О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim


tafakkur – bu namuna bo‘yicha tafakkur, ijodkorlik esa – yangi kashfiyotlar, yangi  natijalarga olib boruvchi tafakkur. Realistik tafakkur


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana04.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1165698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
TAFAKKUR VUJUDGA KELISHINING BIOLOGIK ASOSLARI. ASILBEK INOQOV

tafakkur – bu namuna bo‘yicha tafakkur, ijodkorlik esa – yangi kashfiyotlar, yangi 
natijalarga olib boruvchi tafakkur. Realistik tafakkur voqelikni to‘g‘ri aks ettiradi, 
odam o‘z hulq-atvorini anglaydi, autistik tafakkur esa, asosan, ob’ektga emas, 
affektga mos bo‘lganlarni ifodalaydi, ehtiyojni qondirishga, kelib chiqqan hissiy 
zo‘riqishni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Tafakkurning aqliy jarayonning natijasi hisoblangan uch xil shakli: 
tushuncha, mulohaza va xulosa farq qilinadi.
Tushuncha –  bu jism va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bo‘lgan va 
farqlanuvchi belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushunchalar asosida 
hodisalar 
va 
jismlar 
haqidagi 
mavjud 
bilimlarimiz 
yotadi. 
aniq va mavhum bo‘lishi mumkin. Jismning barcha belgilaridan aynan ushbu 
jism yoki o‘xshash jismlar guruhini xarakterlab beruvchi ma’lum belgilar yig‘indisi 
ajratilgan bo‘lsa, u holda aniq bir tushuncha haqida gap ketadi. Bunday 
tushunchalarga shahar, g‘oya, jamiyat va boshqalar kiradi. Agar jismdagi biror-bir 
alohida belgi ajratilib, va bu belgi o‘rganish predmeti bo‘lib xizmat qilsa, alohida 
jism sifatida o‘rganilsa, mavhum tushuncha hosil bo‘ladi. Bunday tushunchalarga 
fidokorlik, tenglik, vijdoniylik va boshqalar kiradi.
Tushunchalar ayrim va umumiy bo‘lishi mumkin. Ayrim belgilar deb, 
jismning qaysi sinfga tegishliligidan qat’iy nazar, yagona jismga taalluqli bo‘lgan 
tushunchaga aytiladi. Ayrim tushunchalarga moskva, toshkent, baykal ko‘li va 
boshqalar kiradi. Umumiy tushuncha deb, bir jismga emas, balki, jismlar sinfiga, bu 
sinfdagilarning istalgan jismiga tegishli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. Masalan, 
samolyot, davlat, korxona, institut va h.k.
tushunchalarning tasavvurdan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlariga, 
tasavvurlarning doimiy obrazga ega ekanligi, tushuncha esa – bu so‘zda o‘z 
ifodasini topgan fikr ekanligidan iboratligi kiradi; tasavvur ahamiyatli va 
ahamiyatga ega bo‘lmagan belgilarni o‘z ichiga oladi, tushunchalarda esa faqatgina 
ahamiyatli belgilar saqlanib qoladi. Tushuncha tasavvurdan ko‘ra ko‘proq 
umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi.


Hukm – jismlar va hodisalar o‘rtasidagi aloqani aks ettiruvchi tafakkur 
shakli; biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish. Tasdiqlovchi hukmga misol sifatida: 
«psixika miyaning vazifasi», «barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi», inkor etishga 
– «suvda hech qanday yog‘ erimaydi» kabi hukmlarni keltirish mumkin.
Biz tasdiqlayotgan yoki inkor etayotgan hukmning ma’lum sinfning jislaridan 
birortasi, ba’zilari yoki har qaysi jismga taalluqli bo‘lishiga bog‘liq ravishda 
hukmlar ayrim, xususiy yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ayrim hukm: «bu odam 
hech qachon aldov yo‘liga kirmaydi». Xususiy hukm: «ba’zi metallar suvdan 
og‘irroq». Umumiy hukm: «suyuqlikdagi har bir jismga u siqib chiqargan 
suyuqlikka teng bo‘lgan bosim ta’sir ko‘rsatadi».
Hukmlarning ob’ektiv voqelikni aks ettirishiga ko‘ra ular chin va soxta 
bo‘lishi mumkin. Chin hukm jismlar va ularning xossalari o‘rtasidagi voqelikda 
mavjud bo‘lgan aloqalarni ifodalaydi. «massa – inertlik o‘lchovi» chin 
hukmdir. Xato hukm ob’ektiv hodisalar o‘rtasidagi voqelikda mavjud bo‘lmagan 
aloqani ifodalaydi, masalan: «barcha odamlar uchun o‘lim muqarrar emas».
Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur 
shakli xulosa deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‘ich 
hukmlar xulosa dalillari deb ataladi. Masalan, barcha slanetslarning yonuvchanligi 
ma’lum, va ushbu modda slanets bo‘lsa, u holda «ushbu moddaning yonuvchanligi» 
haqida xulosa yasash mumkin.
Xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli sillogizm hisoblanadi. Masalan: 
«barcha metallar – elektr o‘tkazuvchi. Qalay – metall bo‘lgani uchun, qalay – 
elektr tokini o‘tkazadi».
Inson asosan xulosalarning ikki turi – induksiya va deduksiyadan 
foydalanadi. Induksiya – bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalarni keltirib 
chiqarish, ayrim dalillar va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qoidalar va 
qonunlar o‘rnatish usuli.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling