О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim
2. Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili, оperаtiv vа
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
XOLMIRZAYEVA MARJONA kurs ishi
1. 2. Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili, оperаtiv vа
оrаliq xоtirа. Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi odamlarda aniq, ravshan ustunlik qilayotganligi uchrab turadi. Psi-xologiya fanida klassik (mumtoz) misolga aylanib qolgan ushbu holat-ni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir; bir musiqa ishqibozi mu-siqiy asarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomima tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Turmushda shunday odamlar uchray-diki, ular o‘zlarida harakat xotirasining borligini umuman payqa-maydilar. Mazkur xotira turining g‘oyat katta ahamiyati shundan ibo-ratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari bilan bir qator-da har xil amaliy mehnat malakalari tarkib topishining asosini tashkil qiladi. Agarda insonda harakat xotirasi bo‘lmaganda edi, u bironta harakatni amalga oshirish uchun o‘sha harakatning aynan o‘zini har galda «boshdan boshlar», o‘rganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopishdagi xatti- harakatlar, badiiy gim-nastika bilan shug‘ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Jis-moniy chaqqonlik, mehnatdagi mahorat, «oltin qo‘llar», ziyrak ko‘zlar, egiluvchanlik va qo‘zg‘atuvchanlikka ega bo‘lish yuksak, barqaror hara-kat xotirasi mavjudligining alomati bo‘lib hisoblanadi. His-tuyg‘u yoki hissiy xotira. Bu xotira his-tuyg‘ular, ruhiy ke-chinmalar, hissiyotlar bizning ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalar- ning xususiyatiga nisbatan munosabatlarimiz qay tarzda amalga oshi- rilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shu-ning uchun har bir 12 kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi. Voqelikdagi narsa va hodisalardan o‘z-o‘zimizga bo‘lgan munosa-batlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalar-ni esda qoldirish, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xo-tira deb ataladi. Ular biz ruhiyatimizda kechirgan, ma’naviyatimizga ta’sir qiluvchi, xotiramizda saqlanib qolgan his- tuyg‘u, ehtiros, alam, armon kabilar jonlanishiga, harakatga undovchi yoki o‘tmishda salbiy kechinmalarga ega bo‘lgan harakatlardan saklab turuvchi signal tarzi-da namoyon bo‘ladi. O‘zga kishilarning ruhiy holatiga hamdard (empa-tiya) bo‘lish, bevosita voqelik mohiyatiga oshnolik, kitob, san’at, kino, teatr qahramonlari bilan birgalikda qayg‘urish singari inson tuyg‘ulari hissiy yoki his-tuyg‘u xotirasiga asoslanadi. Hissiy xotira o‘zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dina-mikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. Har qaysi odamga o‘z turmush tajribasidan ma’lumki, ko‘pincha qachonlardir o‘qigan kitoblardan, tomosha qil-gan kinofilmlardan, spektakllardan faqat «taassurotlar» bog‘la-nishlari zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun hissiy (xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o‘xshashligi iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush ke-chinmalar to‘lqinini barpo etish ehtimoli to‘g‘risida mulohaza yuri- tilayotganligi ayon bo‘lsa kerak) alomati ostida ijtimoiy, guruhiy, jamoaviy barqaror yoki beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi. Om-maviy kayfiyat (shodlik, g‘am- g‘ussa, bezovtalanish kabilar) xuddi shu tarzdagi ehtiros, affekt, stress, shijoat singari kechinmalarni kel-tirib chiqaradi hamda ularni xotirada saqlanishga yordam beradi, zaruriyat tug‘ilganda jonlanishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Obrazli xotira. Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzara-lari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar, shakllar bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb, yaqqol maz-munni, binobarin narsa va hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustah-kamlash hamda zaruriyat tug‘ilganda esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir nechta turlari ajra-tib ko‘rsatiladi, biz ularning ayrimlariga tavsif beramiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling