O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1254.20 1198.70 1168.16 1091.66 1024.03 992.45 898.77 817.55 758.47
4000.0
3600 3200 2800 2400 2000 1800 1600 1400 1200 1000 800 600 400.0 5.0 10 20 30 40 50 60 70 80 90 100 110 118.0 cm -1 %T 3443.00 2954.37 2876.98 1768.08 1731.65 1635.96 1607.13 1595.23 1437.42 1378.35 1322.75 1254.20 1198.70 1168.16 1091.66 1024.03 992.45 898.77 817.55 758.47 737.13 693.74 666.67 530.90 3075.63 45 karbonil gurihining valent tebranishlari sohada, murakkab efir guruhlarining valent tebranishlari sohalarda yutilish chiziqlarini namoyon etadi. IQ spektroskopiya organik birikmalarni sifat va miqdoriy analiz qilish uchun muvaffaqiyatli qo„llanilishi mumkin. Elektron paramagnit rezonans (EPR). EPR radiospektroskopik usul bo„lib, uning yordamida modda namunasi radioto„lqinlar bilan ta‟sirlashganda o„rganiladi. Radioto„lqinlar juda kichik kvant energiyasiga ega. Kichik energiyali o„zgarishlar elektronlarning magnit va spin kvant sonlari bilan bog„liq. Agar modda namunasida erkin elektronlar bo„lsa, radioto„lqinlarni yutib, spin-spin o„tishlarini kechadi va EPR signali namoyon bo„ladi. Deman EPR spektroskopiya moddalardagi erkin elektronlarni, radikallarni aniqlash uchun qo„llaniladi. Yadro magnit rezonansi (YAMR). YAMR ham radiospektroskopik usul hisoblanadi. U atom yadrolarini kuchli magnit maydonida bir energetik pog„onadan boshqasiga o„tgan vaqtida ma‟lum chastotadagi radio to„lqinlarini yutishiga asoslangan. Spin kvant soni no„ldan farq qiluvchi yadrolargina YAMR signaligi namoyon etadi. SHuning uchun juft protonli atomlarni bu usulda aniqlab bo„lmaydi. Usulning mohiyati ham shunda. Organik birikmalardagi atomlari signal bermaydi. kabi toq protonli va juft nuklonli atomlar ham signal beradi, lekin intensivligi jadayam past. Shuning uchun YAMR usuli bilan modda namunasida qanday va qancha proton – vodorod atomi borligi, u qaysi atomlar bilan bog„langanligi orqali taxlil qilinadi. Tekshirilayongan moddaga izotoplarini kiritib, moddalarni juda samarali sifat va miqdoriy taxlilini bajarish mumkin. Nazorat savollari . 1. Makrozarrachalar va mikrozarrachalar deganda nimani tushinasiz? 2. Mikrozarrachalarning korpuskulyar xossalari nimalardan iborat? 3. Mikrozarrachalarning to„lqin xossalari nimalardan iborat? 4. Kvant-mexanik nazariya so„zining ma‟nosi nima? 5. Mikrozarrachalarning to„liq energiyasi qanday tashkil etuvchilardan iborat? 6. SHredinger tenglamasiga ko„ra to„liq energiya qanday aniqlanadi? 7. Elektronlarning energiyasi qanday kvant sonlari bilan tavsiflanadi? 8. Klechkovskiy qoidasi bo„yicha elektronlar energetik pog„onalarda qanday joylashadi? 46 9. Atom tuzilishi to„g„risida Bor nazariyasining postulatlari. 10. Kimyoviy bog„lanishning qanday turlarini bilasiz? 11. Valent bog„lari nazariyasining mohiyati nimada? 12. Molekular orbitallar nazariyasining asosiy jihatlarini izohlang. 13. Qanday elektronlar ajratuvchi yoki bog„lovchi deyiladi? Nima uchun? 14. Kimyoviy bog„larning qanday xossalarini bilasiz? 15. Kimyoviy bog„ning energiyasi nima? Turli bog„larning energiyalarini solishtiring. 16. Bog„lanish energiyasi, bog„ning uzunligi, karraliligi, qutbliligi o„zaro qanday munosabatda bo„ladi? 17. Elektron orbitallarining gibridlanishi nima va gibridlanishning qanday asosiy turlarini bilasiz? 18. Gibridlanish molekulalarning fazoviy tuzilishiga qanday ta‟sir ko„rsatadi? 19. Qanday molekulalar qutbli va qutbsiz deb ataladi? 20. Atom qutblanish nima? 21. Elektron qutblanish nima? 22. Orientatsion qutblanish nima? 23. Suyuqlikning sindirish ko„rsatkichi bo„yicha molekulaning tuzilishini va qutbligini qanday aniqlash mumkin? 24. Nima sababdan molyar qutblanish va molyar refraksiya additiv kattalik hisoblandi? 25. Eritmaning konsentrasiya bilan sindirish ko„rsatkichi orasida qanday bog„liqlik bor? 26. Sirt taranglik nima? 27. Moddani molekula tuzilishini zichlik, sirt taranglik va molekulalararo ta`sirini xarakteri bilan o„zaro bog„liqligini ko„rsating. 28. Nima uchun paraxor additiv kattalik? 29. Qaysi usul bilan sirt taranglik o„lchanadi? 30. Nima sababdan paraxor temperaturaga bog„liq emas? 31. Molekula tuzilishi va strukturasini paraxor yordamida qanday aniqlanadi? 32. Molekula tuzilishini aniqlashning qanday spektroskopik usullarini bilasiz? 33. Molekula tuzilishini aniqlashdagi fizik usulardan hisoblangan infraqizil spektroskopiya va yadro magnit rezonansi to„g„risida ma`lumot bering. 34. Qanday to‟lqin uzunlikda (nm) rentgen spektral tadqiqotlar olib boriladi? 35. Qanday to‟lqin uzunlikda (nm) ultrabinafsha spektral tadqiqotlar olib boriladi? 36. Qanday to‟lqin uzunlikda (nm) IQ-spektroskopik tadqiqotlar olib boriladi? 47 II KIMYOVIY TERMODINAMIKA ASOSLARI 3. Termodinamikaning birinchi qonuni 3.1. Termodinamikaning asosiy tushunchalari. 3.2. Termodinamika birinchi qonuning postulatlari, ahamiyati. 3.3. Ichki energiya. Entalpiya. 3.4. Issiqlik va ish. 3.5. Termokimyo. Fizik-kimyoviy jarayonlarning issiqlik effektlari. 3.6. Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti. Gess qonuni. Issiqlik sig„imi. 3.1. Termodinamikaning asosiy tushunchalari. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling