О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana04.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1165698
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
TAFAKKUR VUJUDGA KELISHINING BIOLOGIK ASOSLARI. ASILBEK INOQOV

Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy 
voqelik to’g’risida ongda qay miqdorda, ko’lamda mulohazalar, muhokamalar, 
fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab 
o’tilgan xarakterdagi g’oyalar to’lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor bo’ladi. 
Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan 
tafovutlanadi.
Tafakkurning chuqurligi deganimizda moddiy dunyodagi narsa-
hodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning o’zaro 
bog’lanishlari, munosabatlari, tafakkurimizda to’liq aks etganligini tushunishimiz 
kerak. 
Tafakkur 
arsenalida 
joylashgan 
narsalarning 
qay 
yo’sinda 
sistemalashganligiga qarab to’g’ri va ratsional yo’l nazarda tutiladi, u yoki bu 
shaxsning tafakkur chuqurligi to’g’risida qat’iy bir qarorga kelish mumkin.
Tafakkurning kengligi o’zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari 
bilan muntazam aloqada bo’ladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning eng muhim 
belgi, xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan o’tmish yuzasidan, hozirgi davr 
haqida, shuningdek, kelajak to’g’risida mulohazalar, muammolar va tushunchalarni 
qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr doirasi keng bilim saviyasi 
yuqori serg’oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql zakovatli, bilimdon yoki tafakkuri 


keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, bilimdonligi 
mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi.
Inson tafakkuri o’zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil 
tafakkurga 
ajratiladi. Tafakkurni 
mustaqilligi deganda 
kishining 
shaxsiy 
tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular yuzasidan 
amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga keltira olishi, 
qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining aqliy izlanishi 
tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy 
qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va 
tanqidiyligida namoyon bo’ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o’z 
oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo’yishni, ana shularning 
barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga etkazishda echimni qidirishda usul va 
vositalarni shaxsan o’zi izlashi, aqliy zo’r berib intilishi, ularga taaalluqli 
qo’shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon 
bo’lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez echishda, echish 
paytida yangi usul va vositalarni o’z o’rnida aniq qo’llashda, trafaretga aylangan 
eski yo’l hamda usullardan forig’ bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
O’zining o’zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin 
emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga, 
muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o’ynaydi. 
Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va sub’ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. 
Mazkur sifat insonni baholash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkurning individual 
xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, 
muhim belgilarga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba’zan etalonga 
asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob’ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo 
tafakkurning tanqidiyligi sub’ektiv xatolarga, umuman sub’ektivizmga og’ib ketsa, 
bunday holda sub’ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub’ektiv tanqidiylik salbiy oqibatlarga 
olib keladi, shuningdek insonlar o’rtasida anglashilmovchilik g’ovini vujudga 
keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda 


tafakkurning tanqidiyligi oqilona ratsional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs muhim 
sifat bilan boyiydi deb atash mumkin.
Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, tayyor 
usul va vositalarga tayangan holda o’zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga 
oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. 
Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o’sishdan 
orqada qolish xavfi tug’iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo’lish o’rniga, kaltabin, 
aqldan erinchoq, behafsala odam bo’lib voyaga etadi. Demak, tafakkurning 
nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq bo’lib, yakka shaxs uchun esa tragediya 
rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. Agar inson 
tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, 
g’oyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan 
bo’lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt 
oralig’ida bajarilgan ish ko’lami va sifatiga oqilona baho berish tafakkur 
mahsuldorligini o’lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling