O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
4
- ; MnO 4 2- ; NH 3 (valent burchagi 107 0 , molekulaning fazoviy tuzilishi trigonal piramida shaklida); NH 4 + ; ClO 4 - ; ClO 3 - (trigonal piramida burchakli); ClO 2 - ; ClO - (chiziqli); Cl - ; C (olmos), va boshqalar. Gibridlangan biror orbital bo„sh qolsa valent burchagi va molekulaning fazoviy 39 tuzilishi boshqacharoq bo„lishi mumkin, masalan suv va ammiak molekulalaridagi valent burchagi biroz kichikroq. d) sp 3 d–gibridlanish. Molekulaning fazoviy tuzilishi bipiramidal shaklda, valent burchagi 90 0 .Masalan: PCl 5 ; AsF 5 kabi moddalarda. e) sp 3 d 2 –gibridlanish. Molekulaning fazoviy tuzilishi oktaedr shaklida, valent burchagi 90 0 . Masalan: SCl 6 ; SeF 6 kabi moddalarda. Gibridlanishda bog„larning elektronlari va gibridlanishda qatnashmagan elektron juftlar ishtirok etadi, π bog„ini gibridlanmagan p-elektron orbitallar hosil qiladi. Misol tariqasida uglerod (IV)- oksidi va suv molekulalarini tahlil qilamiz. Uglerod (IV)- oksidi molekulasining tuzilishi: . Uglerodning barcha valent elektronlari bog„ hosil qilishda qatnashadi. 2 ta σ bog„i va 2 ta π bog„i mavjud. σ bog„laridagi ikkita elektron orbital gibridlangan, gibridlanish turi sp. Har bir kislorod atomining 6 ta valent elektronlaridan 2 tasi bog„lanishda qatnashadi (1 ta σ, 1 ta π bog„). Kislorodning yana 2 juft bog„lanmagan elektroni bor. Gibridlangan orbital 3 ta, demak gibridlanish turi sp 2 . Suv molekulasining tuzilishi: Vodorod atomlari 1 ta s-elektron hisobiga bog„ hosil qiladi. Kislorod atomi 2 ta σ bog„ bilan bog„langan, 2 juft bog„lanmagan elektroni bor. Gibridlangan orbital 4 ta, gibridlanish turi sp 3 . Moddalarning xossalarini molekula tarkibidagi bog„larning turi, molekulaning kimyoviy va fazoviy tuzilishi, kristall panjara turi ham belgilaydi. Molekulaning qutblanish darajasi ham modda xossalariga ta`sir ko„rsatadi. Modda molekulasi qutbli va qutbsiz bo„lishi mumkin. Qutbsiz kovalent bog„li moddalarning molekulasi ham qutbsiz bo„ladi. Qutbli kovalent bog„li moddalarning molekulasi qutbsiz yoki qutbli bo„lishi mumkin. Agar moddaning molekulasi simmetrik bo„lsa, ya`ni bog„ yo„nalishlari vektorlarining yig„indisi 0 ga teng bo„lsa, kimyoviy bog„ qutbli bo„lishiga qaramasdan, molekula qutbsiz bo„ladi (CO 2 ; SO 3 ; CH 4 ). Agar moddaning molekulasi nosimmetrik bo„lsa, kimyoviy bog„ ham qutbli, molekulasi ham qutbli bo„ladi (H 2 O; SO 2 ; CH 3 Cl). Qutbsiz molekulali moddalarning suyuqlanish va qaynash temperaturasi qutbli molekulali moddalarga nisbatan pastroq bo„ladi. 40 2.4. Modda tuzilishini aniqlash usullari: refraksiya va paraxor. Modda tuzilishini fizik, kimyoviy, spektroskopik usullar bilan aniqlash mumkin. Moddalar (molekulalar) ning tuzilishi ularning elektrik va magnit xossalariga, ulardagi elektronlarning harakatiga bog„liq. Aynan berilgan moddaning xossalariga bog„liq holda uni xarakterlovchi fizik konstantalar mavjud. Shunday konstantalardan biri refraksiya bo„lsa, ikkinchisi paraxordir. Ma`lumki, yorug„lik nurining to„lqin uzunligi 400-800 nm oralig„ida, tebranishlar chastotasi esa 25000-12500 sm -1 yoki (7,5-3,8)·10 14 gs (sek -1 ) atrofida bo„ladi. Bundqy tebranishlar atom va molekulalarga ta`sir etmaydi. Elektron qutblanish esa o„zgaruvchan elektr maydonining bunday katta chastotasida, ya‟ni yorug„likning elektromagnit tebranishlar chastotasiga teng bo„lgan taqdirda ham saqlanib qoladi. Shuning uchun bilan belgilanib, refraksiya deb nomlanadi. Molekuladagi hamma elektronlarning qutblanishini molekulyar Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling