О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim


Genetik, hаyotiy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy xоtirа


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1166442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XOLMIRZAYEVA MARJONA kurs ishi

1.1. Genetik, hаyotiy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy xоtirа. 
Yuqorida biz inson miyasiga ta’sir qilgan qo‘zg‘ovchilarning izi esda olib 
qolinishini ko‘rib o‘tgan edik. Navbatdagi vazifa izlar-ning mustahkamlanish 
jarayoni qanday kechadi, degan savolga javob berishdan iboratdir. Izlar tezda 
mustahkamlanadimi yoki ma’lum vaqt talab qiladimi, degan muammolar tug‘ilishi 
tabiiy holdir. Bu savollarni o‘rganish ko‘pginatadqiqotchilarning predmeti bo‘lib 



xizmat qilgan. Ko‘pgina psixologlar kuzatishlariga qaraganda, inson-ning bosh 
miyasi jarohatlanganda, jarohatgacha bo‘lgan qisqa vaqt ichi-da va jarohatdan keyin 
ma’lum vaqt oralig‘ida ta’sir qilgan qo‘zg‘ov-chilarning izi saqlanmaydi. Bosh 
suyagi og‘ir jarohatlanib, odam xu-shidan ketganda, shikastlangangacha qanday 
hodisa ro‘y berganligini va undan so‘ng ro‘y bergan hodisani sira eslay olmaydi. Bu 
hol ante-regrad, retrograd va anteroretrograd amneziyasi degan nom olgan. Bu holat 
shuni ko‘rsatadiki, asab tizimiga ro‘y bergan kuchli shok (ruhiy og‘ir favquloddagi 
xastalanish) miyani ma’lum muddatga unga yetib kelgan qo‘zg‘atuvchilarning 
izlarini saqlashga qobiliyatsiz qilib qo‘yadi. Anterograd, retrograd va 
anteroretrograd amneziya miya izlarini esda olib qolishga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan 
vaqt oralig‘ini o‘lchash imkonini berdi. Masalan, 78-km da halokatga (avriyaga) 
uchragan mo-totsiklchi 64-km dan boshlab ko‘rgan barcha narsalarni esdan 
chiqaradi. U soatiga 60 km tezlik bilan ketayotganligi sababli halokatdan 10—15 
daqiqa oldin ro‘y bergan taassurotlarning izlarini mustah-kam saqlab qola olmagan. 
Demak, izlarning xotirada mustahkamla-nishi yoki psixologiyada aytiladiganidek, 
«konsolidatsiya»lanish uchun 10—15 daqiqa kifoya qilar ekan, xolos. Shunga 
o‘xshash omillar asosida maxsus tajribalar o‘tkazilib, bunda sinaluvchilarga sun’iy 
kuchsiz shok beriladi va qanday muddat ora-lig‘i xotiradan tushib qolishi kuzatiladi. 
Psixolog Fedor Dmitriyevich Gorbovningtajribalari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 
Sinaluvchilar berilgan sonni ilgari natijaga qo‘shib yoki undan ayirib, arifmetik 
operatsiyalarni bajarishlari zarur edi. Albatta, misollarni yechish davomida 
sinaluvchi xotirasi-da ilgarigi natijalarni saqlash kerak edi. Favqulodda «birdaniga» 
sinaluvchiga keskin yorug‘lik chaqnashi ko‘rinishida «shok» beriladi. 
Tajribalarning ko‘rsatishicha, bunday hollarda tekshiriluvchilar hozirgina olingan 
natijani eslaridan chiqarib qo‘yib, hisobni oxir-gisidan emas, balki oldingisidan 
davom ettirdilar. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, kuchsizgina shok ungacha bo‘lgan 
izlarni o‘chirar va izlarning «konsolidatsiya»lanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitga 
to‘sqin-lik qilar ekan. Yuqoridagi kuzatishlar shunday fikrlar olib keldiki, izlarning 
mustahkamlanishi uchun muayyan vaqt talab qilinadi va ushbu faktni tekshirish 
uchun psixologiyada qator tadqiqotlar o‘tkazila boshlandi. Amerikaliklar tomonidan 



tadqiqotlar quyidagicha amalga oshi-rilgan. Hayvonlar ko‘nikma hosil 
qilinayotganidan bir oz vaqt o‘tgan, hayvonga elektr toki beriladi. Agar shok 
ko‘nikma hosil qilingani-dan 10—15 daqiqadan keyin berilsa, u holda mazkur 
ko‘nikma yo‘qola-di: agar ko‘nikma hosil qilinganidan keyin 45—60 daqiqa ichida 
be-rilsa, ko‘nikma saklanadi. Shu sababdan izlarning mustahkamlani-shi vaqti 
uchun 10—15 daqiqa ajratilishi kifoya qiladi. Jahon psi-xologlari olib borgan 
keyingi tajribalar shuni ko‘rsatdiki, shok-dan so‘ng hosil qilinadigan ko‘nikmaga 
ham shok salbiy ta’sir ko‘rsa-tishi mumkin. Demak, shok izlarining 
«konsalidatsiya»lanishigacha ta’sir qilib qolmasdan, balki miyani shunday holatga 
solib qo‘yar ekanki, bunda ko‘nikma hosil bo‘lishi reallikdan uzoklashadi. Hozirgi 
davrda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, yuqoridagi samara (ef-fekt) faqat elektr toki 
yordamidagina emas, balki farmakologik elementlar ta’siri ostida ham kuzatilar 
ekan. Masalan, barbitu-ratlar bosh miya po‘stlog‘ini tormozlanish holatiga olib 
keladi; met-razol po‘stlokda kuchli qo‘zg‘alishni yuzaga keltiradi. To‘plangan 
ma’lumotlarga qaraganda, odamda ko‘nikma hosil qilinib, bir daqiqa o‘tgandan 
so‘ng barbituratlarni qabul qilish ko‘nikma izining yo‘qo-lishiga olib kelar ekan; 
aynan shu doza dori barbituratli ko‘nikma hosil qilingandan so‘ng 30 daqiqa o‘tgach 
qabul qilinsa, ko‘nikma-ning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shunga o‘xshash 
natijalar metrazol bilan o‘tkazilgan tajribalarda ham kuzatilgan; ko‘nikma hosil 
qilingandan so‘ng 10 sekund o‘tgach, metrazol qabul qilinishi izlarning qo‘pol 
ravishda buzilishiga olib keladi, 10 daqiqa keyin qabul qilinsa, u holda izlarning 
kuchsiz saklanishi namoyon bo‘ladi, 20 daqiqa o‘tganda esa ko‘nikma butunlay 
sakdangan. Biroq miyaning qo‘zg‘alishiga ta’sir qiluvchi turli moddalar iz-larning 
saqlanishiga turlicha «chuqurlikda» ta’sir qiladilar. Ba’-zilari 3-4 kun oldin hosil 
qilingan ko‘nikmalarni yo‘qotsa, bosh-qalari izlarning hosil bo‘lishiga ta’sir qiladi. 
Ma’lum bo‘lishicha, izlarning «konsolidatsiya»lanishini tezlash-tiruvchi moddalar 
ham ma’lumdir. Bunday preparatlarning biri-ot-rixnindir. Bundan inyeksiya qilinsa, 
konsolidatsiyani tezlashti-rish bilan birga, unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 
moddalarga nisba-tan «yashovchanroq» qilib qo‘yadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan 
tajribalardan ko‘rinib turibdi-ki, izlarning mustahkamlanishi ma’lum vaqt talab 



qiladi va ushbu jarayonda turli kuch bilan ta’sir qiluvchi holatlar hukm suradi. Lekin 
hayvonlarning individual farqlari mavjud bo‘lib, izlar-ning konsolidatsiyasi turli 
hayvonlarda turlicha tezlikda ro‘y be-radi. Amerikalik psixolog Mak Gouning 
ko‘rsatishicha, ko‘nikma tez hosil bo‘ladigan kalamushlarga ko‘nikma hosil 
qilinadigan 45 sek. o‘tgandan keyin shok berilsa, izlar yo‘qoladi, 30 daqiqadan keyin 
shok berilsa, u holda izlar sakdanadi; ko‘pincha ko‘nikma asta-sekin hosil bo‘luvchi 
kalamushlarda (individual-tipologik xususiyatlarga ko‘ra) 45 sekunddan, 30 
daqiqadan keyin berilgan shok izlarini bir xilda yo‘qotadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, 
kala-mushlarning «tez» guruhlarida izlar 15-20 daqiqa ichida konsoli-datsiya 
bo‘lishga ulguradi (uzoq vaqtgacha) va ular «sekin» guruhlari-da esa izlar 
konsolidatsiya bo‘lishiga ulgurmaydi hamda uzoq vaqt-gacha yaxshi 
mustahkamlana olmaydi. Inson tomonidan muayyan izlarni o‘zlashtirish degan gap 
izlar-ning mustahkamlanganligi emas hali, chunki ularning mustahkamla-nishi 
uchun ma’lum vaqt zarurdir. Bu vaqt ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘lib, jumladan, 
bular qatoriga individual xususiyatlar va ularning imkonini kiritish mumkin. Fizik 
iz qolish nazariyasida neyronlardan nerv impulslari-ning o‘tishi o‘zidan keyin fizik 
iz qoldiradi deb taxmin qilinadi. Bu nazariya tarafdorlarining fikriga qaraganda
izlarning fizik aks etish sinapslarda yuzaga keladigan elektrik va mexanik o‘zga-
rishlarda o‘z aksini topadi. Izlarning neyrofiziologik asoslari to‘g‘risida fikr yuritil-
ganda Lorente, Makselein kabi olimlarning reverberlashtirish hodi-sasini 
(reverberlashtirish — aylancha aks ettirish demakdir) tatbiq qilinganlarini aytib 
o‘tish maqsadga muvafiqdir. Ularning ko‘rsa-tishlaricha, nerv hujayralaridan 
chiqqan aksonlar boshqa hujayra-lardagi dendritlar bilan qo‘shilishi natijasida 
reverberlashtirish hodisasi vujudga keladi. Protoinlar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan holatlar biokim-yoviy reaksiyalar deyiladi. Bu hodisani jahon psixologlari 
uzoq muddatli xotiraning psixofiziologik mexanizmi deb ataydilar. Mak Konnel 
(AQSH) yomg‘ir chuvalchanglarida tajriba o‘tkazgan. U shartli reflekslarni hosil 
qilish boshqa reaksiyalardan farkdi o‘laroq, biokimyoviy reaksiyalarda (yorug‘dan 
qochishni mashq qilish) ikki-uch marta kamayib ketishini ko‘rsatgan. Yuqorida 
bayon qilingan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xotira sababiy bog‘lanish, ya’ni 


10 
determinator holati natijasida vujudga keladi. 5.Qisqa muddatli uzoq muddatli va 
operativ xotira Psixikaning eng muhim xususiyatlaridan biri borliqto‘g‘risida-gi 
tashqi taassurotlarning, insonning individual-tipologik xusu-siyatlarining aks 
ettirilishi individning yurish-turishida, xattiharakatlarida, fe’l-atvorida keyinchalik 
uzluksiz ravishda foyda-lanishdan iboratdir. Inson xattiharakatlarining asta-sekin 
mu-rakkablashuvi, yangicha mazmun va shakl kasb etishi, sifatiy o‘zga- rishlarining 
yuz berishi, shaxsiy tajribaning kengayishi, ortishi bilan ro‘y beradi. Tashqi 
olamning, borliqning, turmush tarzining bosh miya katta yarim sharlarining po‘st 
qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari, tasvirlari, xossalari tubdan yo‘qolib ketmaydi. 
Voqe-likning vatashqi olamningtimsollari, tizimlari o‘zaro turli yo‘sin-da, tarzda 
bog‘lanib mustahkamlanadi, tartibga keladi, guruhga bir-lashadi, hayot va 
faoliyatning talablariga mos ravishda esda olib qolinadi; esda saqlanadi, muayyan 
izlarning jonlanishi natijasi-da ularning barchasi tiklanadi. Xotira insonning hayoti 
va faoliyatining barcha sohalarida qat-nashishi tufayli uning namoyon bo‘lish 
shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko‘rinishga egadirlar. 
Odatda, xotiraning turlariga va ularni muayyan turlarga ajratishda eng mu-him asos 
qilib, uning xarakteristikasini esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, 
tanish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatningxususiyatlariga bog‘liqligi 
olinadi. Umumiy psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga (bizningcha) muvofiq 
ra-vishda turlarga, ko‘rinishlarga ajratiladi: I. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko‘ra 
xotira quyidagi turlarga bo‘linadi: a) harakat yoki motor-harakat xotirasi; b) obrazli 
xotira; v) his-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi; g) so‘z-mantiq xotira. II. Ruhiy 
faoliyatning maqsadiga binoan; a) ixtiyorsiz, b) ixtiyoriy, v) mexanik. III. Ruhiy 
faoliyatning davomiyligiga ko‘ra: a) qisqa muddatli xotira; b) uzoq muddatli; v) 
operativ (tezkor) xotira. IV. Ruhiy faoliyat qo‘zg‘atuvchisining sifatiga ko‘ra: a) 
musiqiy, b) eshitish xotirasi. V. Ruhiy faoliyatning inson yo‘nalishiga qarab: a) 
fenomenal, b) kasbiy. Harakat xotirasi. Inson faoliyatining har bir turiga ruhiy fa-
ollikning u yoki bu ko‘rinishlari ustunlik qilishi kuzatiladi: ma-salan, harakat, 
hissiyot, idrok, aqd-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko‘rinishlari mavjuddir. Ana shu 
ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o‘z 


11 
ifodasi-ni topib, harakatlarda, hissiy kechinmalarda, tuyg‘ularda, obrazlar-da, 
timsollarda fikr va mulohazalarda aks etadi. Bularning barchasiga xizmat qiluvchi 
xotiraning o‘ziga xos turla-riga nisbatan psixologiya fanida ilmiy tushunchalar 
tariqasida nom berilgan: harakat, hissiyot, obrazli va so‘z-mantiq xotira. Turli 
harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va boshqalarni esda 
qoldirish, mustahkamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb 
ataladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling