borish tartibida joylashadi. 2. Agar bu yig„indi teng bo„lsa, bosh kvant soni ortib borish tartibida joylashadi. Qoidani 2.4 rasmdagi sodda sxema orqali izohlash mumkin. Strelkalarning yo„nalishi bosh va orbital kvant sonlari yig„indisining ortib borishiga mos keladi va atomdagi elektronlar yadro atorofida shu tartibda joylashadi. Gund qoidasi. Pog„onachalarda elektronlar spin kvant sonlari yig‘indisining minimal yoki maksimal qiymati bo„yicha joylashadi, ya‟ni bo„sh orbitalga bittadan elektron joylashadi. Barcha orbitallar band bo„lgandan keyin, keyingi elektronlar birinchisiga juft bo„lib joylashadi. 2.4 rasm. Klechkovskiy qoidasi sxemasi 4 Kimyoviy elementlar davriy jadvalining zamonaviy strukturasi elektronlarning bosh va orbital kvant sonlari asosida tuzilgan (2.5 rasm). Har bir davrdagi 2 ta s- elementlari 1 va 2 guruhni, 10 ta d- elementlari 3-12 guruhlarni, 6 ta p-elementlari 13-18 guruhlarni tashkil etadi. 4f-elementlar 6- davrning 3-guruhida, 5f-elementlar esa 7- davrning 3-guruhida joylashtirilgan. 2.5 rasm. Davriy jadvalning zamonaviy strukturasi 5 . 4 David W. Ball. Physical Chemistry. Brooks/Cole, a division of Thomson Learning, 2011. P. 386. 5 David W. Ball. Physical Chemistry. Brooks/Cole, a division of Thomson Learning, 2011. P. 386. 34 Elektronlar energiyasining o„zgarishi N.Bor nazariyasi bilan izohlanadi. Bor nazariyasi quyidagi postulatlar orqali ta`riflanadi: 1. Elektron o„z orbitali bo„ylab harakatlanganda uning energiyasi o„zgarmaydi. 2. Elektron o„z orbitali o„zgartirganda uning energiyasi ham o„zgaradi. Elektron yadroga yaqinroq orbitalga ko„chganda uning energiyasi kamayadi, yadrodan uzoqroq orbitalga ko„chganda esa energiyasi ortadi. 3. Elektron energiyasining o„zgarish qiymati uning dastlabki va keyingi holatdagi energiyalarining ayirmasiga teng. 2.2. Molekula tuzilishi va kimyoviy bog„larning kvant-mexanik taxlili. Molekula – moddaning kimyoviy xossalarini o„zida saqlaydigan, mustaqil mavjud bo„la oladigan eng kichik zarrachadir. U bir yoki bir necha elementlarning atomlaridan tuzilgan bo„lib, atomlarning yadrolari va elektronlaridan iborat dinamik sistema sifatida mavjud bo„ladi. Atomlar kimyoviy bog„lar orqali molekulalarga birikadi, bunday bog„larning hosil bo„lishida asosan atomlarning tashqi energetik pog„onasidagi elektronlari qatnashadi. Tabiatiga, ya`ni hosil bo„lish mexanizmiga ko„ra kovalent, donorn-akseptor, ion, metall, vodorod bog„lar bo„lishi mumkin. Kimyoviy bog„lar to„g„risidagi ta`limot zamonaviy kimyoning markaziy muammosi hisoblanadi. Moddadagi kimyoviy bog„larni tavsiflash uchun elektron bulutlarining taqsimlanishi to„g„risida tasavvurga ega bo„lish kerak. Buning uchun Shredinger tenglamasini echimi talab etiladi. Demak, atom va molekula tuzilishini tadqiq eitsh bir xil yondashuvga asoslangan. Kimyoviy bog„ bo„lishini izohlashda asosiy ikki xil yondashuv mavjud: valent bog„lar nazariyasi (VBN) va molekulyar orbitallar nazariyasi (MON). VBN ga asosan kovaent bog„ hosil bo„lishida atomlarning juftlashmagan elektron bulutlari qoplanadi. Elektron bulutlarining qoprlainsh sohasida manfiy zaryad zichligi ortadi, shu soha musbat zaryadli yadrolarni bog„lab turadi. MON VBN ga nisbatan kengroq, unga ko„ra bog„ hosil bo„lishida bir yoki bir necha juft elektronlar emas, molekula tarkibidagi barcha atomlarning yadrolari va elektronlari qatnashadi (2.6 rasm). 35 2.6 rasm 6 . Vodorodning atom orbitallaridan molekulyar orbitallarining hosil bo„lishi. Atom orbitallari qo„shilishidash hosil bo„lgan molekulyar orbitallarda elektron zichligi ko„proq yadrolar orasidagi fazoni egallaydi (o„rtadagi grafik). Pastki grafikda atom orbitallarining ayirilishidan hosil bo„lgan molekulyar orbital tasvirlangan, burda elektron zichligi ko„proq yadrolardan tashqaridagi fazoda to„plangan. Elektronlar ikki turga bo„linadi: bog„lovchi va ajratuvchi; bunda elektronlarning spinlari hisobga olinadi (2.7 rasm). 2.7 rasm 7 . Qarama-qarshi spinli elektronlardan molekulyar orbitallar hosil bo„lishida, ularning atom orbitallaridagi energiyalari yig„indisidan molekulyar orbitallardagi energiyalarining yig„indisi kichikroq bo„ladi. Parallel spinli elektronlarning molekulyar orbitallardagi energiyalari yig„indisi atom orbitallardagi energiyalari yig„indisidan katta bo„ladi (yuqorida). Molekulyar orbitallarda energiyasi kamayadigan elektronlar bog„lovchi elektronlar bo„ladi (2.7 rasm, a), bunda elektronlarning yadrolar orasida joylashish ehtimoli yuqori bo„ladi (b). Ajratuvchi orbitallarda (c) elektronlarning 6 David W. Ball. Physical Chemistry. Brooks/Cole, a division of Thomson Learning, 2011. P. 285, 286. 7 David W. Ball. Physical Chemistry. Brooks/Cole, a division of Thomson Learning, 2011. P. 285, 286. 36 yadrolar orasida joylashish ehtimoli kamayadi (d). Demak, qarama-qarshi spinli elektronlar – bog„lovchi, parallel spinli elektronlar – ajratuvchi elektronlar deyiladi. Bog„lovchi elektronlar zichligi yadrolarni tutashtiruvchi o„qda joylashgan bo„lsa, hosil bo„ladigan bog„lanish bog„ deyiladi, o„qning ikki tarafida bo„lganda bog„ deyiladi (2.8 rasm). 2.8 rasm 8 . p Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling