O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Antik falsafada Geraklit, Demokrit falsafasi xususiyatlari
Download 5.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019
Antik falsafada Geraklit, Demokrit falsafasi xususiyatlari.
Efeslik Geraklit (taxminan mil. av. 544 – 483) olovni olam substansiyasi deb bilgan. mutafakkir butun olam va undagi alohida narsalar olovdan kelib chiqqanligi g‘oyasini ilgari suradi. Geraklit butun olam doimiy harakat va o‘zgarishda ekanligini ta’kidlaydi. Mutafakkirning mazkur qarashi uning oqib turgan daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi degan mashhur hikmatida ham yaqqol ko‘rinib turadi. Geraklit ta’limotidagi logos tushunchasi butun olamni tartibga soluvchi qonunni anglatadi. Geraklit falsafa tarixida sodda dialektika usuliga asos solgan bo‘lib, uning fikricha, logos borliq asosi va dialektik qonunidir. Bir narsa turlicha: dengiz suvi ham toza, ham ifloslangan: baliqlar uchun hayot manbai, ichimlik suvi. Odamlar uchun–zaxarli va halokatli. Muhim o‘zgarish–bu qarama-qarshisiga aylanish, qarama-qarshilarning mohiyati birining ikkinchisi orqali aniqlanishida. Masalan, sog‘liqning qadr-qimmati kasalga chalinganda bilinadi. Geraklit fikricha qarama- qarshiliklar kurashi barcha narsaning otasi, barcha narsalar ustidan hukmron kurash zaruriyat tufayli paydo bo‘ladi. Bilish masalalariga murojaat qilib, Geraklit hissiy va ratsional bilishni ajratadi. Hissiyot, uning fikricha, foydadan holi emas, ayniqsa ko‘rish va eshitish juda ahamiyatlidir. Lekin bilishning oliy maqsadi – logosni anglash va shu tariqa dunyoning oliy birligini anglash hamda oliy donishmandlikka erishishdir. “Donishmandlik belgisi menga emas, balki barcha bir narsa (birlikda) deb biladigan logosdadir”. Biroq logosni bilish oson emas, buning sabablari ko‘p, xususan tabiat yashirinishni yaxshi ko‘radi. Bundan tashqari, “ko‘pchilik odamlar hayvonlar singari keragidan ortiqcha to‘yib ketgan”. SHuningdek, ana shu ko‘pchilikning ustozlari: Gomer ham, Gesiod ham, boshqa xalq kuychilari ham logosni bilishga xalaqit berishadi. Ko‘pchilik odamlar nimaga to‘qnash kelishayotganlarini ham bilishmaydi. Ko‘p narsani bilish aqlli bo‘lishga o‘rgatmaydi. U olamning yaxlit manzarasini o‘rnatishga olib kelmaydi, unga faqat logosni (barcha bir narsa 96 ekanligini) bilish orqaligina erishish mumkin. Demak, Geraklit fikricha, logosni, donishmandlikni dunyoning birligini bilish hammaga ham nasib etavermaydi. Lekin odamlar tabiatan aqllidir. “Fikrlash barchaga xos”, “Barchaga o‘zini bilish va mulohaza yuritish qobiliyati berilgan”, “Logos barchada mavjud” 1 . Geraklit axloqiy qarashlarida odamlarni tabiatan bir-biriga teng deb hisoblashga moyil. Biroq ularning amalda teng emasligi aniq. Buni ular manfaatlarining teng emasligi oqibati deb biladi . Ko‘pchilik logos bo‘yicha emas, hoxishlari bo‘yicha yashaydilar. Bunday kishilar hayoti – “bolalar o‘yini”. Ular o‘z xoxishlari hukmronligi ostidadir. Odamlar eshaklar singari somonni oltindan afzal ko‘radilar. Vaxolanki, baxt tana ehtiyojini qondirishda emas, balki o‘y-fikr yuritishda, “haqiqatni aytish va tabiat qonunlariga quloq solgan holda, ularga mos ravishda xatti-harakat qilishdadir” 2 . Siyosiy qarashlarida Geraklit faqat nasli bo‘yichagina emas, balki ruhi bo‘yicha ham aristokratdir. Uningcha, eng munosib odamlar bir narsani – o‘luvchi narsalarni shon-shuhratga ega deb biladilar. Bunday odamlar logosga muvofiq tarzda hayot kechiradilar va ular ozchilikni tashkil qiladilar. Unday odamlar bebaho, ular “logos bo‘yicha emas, o‘z hohishlari bo‘yicha yashayotgan o‘n minglab odamlar o‘rnini bosadi” 3 . Geraklit bitilgan qonunlar tarafdori (u davrdagi aristokratiya mavjud urf-odatlarga tayanib ish tutgan). “xalq qonun uchun xuddi o‘z uyini himoya qilganidek kurashishi kerak” 4 . Uning ta’kidlashicha, insoniyatga tegishli qonunlar yakka – ilohiyotdan oziqlanadi. Geraklitning jon to‘g‘risidagi ta’limotida mifologiya elementlari ayniqsa ko‘p. Geraklit aytadi: “O‘lim–biz uyg‘ongandan keyin ko‘radigan narsadir”, “inson o‘layotganda tunda o‘zi uchun olov yoqadi. Uning ko‘zi o‘chgan bo‘lsa-da, o‘zi tirikdir” 5 . Geraklit ta’kidlashicha, Quyosh–tirik jon, unga adolat xudosi Dikl va uning xizmatkori Erina qarab turadi. Ular quyoshning me’yordan chiqib ketmasligiga qarab turadilar. Geraklit ta’limoti ioniyadagi falsafiy fikr rivojining dastlabki natijalari yakuni deb baholanishi mumkin. Uning muhim natijalari qatoriga borliqni Yagona va Ko‘plik birligida olib tushuntirishi, harakatning qonuniyligi va universalligi g‘oyasining asoslanishi, garchi sodda ko‘rinishda bo‘lsada dialektikani naturalizm, stixiyali materializm bog‘lashga bo‘lgan urinishlarni kiritish mumkin. Falsafiy fikrning Qadimgi Gretsiyadagi keyingi rivojida mazkur g‘oyalar va yondashuvlar mukammallashib bordi. Demokrit (mil. av. 460 –370) birinchilardan bo‘lib borliqning atomlar - bo‘linmas zarrachalardan tashkil topganligi to‘g‘risidagi qarashni ilgari surdi. Demokrit hayoti to‘g‘risida bir qancha yarim afsonaviy rivoyatlar saqlangan. Taniqli zotdan bo‘lib, katta merosga ega bo‘lib qolgan Demokrit barcha boyligini ilmiy safarlarga sarflaydi. Bu davrda Abderda otadan qolgan merosni bemahsul 1 Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981.-С.137 2 Антология мировой философии.Т.1,Ч.1-С.280 3 Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981.-С.138 4 Антология мировой философии.Т.1,Ч.1-С.280 5 Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981.-С.138 97 ishlarga sarf qilish jinoyat hisoblanardi va shuning uchun ham Demokritning ishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. Lekin Demokrit ilmiy safarlarda yiqqan bilimlariga suyanib yozgan asarlarini o‘qib beradi va jazodan qutilib qoladi. Alloma Bobil, Fors davlati, Hindiston va Misrga sayohat qilgan, olimlar, magiya bilan shug‘ullanuvchilarga shogird bo‘lib tushgan. Demokrit V asr oxiri IV asr boshida vafot etgan. Demokrit Levkippning shogirdi bo‘lgan. Bu davrda Abderda Sofist Protagor, naturalist va shifokor Gippokratlar yashagan. Levkipp va Demokritning fizikaviy va falsafiy qarashlarining asosini jismlarning bo‘linmas zarrachalarining mavjudligi to‘g‘risidagi farazlari tashkil etadi. Bunday son-sanoqsiz zarrachalarni, ya’ni atomlarni (atomos- bo‘linmas, qismlarga kesilmaydigan) mutloq zich va havosiz bo‘lgani uchun bo‘linmaydigan zarrachalar deb hisoblashgan. Demokritning fikricha, doimiy harakatda bo‘lgan atomlar bir-birlaridan faqatgina shakli, joylashishi, tartiboti, hajmiga ko‘ra farq qiladi. mutafakkirning gnoseologik ta’limotida hissiy bilish bizga mavhum bilim berishi, aniq bilimlarga esa faqat aqliy mushohada orqali erishish mumkinligi g‘oyasi markaziy o‘rin tutadi. Mutafakkir narsalar rang, ta’m, hid, kabi sifatlarga ega emas, ular atomlarning sezgi a’zolarimizda qoldirgan taassurot mahsuli deb ta’kidlaydi. Havo atomlar hosil qiladigan jismlarda bo‘ladi va ular ana shu havoda harakatlanishadi. Atomlar bir biridan 1) shakli, ya’ni tashqi ko‘rinishi; 2) o‘lchamlari; 3) holati va 4) tartibi bilan farq qilinadi 1 . Bo‘shliqdagi harakati jarayonida atomlarning ba’zilari bir birining ustidan sakrab o‘tib ketishadi, boshqa bir xillari tarqalishib, o‘ralishib ketishadi (shakli mos kelganda) va murakkab jismlarni paydo qilishadi. Levkipp va Demokritlar fikricha borliqda atomlarning faqat sonigina emas, balki ko‘rinishlari, shakllari ham cheksizdir. Lekin ular (shakllar) ko‘rinmaydi, his etilmaydi. Simplitsiyning habar berishicha atom shakllari soni shuning uchun ham cheksizki, “ular soni boshqasining sonidan hech qancha ko‘p emas”. Atomistik ta’limot eleyliklar qo‘ygan masala: borliq paydo bo‘lishi ham yo‘q bo‘lishi ham mumkin emasmi? degan savolning o‘ziga xos echimi edi. Ayni paytda Levkipp va Demokritlar eleyliklarning ko‘plik (to‘plam)ni, harakatni fikralab bo‘lmaydi degan xulosasini inkor etadilar. Levkipp va Demokritlar atomlar harakati sababi to‘g‘risidagi masalani qo‘yishmaydilar. Buning sababi shundaki, ular harakat atomga avval boshidanoq hos bo‘lgan xususiyat deb hisoblashgan. Atomistik ta’limot kundalik tajribadagi hodisaga tayanadi. Bu hodisa: qattiq jismning qisilishidan iborat. Teofrast bergan ma’lumot bo‘yicha Levkipp va Demokritlar shunday fikr yuritishgan: agar atomlar oralig‘ida havo bo‘lmaganda jismning hajmi qisqarmagan bo‘lar edi. Demak, jismning qattiqligi yoki yumshoqligiga uning zichligi va siyrarligi mos keladi, degan xulosaga kelganlar. Atomlar barcha yo‘nalishlarda harakat qilishadi. Ana shuning uchun ham ular borliqda muayyan tartibni hosil qilishi ham, yoki tartibsiz xaotik harakatda 1 Қаранг:Антология мировой философии.Т.1.Ч.-С.324 98 bo‘lishi ham mumkin. (masalan, quyosh nuri derazadan o‘tganda mayda zarrachalar chang ichida harakatlanayotgandek bo‘lib ko‘rinadi. Levkipp va Demokritning fikricha atomlarni har xil kattalikda bo‘lishi, ko‘zga ko‘rinmaydigan eng mayda zarracha va katta hajmdagi zarracha ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Aristotel fikricha, Demokrit cheksiz katta miqdordagi mohiyatni – bo‘sh fazoni mavjud deb hisoblagan. Lekin bundan xuddi shunday kattalik, o‘lchamdagi atom ham bo‘ladi, degan xulosa chiqarmagan. Demokrit atomni “g‘oya” deb ham atagan, lekin uning jismli shakl, jismli “g‘oya” deb hisoblagan. (Platonda “g‘oya”- jismsiz shakl). Atom – jismli g‘oya bo‘lsa, u qanday moddiy sifatlarga ega, degan savol paydo bo‘ladi. Bunga Demokrit atomlar his etiladigan sifatlarga hid, rang, tovush, harorat kabilarga ega emas. Atomlar faqat fazodagi shakli, o‘lchami, holati, tartibi bo‘yicha farqlanadi, bu sifatlar his etilmaydi. Sekst Empirik Demokritning quyidagi so‘zlarini keltiradi: “Shirin, achchiq, issiq, sovuq va boshqalar faqat fikrda mavjud, borliqda esa faqat atomlar va bo‘shliq mavjud, xolos”. Shuni ham etiborga olish kerakki, Atomistik ta’limot vaqtining cheksizligi to‘g‘risidagi fikr bilan birga rivojlandi. Moddiy boshlang‘ich asos va vaqtning abadiyligidan atomistlar tabiatdagi barcha predmetlar va hodisalarning zaruriyligini keltirib chiqarishadi. Aesiy bergan ma’lumotga ko‘ra, Demokrit (balki Levkipp) hech bir narsa “sababsiz paydo bo‘lmaydi, biroq barcha narsalar qandaydir asos va zaruriyatga ko‘ra vujudga keladi”, deb ta’kidlaydi. Demokrit fikriga ko‘ra zaruriyat fizikaviy ma’noga ega, u “materiyaning qarshiligi, harakati va zarbasi”. U “girdob”ni barcha narsalarning sababi deb biladi. Dunyodagi hamma hodisalar zaruriyatga bo‘yunadi. Olamda sababsiz paydo bo‘ladigan hech narsa yo‘q va demak, tasodif yo‘q. Demokrit fikricha “Kishilar o‘zining mulohaza yurita bilmasliklarini yashirish uchun tasodif o‘ylab topishgan. Simplitsiy Demokritning tasodif to‘g‘risidagi mulohazalarini quyidagi misolda tushuntiradi; kal bosh chol ekin maydoni bo‘ylab yurib ketayotganda, uning boshiga toshbaqa tushib ketadi va kalla suyagini sindiradi. Sodir bo‘lgan hol go‘yoki tasodifdek. Lekin aslida unday emas, u zaruriydir, chunki burgut uning boshini tosh deb o‘ylab toshbaqani tashlab yuboradi. (toshbaqa toshga urilganda kosachalari sinib, go‘shti ajraladi, burgut uni eyish uchun shunday qiladi). Bu - zaruriyat. Demokrit tasodifni maqsadga muvofiqlikka qarama qarshi qo‘yib tushuntiradi. Uning firicha, har bir narsa to‘g‘risida u nima sababdan paydo bo‘ldi, uning sababi nima deb, savol qo‘yish kerak. Bunda qanday maqsadga ko‘ra paydo bo‘ldi deb savol qo‘yish o‘rinli emas. Demak, Demokrit tasodifni sababsiz narsa deb emas, maqsadga muvofiqlikning inkori deb tushuntiradi. Demokrit yozadi : “Bo‘shliq va atomlar – materiyadir, yoki narsalar sababidir” 1 . 1 Ўша жойда-Б.322 99 Atomizmning yangiligi quyidagi ikki narsada: 1) borliqning cheksizligi va 2) cheksiz dunyoviy fazoda bir qatda yonma-yon yashayotgan dunyolarning ko‘pligi haqidagi ta’limotidir. Levkipp va Demokritning dunyoning cheksizligi to‘g‘risidagi qarashlari bo‘sh fazoning cheksizligi va atomlarning cheksiz miqdorda ekanligidan kelib chiqadi. Dunyolar sonining cheksizligini ular quyidagicha tushuntirishadi: chegarasizlikdan ajralgan holda shakliga ko‘ra turli xil jismlar “buyuk bo‘shliqda” harakatlana borib birgalikda yagona girdobni (vixr) keltirib chiqaradi va jismlar unda bir-biriga urilib, parchalanib, aylanib, o‘xshashlari o‘zaro qo‘shilib, kattalashib muqim aylanadigan jismlar shakliga kirishadi. SHu tariqa yupqa, nozik qismlar tepaga chiqishadi, og‘irlari markazda bo‘lgan sharsimon birikmalar hosil qilishadi. Shu tariqa Yer paydo bo‘ladi. Uyirmali harakat davomida Yer yuqori qobig‘idan ajralgan zarrachalar muayyan ko‘rinishga ega jismlarni osmon yoritgichlarini keltirib chiqarishadi. Erga eng yaqin aylana Oy, eng uzoq turgan aylana – Quyosh. Bular faqat bir dunyoni paydo qilishadi, qolgan dunyolar ham shu tariqa yuzaga chiqishadi. Atom to‘g‘risidagi ta’limotni Demokrit matematika sohasiga yoydi. U matematik jismlarni (shar, konus, piramida) xuddi atomlar bir-biridan bo‘shliqda ajralib turgani kabi, bir-biriga yopishgan teksiliklardan tashkil topgan deb tushuntiradi. Masalan, konus uning asosiga nisbatan ko‘p miqdordagi parallel aylanalardan tashkil topib, ularning radiusi konus yuqori nuqtasi tomon kichrayib boradi. Ular shunchalik ingichkaki, sezgi organlari bilan his etib bo‘lmaydi. Atomistik nazariyaga ko‘ra jismlarning bo‘linishi cheksiz davom etmaydi, uning chegarasi bor, bu atomdir. Bu fikri bilan Demokrit Zenon oporiyasidagi ziddiyatni bartaraf etadi. Stereometriyada Demokrit asosiy atomlar element deb Demokrit piramidani hisoblaydi. Barcha jismlar piramidalarga ajralishi mumkin. Levkipp va Demokrit irratsional munosabatlarni inkor qilishadi. Barcha matematik predmetlar jismlar, yuzalar, chiziqlar atomlardir, ya’ni bo‘linmas butun elementlardir. Ana shuning uchun ham irratsional munosabatlarning bo‘lishi mumkin emas. Atomistlar hissiy va aqliy bilishni farq qiladilar. Atomlarni faqat hissiyot asosida bilib bo‘lmaydi. Buning uchun hissiyot aql tomonidan chuqurlashtirilishi, to‘ldirilishi zarur. Demak hissiyot va aql qarama qarshi emas, o‘zaro aloqadadir. Aristotel fikricha “Demokrit aqlni haqiqatni biladigan kuch deb hisoblamaydi; uni jon bilan almashtirib yuboradi” 1 . Demokrit fikricha, bilishning ikki turi mavjud: xaqiqiy va qorong‘i. Qorong‘i, bu ko‘rish, eshitish, ta’m, badan va hid sezgilari. Demokritning mantiqiy fikrlari “Kanon”larda (Kanon – “mezon” , “qoida” da ifoda etilgan. Unda bilishning uch mezoni farqlanadi: 1) hissiy bilishga oid, 2) tafakkur, 3) hohlangan va hohlanmaganlar (uning yordamida predmetga yaqinlashamiz yoki uzoqlashamiz). Jon va nafas mexanik muvozanatda bo‘ladi, hayot ana shunga asoslanadi - ya’ni hayotning o‘limga qarshiligi. 1 Қаранг: ўша жойда-Б.332 100 Demokrit bir tomondan xudolar to‘g‘risidagi tasavvurlarga qarshi chiqadi, ikkinchi tomondan, ularning mavjudligini tan oladi. Uning fikricha, havo – barcha olovli atomlarning makoni. Havo faqat joylashadigan o‘rin emas, u hayot uchun nafas olish va nafas chiqarish uchun zarur. Havo olovli dumaloq atomlarning uyirmali harakatidan hosil bo‘ladigan obrazlar bilan to‘lib toshgan. Ular xudolar bo‘lib, mustaqil, uzoq yashaydigan, parchalanmaydigan xususiyatlarga ega. Ular odamga o‘xshamaydi. Xudolarning ba’zilari yaxshilikni keltiradi, boshqalari yomonlikni. O‘z ovozlari, ko‘rinishlari bilan xudolar odamlarga ularning kelajagi to‘g‘risida ogohlantiradi. Demokrit madaniyatga rivojlanish maqomini beradi. Madaniyat tabiat rivojlanishining davomidir. San’at–tabiatga taqlid qilish demakdir. Demokrit etikasining aksiomasi va asosi: ozod grek jamiyatidan ajralgan individ emas, balki shahar–davlat fuqarosidir, degan fikrdan iborat. Yaxshi boshqariladigan davlat - bu yaxlit saqlanib turuvchi davlat, u buyuk tayanch. Shuning uchun ham davlat manfaatlari yakka kishilar manfaatlaridan yuqori turadi. Demokratik fikricha, polisdagi kambag‘allik monarxiyadagi boylikdan afzal. Lekin demokratiya hamma vaqt ham yaxshi hayotni kafolatlamaydi. “Na sanatga, na donishmandlikka ularni o‘rganmasdan turib, erishib bo‘ladi”. “Hayotning maqsadi - ruhning, jonning yaxshi o‘rnashib olishi”. Donishmandlik uch narsani keltiradi: yaxshi fikrlash, yaxshi gapirish, yaxshi amallar qilish. Xulq atvor- aql bilan bog‘liq, u bilan belgilanadi. E’tiborga eng loyiq narsa – ehtirosga berilmaslik, vazminlikdir. Dono odam yovuzlikdan ham ezgulikni ajrata oladi, agar u ana shunga loyiq ilmga ega bo‘lsa. Misol: chuqur havza ko‘p munosabatda foydali, lekin unda cho‘kib ketish xavfi bor, ya’ni u ziyon. Ayni paytda undan (zarardan) qutilish vositasi bor, bu - suzishga o‘rganish. Bilim – “ruhning yaxshi o‘rnashishiga” xalaqit beradigan narsalarni bartaraf etuvchi vosita. Demokrit tasodifni inkor qiladi. Uning fikricha, inson sababini bilmagan hodisa va jarayonlarni tasodif deb o‘ylaydi. O‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida faylasuf quldorlik aristokratiyasiga qarshi chiqib, antik demokratiyani ulug‘laydi. Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling