O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

o
= 1 atm = 
1,013·10
5
Pa va temperatura T
o
= 298K qabul qilingan. 
Standart sharoitdagi issiqlik effektlarini standart hosil bo„lish va yonish 
issiqliklari bo„yicha hisoblanadi. Standart hosil bo„lish issiqligi 1 mol murakkab 
moddani oddiy moddalardan 1,013·10
5
Pa bosim va barcha moddalar barqaror 
agregat holatlarda bo„lgan sharoitdagi hosil bo„lish reaksiyasining issiqlik 
effektidir.
Suyuq va qattiq moddalarning barqaror, standart holati sifatida berilgan 
temperatura va normal atmosfera bosimida eng barqaror bo„lgan fizik holati qabul 
qilinadi. Gazlar uchun standart holat sifatida normal atmosfera bosimida ideal gaz 
qonunlariga bo„ysunadigan, uning entalpiyasi esa real gazlarnikiga teng 
bo„ladigan gipotetik holat qabul qilingan. Oddiy moddalarning strandart hosil 
bo„lish issiqliklari 0 ga teng deb qabul qilingan. 
1 mol modda normal atmosfera bosimida kislorod atmosferasida yonish 
vaqtida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori standart yonish issiqligi deyiladi.
Reaksiyalarning issiqlik effekti to„g„risida 1936 yilda Gess qonuni 
yaratilgan: reaksiyaning issiqlik effekti jarayonning borish yo„liga bog„liq emas, 
faqat sistemaning dastlabki va oxirgi holatlariga bog„liq. Gess qonuni 
termokimyoning asosiy qonuni hisoblanadi.
(3.10) va (3.11) tenglamalarga asosan izobar va izoxor issiqlik effektlarining 
farqi kengayish ishiga teng: 
Ideal gazlar uchun Mendeleev-Klapeyron tenglamasiga ko„ra 
, 
bundan: 
bu yerda Δn – reaksiyaning gazsimon moddalari mollar sonining o„zgarishi. 
(3.12) va (3.13) tenglamalar asosida: 


60 
yoki 
Agar 
= 0 bo„lsa, bo„ladi. Kimyoviy reaksiyalardagi hosil 
bo„lgan va dastlabki gazsimon moddalarning stexiometrik koeffitsientlar farqi 
ga teng. Agar reaksiyada qattiq va suyuq moddalar qatnashsa, 
hisoblashda ular 
inobatga olinmaydi.
Kimyoviy reaksiyalar ko„pincha o„zgarmas bosimda sodir bo„ladi. Shuning 
uchun hisoblashlar bajarilganda reaksiyaning issiqlik effektini 
bilan belgilash 
qabul qilingan. Termokimyoviy tenglamalarda moddalarning agregat holatlari 
ko„rsatiladi: gaz (g), suyuqlik (s), qattiq (q). 
Gess qonunidan termodinamika hisoblari uchun amaliy ahamiyatga ega 
bo„lgan bir necha hulosa chiqarish mumkin.
Birinchi hulosa. Har qanday kimyoviy birikmaning parchalanish issiqlik 
effekti uning hosil bo„lish issiqligiga son jihatidan teng va qarama-qarshi 
ishoralidir. 
Ikkinchi hulosa. Agar har xil boshlang„ich holatlardan bir xil oxirgi holatga 
keltiruvchi ikkita reaksiya sodir bo„layotgan bo„lsa, ularning issiqlik effektlari 
orasidagi ayirma bitta boshlang„ich holatdan ikkinchi boshlang„ich holatiga o„tish 
issiqlik effektini ko„rsatadi. Gess qonunini bu hulosasi yordamida amalda bajarilib 
bo„lmaydigan jarayonlarning issiqlik effektlarini hisoblash mumkin. Masalan: 
grafitni olmosga aylantirish: 
Grafit va olmos yonganda uglerod-(IV) oksid hosil bo„lib, tegishli miqdorlarda 
issiqlik ajarilib chiqadi: 
Shunday qilib, grafitning olmosga aylanishi nisbatan kichik miqdorda 
issiqlik yutilishi bilan borar ekan.
Uchinchi hulosa. Agar bir xil boshlang„ich holatlardan har xil oxirgi 
holatlarga keltiruvchi ikkita reaksiya sodir bo„layotgan bo„lsa, ularning issiqlik 
effektlari orasidagi ayirma bitta oxirgi holatdan ikkinchi oxirgi holatga o„tish 
issiqlik effektini ko„rsatadi. 
Bu holatda har bir reaksiya ikkita ketma-ket boruvchi reaksiya bilan 
almashtirilishi 
mumkin: 
boshlang„ich 
moddalarning 
oddiy 
moddalarga 


61 
parchalanishi va reaksiya maxsulotlarini oddiy moddalardan hosil bo„lish 
reaksiyasi. 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling