O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 5.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019
XX-XXI asr o‘zbek falsafasi. Akademik Ibrohim Mo‘minovning “Amir
Temurning o‘rta Osiyoda tutgan o‘rni va roli” mavzuidagi ma’ruzasi va keyinchalik uning risola holidagi nashri mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining davlatchilik tarixidagi muhim bosqichlarni anglash va belgilashda hamda Amir Temur siymosini qayta tiklashda asosiy g‘oyaviy manba bo‘ldi. O‘z tarixini davrma-davr olib borilgan qatag‘onlar orqali amalga oshirgan totalitar tuzum sharoitida halq qiyofasini tanitishga u haqdagi haqiqatni ilmiy asoslarda isbotlay olishga urunish haqiqiy jasorat edi. Akademik Ibrohim Mo‘minov ziyolilik e’tiqodi, mas’uliyati har qanday ta’qib va nazoratlarga to‘la vaziyatda ham o‘z missiyasini bajarishga qaratilganini ko‘rish mumkin. O‘z faoliyatini o‘n yetti yoshidanoq o‘qituvchilikdan boshlagan olim hayotining so‘nggi yillariga qadar o‘zbek ijtimoiy fanlarining tamal toshini yaratib ketdi. Sovet davrining buyurtma asosida yaratilgan tarixiy ta’limotlari maktabi - rus etnologiyasi maktabi ta’limotlariga g‘oyaviy qarshi ta’limot - o‘zbek xalqining milliy davlatchilik tarixi va uning nazariy asoslarini Ibrohim Mo‘minovning ko‘p tomligidagi o‘zbek xalqi tarixi va falsafiy merosiga oid asarlar va barhayot g‘oyalarida ko‘rish mumkin. Akademik Ibrohim Mo‘minov o‘zbek xalqiga Forobiy, Beruniy, Mirza Bedil kabi adiblarning ilmiy meroslarini ham etkazib berdi. Uning o‘zbek xalqi tarixi haqidagi to‘rt tomlik kitobi, “Samarqand tarixi”, “Buxoro tarixi”, “Xorazm tarixi” ilmiy nashrlaridagi boshchilik ishlari, Italiya, Vengriya, CHexoslovakiya, Gretsiya, Pokiston va Afg‘onistonda qilgan ilmiy ma’ruzalari O‘zbekiston tarixi, falsafasi to‘g‘risidagi munosib tasavvurlarni shakllantirishga xizmat qildi. Ustoz olimning ilmiy faoliyati bilan bir qatordagi jamoatchilik sohasidagi ishlari ham davr ziyolisining eng yorqin qirralarini o‘zida aks ettirgan. Akademik Ibrohim Mo‘minov O‘zbekistonda sotsial institutlar tizimining shakllanishida ham 1 Франк С.Л. Этика нигилизма // Вехи.Интеллигенция в России. Сборники статей 1909-1910. - М.: Молодая гвардия, 1991. 155-с. 90 o‘z an’analarini kashf etgan edi. Uning boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix va arxeologiya institutlari shakllantirilgan bo‘lsa, 1958- 1974 yillar davomida o‘z tashabbusi bilan Fanlar Akademiyasi qoshida Falsafa va huquq institutining tashkilotchisi bo‘ldi. Uning “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” va “Fan va turmush” jurnallariga asoschi va bosh redaktor bo‘lgani, O‘zbekistondagi ilmiy-ma’rifiy hayotda ham o‘z milliatparvarlik va ilmparvarlik g‘oyalari bilan etakchi ideolog bo‘lganing dalilidir. Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling