О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim


Tafakkurning funksiyasi miya faoliyati jarayonida kechadigan sub’ektiv


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana04.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1165698
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
TAFAKKUR VUJUDGA KELISHINING BIOLOGIK ASOSLARI. ASILBEK INOQOV

Tafakkurning funksiyasi miya faoliyati jarayonida kechadigan sub’ektiv 
psixologik 
jarayonlar 
bilangina 
chegaralanmaydi: 
Birinchidan, ongning sub’ektiv xolatinigina ifodalamasdan, balki ob’ektga 
ham tegishli 
bo‘ladi 
va 
narsalar 
munosabatini 
ifodalaydi. 
Ikkinchidan, yangi fikrning vujudga kelishi bilan bilish jarayoni tugallanmaydi
balki fakatgina boshlanadi. Bu bilishning boshlangich bosqichi bo‘lib, g‘oyaning 
sub’ektiv xolatidir, endi fikrni amalga oshirish bosqichi boshlanadi. 
Uchinchidan, alohida individning fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy 
ko‘rinishidir. 


Har bir alohida shaxs ijtimoiy tushunchalar, tasavvurlar yordamida fikrlaydi. 
K.R.Megrelidze inson fikrining ijtimoiy ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Fikrlar 
va g‘oyalar erkin individual ijodning mahsuli emas, balki individning o‘zi kabi 
jamiyat va ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Shuning uchun inson tafakkuri 
tafakkur bosqichlari, inson tafakkurining shakllari va usullari haqidagi jumboqning 
yechimini mantiqiy izlanishlardan an’anaviy 
psixologiyadan emas
, balki avvalo bu 
g‘oyalarning ijtimoiy kelib chiqishidan izlash kerak. U yoki bu individ jamiyatda 
yetilgan 
ijtimoiy 
g‘oyalarning 
tasodifiy ifodalovchisi bo‘lib koladi. 
Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi "inson fakat tashqi dunyo bilan tuxtovsiz 
muloqot qilishi sharoitidagina o‘zok vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to‘liq 
informatsion ajralish bu akldan ozishning boshlanishidir. Informatsion undovchi 
tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga ozik - ovkatdek, issiqlikdek zarur". 
Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim urinlardan birini 
egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi 
deb nomlangan yangi yunalishga ega bo‘lgan psixologik oqim paydo bo`ldi. 
Mazkur yunalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller 
(1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab 
o‘tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur 
muammosining rivojiga ma’lum darajada hissa kusha oldi. Vyursburg psixologiya 
maktabi vakillari tafakkurni hissiy boskichda to‘rgan psixik jarayonlarga, ya’ni 
sezgi va tasavvurlarga ajratib o‘rganishda ratsional bosqichdagi murakkab 
jixatlardan mexaniq ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini 
eksperimental yo`l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni 
o‘zlarining ustilarida o‘tkazib, natijalarni ob’ektiv bo‘lishiga kamroq e’tibor 
berganlar.
13
Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, 


aktidir 
deb 
karay 
boshlaydilar. 
O‘z-o‘zini ko‘zatish metodidan foydalanib, ish to‘tishda ular mana bo‘nday 
ifodaning ma’nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur xaddan tashqari 
mashaqqatliki, shunga karamay ko‘pchilik shunchaki xukm chiqarishni ma’qo‘l 
kuradilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni urnatish qism, yahlit, tur, jins 
ob’ektning nisbati va o‘zaro munosabatlarini ushbu munosabatlarning aniq 
a’zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi. Shuning bilan birga ularning 
barcha tadqiqotlari ob’ektiv metodlarni izlashga oid faoliyatlarida avj oldi. 
Jumladan, Ax Narsis tomonidan sun’iy tushunchalarning shakllanishi bo‘yicha 
dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari tafakkurni munosabatlarning 
aks etishi bilan bog‘lab, tafakkurni munosabatlarning birlamchi qarab chikish, 
yoinki birlamchi ma’lumot berish manbai sifatida talqin qiladilar. Tafakkur 
taraqqiyoti masalasini ko‘tarib chiqib, usishning fikrlarni faollashtirish orqali amaliy 
faoliyatdan 
tafakkurni 
mutlaqo 
ajratib 
qo`ydilar. 
Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi - bu o‘z-o‘zini ko‘zatish 
ekanligini tan 
oladi
, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai-nazardan olib karalganda ushbu 
pozitsiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. 
Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustakil bilish faoliyati 
sifatida aniq ko`rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy 
obrazlardan 
kat’iy 
ajratib 
tashladilar. 
Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkurni 
intellektual operatsiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o‘z oldiga fikr yuritish 
faoliyatining u yoki bu jixatlari qay yusinda shakllanishini ko‘zatish, intellektual 
faoliyat bosqichlarini ko‘rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv 
ko‘rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini kuydi. O.Zels masala yechish 
jarayonini o‘rganishda umumiylikka ega bo‘lgan masalani vujudga keltirish 


bosqichlariga alohida e’tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini ajratib 
ko`rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo‘ladi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling