O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Ilk o‘rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika
Download 5.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019
Ilk o‘rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika,
sxolastika, nominalizm va realizm. Realizm va nominalizm o‘rtasidagi bahs. Sxolastika so‘zi lotincha “sxolastika” (grekcha άγνωσία) –“shkola” so‘zidan olingan bo‘lib, u zamonaviy falsafa tarixi fanida O‘rta asr (XI-XIV asrlar) G‘arbiy Evropa madaniyatida hukmronlik qilgan spekulyativ, falsafiy, dialektik va diniy tafakkur tarzining jamlanmasini anglatadi. Ushbu atama, asosan, ikki: salbiy va ijobiy ma’nolarda tushuniladi. “Shkolyar falsafa” yoki “shkolyar ilohiyotchilik” sifatidagi sxolastikaning birinchi ma’nosi, o‘tmishni “jonli”, “jonsiz”, “abadiy navqiron” yoxud “eskilik sarqiti” kabi jihatlarga ajratuvchi Renessans va ma’rifatparvarlik davri mualliflarining ko‘plab asarlaridan kelib chiqqan. Oxir-oqibat “antik davr” va “O‘rta asr varvarligi” o‘zidagi foydasiz va keraksiz jihatlarni inkor etish orqali “sxolastika” ta’rifini jonli madaniyat tarzi va ta’sirchan so‘zga aylantirdi. Bu atamaning boshqa bir jihati (sxolastik) “shkola falsafasi” yoki “shkola ilohiyotchiligi” bevosita XIII asr O‘rta asrlar maktabi va O‘rta asrlar universitetlarining faoliyati bilan bog‘liq. O‘sha zamonlardagi asosiy o‘quv predmeti “etti erkin san’at” (septem ark liberalis “trivium” (uch yo‘l): grammatika, ritorika, dialektika hamda “kvadrivium” (to‘rt yo‘l): arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqadan iborat bo‘lgan. Ilk O‘rta asrlarda “kvadrila” fanlari qoida sifatida uncha muvaffaqiyat qozonmagan hamda past saviyada qayta ishlangan. Pyotr Damiyaning XI asrda aytilgan “Falsafa – dinning cho‘risidir” (pxlosopxia ansilla txeologiae) degan fikridan kelib chiquvchi har qanday qarashni avtoritet dogmasiga bo‘ysundirish g‘oyasi butun boshli falsafiy, teologik O‘rta asrlar ortodoksal madaniyatining asosini tashkil etadi. SHuningdek, sxolastlar uchun din 106 va tafakkurning o‘zaro munosabati va uning umumiy xarakterli jihatlari “oqilona” tarzda universal tizimga bo‘ysundirilgan edi. Ushbu tizimga ko‘ra, yaratilgan mavjudotlar va xudo haqidagi har qanday bilim ikki xil munosabatga ega bo‘lib, ularning biri g‘ayritabiiy yoxud ilohiy vahiy vositasida erishiladigan bilim bo‘lsa, ikkinchisi aksincha, inson tafakkurining tabiiy tarzdagi beto‘xtov izlanishlari natijasida egallangan bilimdir. Yuqoridagi birinchi bilimning me’yori o‘zida cherkov otalarining asarlari avtoriteti va ularning sharhlarini mujassam etsa, ikkinchi bilimning me’yori esa, keyingi O‘rta asr va arab mutafakkirlarining antik falsafiy an’anasining vakillari Platon, ayniqsa, Aristotel asarlariga bitgan sharhlari hisoblanadi. Sxolastikani “muqaddas kitoblar va o‘gitlar” ko‘rinishidagi falsafiy hamda diniy matnlarni interpritatsiyalash (sharhlash) falsafasi deyish mumkin. Bu ma’noda u, bir tomondan, haqiqatga tajriba orqali olingan faktlarni tahlil qilish asosida intiladigan yangi davr falsafasi, shuningdek, ikkinchi tomondan, haqiqatga ekstaz orqali erishadigan mistika bilan keskin kontrast (kuchli ziddiyat) hosil qiladi. Matnlarni haqli ravishda avtoritet deya hisoblagan sxolastlar ulardan nafaqat u yoki bu savollarga javob topganlar, ayni paytda, ushbu javobsiz savollarning o‘zi aqlni yanada charxlashga undagan. Avtoritetlarga murojaat etish bilan barcha savollarga echim topib bo‘lmasligini anglash sxolastika fanini asoslashga zarurat tug‘dirdi. Sxolastika antik falsafadan borliq o‘z asosiga ko‘ra ratsional, shuning uchun ham borliq haqidagi ratsional bilimlar imkoniy va aqlga muvofiqdir, degan maslakni o‘zlashtirdi. Narsalar haqidagi bilim, avvalambor, ularning mohiyatini va xarakterli jihatlarini bildiradi. Bu xarakterli jihat har bir narsaning “turi” va “shakli”ni belgilaydi hamda ularni umumiy tushunchalar doirasiga kiritish imkonini beradi. Narsalarning mohiyatini bilishning to‘la imkoni mavjud, chunki mohiyat va tushunchaning strukturasi bir xil.Ular faqatgina joylashuv o‘rniga ko‘ra farq qiladi: mohiyat narsaning o‘zida, tushuncha esa inson aqlida jo bo‘lgan. Garchand Aristotel “ikkinchi mohiyat”, ya’ni (tur va jins) bilan “birinchi mohiyat” aniq idrok etiladigan narsalar haqida aytsa-da, biroq Aristotelning metafizikasi to‘la ratsional bo‘lib, bilish mumkin bo‘lgan mohiyat, ya’ni umumiy tushunchalar orqali qandaydir hissiy idrok etiladigan, mohiyati o‘zida mavjud bo‘lmagan, aql bilan anglab bo‘ladigan narsalar ko‘zda tutiladi. Aristotelning mohiyat haqidagi ta’limoti sxolastika doktrinasining o‘zagiga aylandi. Biroq u Aristotel metafizikasini qayta ishlash asosida yaratilib, undagi qator noaniq shakllar birinchi planga chiqadi. Bu O‘rta asr teologlarining oldiga yangi, echimtalab vazifalarni qo‘ygan bo‘lib, bunda O‘rta asr teologloglari borliq va xudo tushunchalarini aynanlashtirarkan, Bibliya matnlaridagi mashhur jumla (“Xudo Musoga dedi: “Men barcha narsaning mohiyatiman!”)ga tayanib, xristianlik ta’limotida ratsional vositalar orqali xudo, olam, inson haqida o‘z qarashlarini ifoda etgan. Xristian inson tafakkurida xudodan yuksak narsa yo‘q, zero muqaddas bitikda xudo hamma narsaning mohiyati deya ta’kidlangan. Bu o‘rinda shuni xulosa qilish mumkinki, birinchi mutlaq prinsip - bu borliq. SHuning uchun borliq O‘rta asr teologiyasining doktrinasida markaziy o‘rin tutadi. 107 Umuman olganda, O‘rta asr teologiyasi va falsafasi tom ma’noda borliq haqidagi ta’limotdir. Keyinchalik butun sxolastik falsafiy an’anaga asos bo‘lgan universal tushunchalarning mavqeini belgilash muammosi Boesiy tomonidan “beshta tovush” yoki “narsalarning” (voses, res) formal mantiq xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish uchun mayda detal sifatida kiritilgandi. Tushunchalarning umumiy jihatlari (posprodekament), masalan, “hayvon” (ovqatlanishiga ko‘ra) “insondir”; “turlanish farqi” (xususiyat) “aql”, “xususiy belgisi” (lotincha) “ikki oyoqli”, “shaxsiy belgisi” (lotincha) “qirra burun”, “moviy ko‘z”. Ushbu masalada bahslarning boshlanishiga, dastlab, Porfiriyning mashhur “Kirish” hamda Aristotelning “Kategoriya” asarlarida qo‘yilgan, biroq javobsiz qolgan quyidagi savollar sabab bo‘ldi: 1.Narsalarning turi va xili alohida mavjudmi yoki ular bizning ongimizda mavjudmi? 2.Agar ular mustaqil holda mavjud bo‘lsa, moddiy holda mavjudmi yoki nomoddiy holdami? 3. Ular alohida borliqqa egami yoki faqat moddiy narsalardagina mavjudmi? Keyinchalik Foma Akvinskiy tomonidan aytilgan fikrga muvofiq, unversallar uch shaklda mavjud bo‘ladi: ante rem-“narsalargacha (ilohiy intellektda) mavjud”, in rem-“narsalarda mavjud” va post rem-“narsalardan keyin (insonlarning ongida) mavjud”. O‘rta asr sxolastikasining turli namoyandalari ushbu masalani o‘z qarashlariga muvofiq tahlil etdilar. Oqibatda, O‘rta asr sxolastikasida realizm (lotincha, res “narsa”), nominalizm (lotincha nomen “nom”), konseptualizm (lotincha konseptus “tushuncha”) degan uchta yo‘nalish shakllandi. Nominalizm yo‘nalishining ta’kidlashicha, narsalarning jinsi va turi faqat ongdagina mavjuddir; realizm esa substansional holda, ya’ni mustaqil tarzda mavjud bo‘lgan universal tushunchalarning mohiyatini tan oladi; konseptualizm nuqtai nazariga ko‘ra, narsalarning jinsi va turiga oid tushunchalar faqat aqldagina mavjuddir, biroq reallikda ularning mavjudligiga nimadir muvofiq keladi, ammo ular o‘z-o‘zicha substansiya va aksidensiya (belgi, xususiyat) bo‘la olmaydi. YUqorida sanab o‘tilgan har bir oqim ikki xil ko‘rinishga ega bo‘lgan: realizmning “radikal” ko‘rinishi (Platon qarashlaridan kelib chiqqan bo‘lib), unga ko‘ra, faqatgina universal tushunchalar real, substansional, mustaqil holda mavjud (Anselm Kenterberiyskiy, Gilom, Petr Lombardskiy, Bonaventura va ko‘plab boshqa sxolostlarni mazkur yo‘nalish tarafdorlari sifatida ko‘rsatish mumkin); zamirida Aristotel qarashlari yotuvchi realizmning “mo‘‘tadil” ko‘rinishi universal tushunchalarning ahamiyati real mavjud, lekin ular substansional, mustaqil holda mavjud emas. SHuning bilan birga, ushbu tushunchalar individual narsalarning shakli ham deb hisoblaydi Foma Akvinskiy - bu yo‘nalishning asoschilaridan biri. Nominalizmning “radikal” ko‘rinishi vakillari narsalarning jinsi va turiga oid tushunchalar hech qanday ahamiyatga ega emasligini ta’kidlaydi (Ioann Rasselin); “mo‘‘tadil” nominalizm esa bu tushunchalarni alohida narsalarning nomi deya ta’kidlaydi (masalan, Uilyam Okkam). SHuningdek, O‘rta asr konseptualizmi ham ikki xil ko‘rinishga ega bo‘lib, ularning biri realizm ta’sirida bo‘lgan bo‘lsa (Duns 108 Skot), ikkinchisi esa, nominalizm qarashlariga moyil edi (Per Abelyar). Mazkur bahslarning asoschisi Boesiy o‘zining ayrim asarlarida (“Porfiriyga katta sharhlar”, “Mo‘‘tadil”) realist bo‘lib ko‘rinsa, ba’zi asarlarida (“Falsafaning yupanchi haqida”, “Radikal”) nominalist kabi taassurot uyg‘otadi. Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling