O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


YAngi va eng yangi davr falsafasining ustivor yo‘nalishlari


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

YAngi va eng yangi davr falsafasining ustivor yo‘nalishlari.
 
XVI-XVII
asr Evropa hayotida ulkan o‘zgarishlar asri bo‘ldi. Insonlarning hayot tarzi
qadriyatlar tizimi va dunyoqarashidagi tub o‘zgarishlar falsafada yangicha uslub
va muammolarni keltirib chiqardi. Bu davrda falsafiy tafakkur yo‘nalishlarini 
belgilab bergan muhim hodisalardan biri bu - fan inqilobi edi. Ushbu inqilob N. 
Kopernik, I. Kepler, Tixo Brage, G. Galiley kabi olimlarning kashfiyotlari bilan 
boshlanib, I. Nyutonning kashfiyotlari bilan yakunlandi. Endilikda falsafa
kechayotgan o‘zgarishlarning mohiyati va ko‘lamini qamrab olishi, hodisalar 
rivojini tushuntirib berishi, kishilarni yangicha olamga olib kirishi lozim edi. 
Bunda insonning tabiatga, jamiyatga, o‘z-o‘ziga hamda xudoga bo‘lgan munosabati
mutlaqo o‘zgacha ma’no kasb etdi.
Dunyoqarashning yangilanishi tabiyki turli ziddiyat va qarama- 
qarshiliklarga olib keldi. Eskicha an’analarning hukmronligidan xalos bo‘lish ko‘p
harakat va vaqt talab qilardi. Biroq, bunga qaramay, yangicha falsafiy 
yo‘nalishlarning vujudga kelishi ijtimoiy zaruratga aylandi. Yangi davr
falsafasining yirik namoyondalaridan biri - Frensis Bekon (1561- 1626 yillar). 
Uning mashxur asarlari: “Yangi organon” (1620 y), “Falsafaga raddiyalar” (1608 
y), “Yangi Atlantida” (1620 y). Bekon an’anaviy bilish usullarini samarasiz 
ekanligini tanqid qiladi va ularning sabablarini inson tafakkuridagi to‘rtta
idollarda deb ko‘rsatadi, bular: “urug‘ idoli”, “g‘or idoli”, “bozor idoli”, “teatr
idoli”. Bekon inson tafakkurini turli nufuz va bid’atlar ta’siridan xalos qilishni 
ta’kidlaydi xamda bilishda tajribaga asoslangan induktiv usulni ilgari suradi. Bu 
davrda Bekon empirizmiga muqobil tarzda fransuz faylasufi Rene Dekartning 
(1596 - 1650 yillar), ratsionalizmi yuzaga keldi. Uni haqli ravishda yangi davr 
Evropa falsafasining asoschilaridan biri sifatida ko‘rsatishadi. Xuddi Bekon kabi 
Dekart falsafasining ham asosiy mohiyati, bu - bilimlarning xaqqoniyligi
muammosi edi. Ammo Bekondan farqli tarzda Dekart, tajribaga emas, bilish 
jarayonining o‘ziga urg‘u berdi. U matematik dalillash va analez metodiga
tayangan holda bilishning o‘ziga xos to‘rtta qoidasini ajratib ko‘rsatadi: 1) to‘la 
ishonch hosil qilmay turib, biror narsani haqiqat o‘rnida qabul qilmaslik; 2)
o‘rganilayotgan muammoni talab qilingan darajada qismlarga bo‘lib tahlil qilish; 
3) fikrning bosqichma –bosqich tarzda oddiydan murakkabga qarab yo‘nalganligi; 
4) muammoni o‘rganish jarayoni qat’iy va to‘la hisob-kitob asosida olib borilishi 
hamda hech bir elementni nazardan chetda qoldirmaslik. Dekart barcha mavjud 
narsalarning, bir-biridan mustaqil holda moddiy va nomoddiy substansiyalardan 
tashkil topganligini takidlaydi. Moddiy substansiyaning atributi ko‘lam, nomoddiy 


114 
substansiyaning atributi – aql. Bu substansiyalarni o‘z atributlari yordamida bilish 
mumkin. Dekartga ko‘ra moddiy tabiat mexanik xarakterga ega, uning mohiyati
ko‘lam va harakat orqali namoyon bo‘ladi. Shu bois har qanday moddiy jism
mexanik qonun asosida harakatlanadi va ruhiy ibtidoga bo‘ysunmaydi. Dekartning 
ushbu mulohazalari o‘simlik va hayvonot olamiga taalluqli. Insondagi aql va jism 
o‘rtasidagi bog‘liqlikning murakkabligi shundaki, ularning har ikkisi ham alohida 
mustaqil substansiya: aql bo‘linmas va ko‘lamga ega emas, jism esa, bo‘linuvchan, 
ko‘lamga ega, murakkab.
Dekart falsafasining keyingi davr uchun ahamiyatli jihati, unda inson aqlining 
markaziy o‘ringa ko‘tarilishidir. Yangi davrdagi keyingi falsafiy qarashlar
ratsionalizm va empirizmning o‘ziga xos sintezi vujudga kelgunga qadar, ushbu
ikki maktabning o‘zaro qarshi kurashi sifatida namoyon bo‘ldi umuman olganda 
ratsionalizm ham, empirizm ham o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘rta asrlar Evropa 
madaniy hayotiga singib ketgan an’analarga qarshi kurashish natijasi o‘laroq
yuzaga keldi. Har ikkala maktab ham, insonning aql imkoniyatlarini baholash
muammolariga echim izlashni, tom ma’nodagi ilm ma’rifatni yuzaga chiqarishni 
maqsad qildi. Faylasuflar nafaqat tabiatshunoslik fanlariga diqqat qaratdi,
endilikda yangi davr Evropa kishisining ijtimoiy-siyosiy xuquqiy o‘rni haqida 
ham yangicha qarashlar shakilandi.
Dekartdan so‘ng ratsionalizm g‘oyalari Benedikt Spinoza va Gotfrid 
Leybnitslar tomonidan yanada rivojlantirildi. Benedikt (Barux) Spinoza (1632-1677 
yillar) Niderlandiyalik faylasuf. Spinoza o‘z qarashlarini Dekart ratsionalizmning 
davomchisi sifatida ko‘rsatadi. Uning eng yirik asarlaridan biri “Etika” matematik 
dalilash metodi asosida yozilgan. “Etika”ning har bir qismi keltirilgan 
aksiomalarni ta’riflash va teoremalarni isbotlash bilan boshlanadi. Spinoza 
falsafasining asosiy tushunchalaridan biri bu - yagona va cheksiz substansiya 
bo‘lib, u ayni paytda xudo va tabiat sifatida namoyon bo‘ladi. Dekartdan farqli 
ravishda Spinoza olamning ilk ibtidosini yagona mohiyatda deb biladi va falsafiy 
monizm prinsipini yoqlaydi. Substansiya ko‘plab, cheksiz atributlarga ega, inson 
ulardan faqat “ko‘lam” va “aql”nigina anglay oladi. Har bir atribut o‘zida 
substansiya mohiyatini aks ettiradi, biroq ular substansiyaga nisbatan 
chegaralangandir. O‘z navbatida har bir atribut ko‘plab “moduslarning” yig‘indisi 
sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan moduslarning namoyon bo‘lish shakli tufayli biz 
atributlarning alohida birligini bila olamiz. Spinozaga ko‘ra moddiylik va 
nomoddiylik alohida substansiya bo‘lmay, aksincha, bir mohiyatning ikki xil 
shakldagi ko‘rinishidir. Shu bois insonning aqlni idrok etishi jismni, jismni idrok 
etishi esa aqlni bilishi deya baxolanadi.
Ratsionalizmning yana bir vakillaridan biri, Olmon faylasufi, matematik fizik 
olim Gotfrid Leybnits (1646 1716 yillar). U. Leybsig universitetida matematika 
va fizikadan tashqari tilshunoslik, tarix hamda xuquqshunoslik fanlarini ham 
chuqur o‘zlashtirgan. Leybnits ham huddi Spinoza kabi Dekart o‘rtaga tashlagan 
masalalar ustida bahs yuritadi. Uni Dekart ilgari surgan aql va jism o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlik muammosi qanoatlantirmaydi Leybnits Dekart g‘oyalarini 
rivojlantirish bilan bir qatorda Spinoza va uning qarashlaridan farqli, o‘ziga xos 


115 
ratsionalizm tizimini yaratadi. U karteziancha dualizmni ham, Spinozaning, xudoni 
borliqqa aynanlashtirgan panteizmini ham qabul qilmaydi. “Monadalar” Leybnits 
falsafasining markaziy tushunchalaridan biri xisoblanadi. Monadalar bo‘linmas 
mohiyat bo‘lib, butun borliq ularning yig‘indisidan tashkil topgan. Monadalar 
alohida birlik bo‘lib, o‘zaro ta’sirga ega emas. Monadalar quyidan yuqoriga 
qarab, qat’iy ierarxik tarzda tartiblangan. Ierarxiyaning quyida joylashgan 
monadalar moddiy borliqni tashkil qiladi. Ierarxiyaning yuqori qismida esa
nomoddiy borliqni tashkil qiluvchi monadalar joylashadi. Natijada Leybnitsning 
monadalar olami xudoni “oliy monada” sifatida aks etiradi. Uning “bizning olam 
tasavvurdagi olamlarning eng yaxshisidir” degan so‘zlar bilan ifodalanuvchi 
falsafiy optemistik konsepsiyasi ham monadalarning tartiblanish g‘oyasiga 
asoslanadi.
Yangi davr falsafasida Bekondan keyingi empirizm maktabining vakillari 
sifatida ingliz faylasuflari T. Gobs, J. Lokk, J. Berkli, D. YUm fransuz 
faylasuflaridan esa, E. Kondilyak, K. Gelvetsiy, P. Golbaxlar sanab o‘tiladi. Biz bu 
o‘rinda Lokk, Berkli va Yum qarashlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Jon Lokk (1632 1704 yillar) ingliz faylasufi. Inson aql idrokining paydo 
bo‘lishi, uning imkoniyatlari chegaralari xaqidagi g‘oyalar Lokk falsafasining
asosini tashkil etdi. Bekon kabi Lokk ham , har qanday bilim tajribaga asoslanishi 
kerakligini takidlaydi. Lokk empirizmni “tug‘ma g‘oyalar” konsepsiyasini ilgari 
suruvchi ratsionalizmga qarshi qo‘yadi. U bilish jarayonida “tug‘ma g‘oyalar”
konsepsiyasining ahamiyatini butunlay inkor qiladi. “Er yuzida butun boshli 
xalqlar biz bilgan xudo haqidagi tushunchalardan xabardor emas, bolalar, aqli 
zaiflar esa, mantiq qoidalarini deyarli bilmaydi. Xo‘sh, u holda tug‘ma g‘oyalarning 
mavjudligini qanday isbotlash mumkin. Insonda tug‘ma g‘oyalar emas, bilish 
imkoniyati mavjud, ammo bu konsepsiyaning paradoks jihati shundaki, inson 
o‘zidagi mavjud bu g‘oyalarni o‘zi bilmaydi” deya takidlaydi Lokk. 
Ratsionalizmga qarshi o‘laroq Lokk, inson aqlini toza qog‘ozga o‘xshatadi: undagi 
bilimlar faqat tajriba asosidagina to‘planadi. Lokkk qarashlariga ko‘ra falsafaning 
asosiy metodi tajribaga tayanishi kerak.
Ingliz empirizmining yana bir vakillaridan biri Djordj Berkli empirizm 
g‘oyalarini Lokk qarashlaridan farqli, o‘ziga xos tarzda talqin qiladi. Berkli Lokk
taklif qilgan birlamchi va ikkilamchi sifatlarni empirik yo‘l bilan ajratib 
bo‘lmasligini ta’kidlaydi. Bizning sezgilarimizdan tashqaridagi moddiy jismlarni 
bilish empirizmning imkoniyati doirasida emas, biz faqat kombinatsiyaga kirisha 
oladigan mavjud narsalarni, ya’ni sezgilarimizniing kompleksinigina bila olamiz.
Berklining ushbu qarashlari faqat seziladigan narsalargina mavjud degan xulosani 
keltirib chiqaradi. Unga ko‘ra olam hissiz, ta’msiz, hidsiz, rangsiz
substansiyalardangina iborat, ularni hissiy sezgilarimiz yordamida bilamiz. 
Berklining bu qarashlari keyinchalik mexanik materializm g‘oyalarining vujudga 
kelishiga imkon yaratdi.
Ingliz empirizmining yana bir yirik namoyondalaridan biri, - David Yum.
Uning nomi mumtoz falsafada empirizmning mantiqiy imkoniyatlarini tugatilishi 
bilan bog‘liq. Yum o‘z etiborini Lokk taklif qilgan empirizmning chuqur tahlil


116 
qilishga qaratadi. Keyinchalik Yumning izdoshlari uni tanqid qilarkanlar o‘zlari, 
tajribada o‘rnatilgan qat’iy chegaraga amal qilmadilar. Ular ilgari surgan 
empirizm metafizikaga, yoki Berkli nazarda tutgan materialistik spiritualizmga
aylanib ketdi. Yumga ko‘ra ayni shu jihat Lokk empirizmining asosiy kamchiligi 
edi. Yum Lokk empirizmining metafizikaga aylanib ketishiga sabab qilib, tajribada 
o‘rganilishga imkoni bo‘lmagan ikki tushunchani, ya’ni sababiylik va substansiya 
tushunchalarini keltiradi.
Sababiylikni empirizmning prinsiplariga asoslangan xolda, moddiy va ruhiy 
olam hodisalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni keltirib chiqaruvchi tushuncha 
sifatida tadqiqot doirasidan olib tashlash lozim. Sababiylikka bog‘liq tajriba -
muayyan vaqtdagi biror hodisalarning ketma ketliginigina o‘rganadi, u aynan bir 
hodisa ikkinchisini yaratishini to‘la isbotlab bera olmaydi. Shu bois sababiylik
ob’ektiv emas, sof sub’ektiv holat bo‘lib, tafakkur yuritishning odatlanib qolgan 
shaklidir. Aynan shu odatlanish shakli narsa va hodisalar o‘rtasidagi mantiqiy 
bog‘liqlik zarurati haqidagi yolg‘on illyuziyalarni keltirib chiqaradi, tajribada esa, 
bu bog‘liqlikni isbotlab bo‘lmaydi. Yumning inson aqlining imkoniyatlariga 
nisbatan skeptitsizmi asosan metofizik qarashlarga qaratilgan edi. U Nyuton 
fizikasini yoqlarkan, faqat tajriba natijasida egallangan bilimlargina qadr qiymatga
ega ekanligini takidlaydi.
XVIII asrda Evropada yuzaga kelgan ijtimoiy-falsafiy qarashlar
ma’rifatparvarlik falsafasi sifatida keng tarqaldi. Fransiyada ma’rifatparvarlik keng 
ijtimoiy, madaniy, siyosiy harakat sifatida XVIII asrning o‘rtalarida vujudga keldi, 
xamda mutlaq manarxiya oqibatida yuzaga kelgan inqirozlar bois 1774-1789 
yillarda burjua inqilobi va 1793-1794 yildagi yakonbinchilarning diktaturasi 
oqibatida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Bu davr faylasuflarining
g‘oyalaridagi xilma- xillikka qaramay, ularni insoniyat taraqqiyoti markaziga ilm 
ma’rifatni qo‘yish, ratsionalizm kabi tendensiyalar birlashtirib turardi. Fransuz 
faylasuflaridan biri Gelvetsiy aytadi: “insoniyatning barcha musibatlarining asosiy 
sababchisi bu johillikdir”. (sm 23, 278).
Inson ofat va musibatlardan faqat ilm-marifat yordami bilangina xalos bo‘la 
oladi. insonning mayog‘i bo‘lgan aqlda ham “yashirin, uzluksiz inqiloblar” yuz 
beradi hamda johillik barham topa boshlaydi. Marifatparvarlik dunyoqarashining 
asosiy xususiyatlari biri bu ratsionalizm bo‘lib, unga ko‘ra tabiyat va tafakkur 
qonuniyatlari o‘zaro aynanlashtiriladi. Ushbu tamoyil qisman Dekart 
ratsionalizmiga asoslangan, hamda u keyinchalik Gegel panlogizmida ham o‘z 
aksini topadi. Ammo Dekart, Gegel va marifatparvarlarning ratsionalizmining 
umumiy jihati shundaki, unga ko‘ra mexanikaning sodda, mantiqiy qonuniyatlari 
borliqning umumiy, yaxlit qonuniyatlariga muvofiq keladi. Oldingi asrlardanoq 
etakchi fanga aylanib ulgurgan mexanika astranomiya, matematika bilan qo‘shilgan 
holda o‘sha davrdagi ilg‘or faylasuflarning asosiy mashg‘ulotiga aylandi. Mexanika, 
matematika va mantiq uchligi XVIII asr ratsionalizmining asosi sifatida etirof 
etildi.
Gobbsga ko‘ra jamiyat mexanika qonuniyatlarining ijtimoiy hayotdagi 
mahsuli sifatida baholanadi. Golbax esa tabiat qonunlarini insoniyat tafakkurining 


117 
muallimi va mezoni deya talqin qiladi. Johillik, omilik nafaqat illat sifatida, balki 
tabiat, jamiyat taraqiyotiga g‘ov, to‘siq deya qoralanadi. Biroq deistlar ham 
materialistlar ham bu borada turlicha yondashuvga ega. Ularning biri uchun olam 
tartiboti yaratuvchining irodasi bilan bo‘lsa, ikkinchi tomon uchun esa, borliqdagi 
tartibot tabiat qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu konsepsiya: birinchidan inson oliy tafakkur in’om etgan aqlga ko‘ra 
borliqni anglaydi degan qarashni o‘zida aks etiradi. Spinoza bu konsepsiyani 
moddiy substansiya sifatida talqin qilgandi. XVIII asr ma’rifatparvarlarining 
xulosalariga muvofiq esa, olam oqilona strukturaga ko‘ra yaralgan bo‘lib, tabiat va 
tafakkur qonunlari aynandir. Tabiat va jamiyatdagi kauzal, tasodifiy hodisalar ham 
mantiqiy asosga ega. Demak olamni nafaqat aql yordamida mutlaq bilish, balki uni 
intuitiv his qilish ham tan olinadi.
XVII asr ratsionalistlaridan farqli o‘laroq fransuz marifatparvarlarining 
qarashlarida tafakkurdan tabiatga qarab emas, aksincha tabiatdan tafakkurga qarab 
rivojlanish kuzatiladi. Bu borada Didro va Gelvetsiyning qarashlari sensualizmni 
inkor qilmaydi. Inson tabiat tomonidan unga berilgan sezgi organlari yordamida 
borliqni anglaydi. SHu bois u tabiatdan o‘rnak olmog‘i kerak. Bu harakat esa tom 
ma’nodagi donishmandlik sanaladi. tabiatning o‘zi aqlli emas, biroq u aqlli 
mavjudotlarni yaratadi. “Falsafiy qarashlarga qo‘shimchalar” asarida Didro diniy 
e’tiqod va tabiat oqilonaligi bir-biriga muvofiq kelmaydi, chunki tabiat jonli emas, 
biroq u oqilona tartibotga ega: insonning baxtli bo‘lishga intilishi tabiat qonunlariga 
muvofiq keladi deya ta’kidlaydi.
Yuqoridagi fikrlardan shuni kuzatish mumkinki, tabiat qonunlarini xuquqiy 
darajasigacha ko‘tarish tendensiyasi kuzatiladi. Boshqacha qilib aytganda
ma’rifatparvarlar tabiiy, adolatli, ratsional qonunlarni yaratish g‘oyasini ilgari 
surishadi. Bu g‘oyalar o‘zida naturalistik orientatsiyaga tayangan, gnoseologik 
optimizmni ifoda etadi. Xatto Volter hamda Russoning ilm-m’arifatni sof nazariy 
aql mahsuli ekanini ta’kidlovchi deistik qarashlari ham, ma’rifatparvarlik 
g‘oyalarining yaxlitligiga putur etkazmaydi.
Tanqidiy ruhdagi ma’rifatparvarlik g‘oyalari garchand XVIII asr o‘rtalarida 
Fransiyadagi inqilobiy hayotga muvofiq kelmasada, ma’rifatparvarlar ratsionallikka 
asoslangan o‘z qarashlarini kun kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida yuzaga 
chiqishiga ishonganlar. Mohiyatan olib qaraganda ma’rifatparvarlik falsafasi asosan 
siyosiy g‘oyalarni o‘zida aks ettirib, o‘z davrining ijtimoiy hodisalariga tanqidiy 
nuqtai nazardan baho berarkan, ushbu inqirozlardan faqat ilm ma’rifat yo‘li 
bilangina xalos bo‘lish mumkinligini ta’kidlashadi. Avvalambor ushbu qarashlar 
tasavvurda qotib qolgan spekulyativ, dogmatik metofizikaga ham qaratilgan edi. 
Xususan Didro, Volter, Gelvetsiyning antispekulyativ sensualizmi o‘zidan oldingi 
davrdagi ratsionalistik qarashlardan birmuncha farq qiladi. Ayniqsa bu borada Lokk, 
shuningdek Nyuton mexanikasining ta’siri ancha sezilarli. O‘sha davrda ijtimoiy 
hayot xamda tafakkurda yuz bergan inqiloblar falsafiy dunyoqarashni mutloq 
boshqa o‘zanga burib yubordi. Xususan bu davrda diniy mutaassiblikka qarshi 
o‘laroq, falsafada materialistik yondashuvlar etakchi o‘ringa ko‘tarildi. Ayniqsa 
Didro, Golbax kabi faylasuflarning qarashlari o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. 


118 
Masalan Golbax: “materiya va harakatning yaxlitligi olamning paydo bo‘lishidan 
ko‘ra, kishilik jamiyatining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan..”- , deb yozadi. Bir 
so‘z bilan aytganda marifatparvarlar kishilik jamiyati va ilm-fan taraqqiyotini 
yoqlaydilar, biroq bu taraqqiyot ayrim biologik elementlarni hisobga olmaganda sof 
mexanik axamiyat kasb etadi. Ular Nyuton mexanikasini olamning hamma 
hududiga mutlaq, birdek ta’sir o‘tkazadigan tabiiy va ijtimoiy borliqning 
fundamental asosi haqidagi yakuni xulosa sifatida talqin qiladilar. Masalan, 
ma’rifatparvar faylasuflardan biri Lametri: “ijtimoiy munosabatlar bu axloqiy 
munosabatlardir, axloq esa, Nyuton mexanikasining uzviy davomi. U organizmlar 
munosabatidan ko‘ra, ijtimoiy munosabatlarga ko‘proq muvofiq keladi”, deya 
uqtiradi.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlari Germaniyada dastlab adabiyot 
san’at, keyinchalik esa ijtimoiy siyosiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda falsafiy
qarashlar keng taraqqiy etdi. Ijtimoiy boshboshdoqlikka barham berish istagi 
hamda o‘zgarishlarga moyillik Germaniya jamiyatida o‘ziga xos yangicha 
madaniyatni taraqqiy etirishga imkon beruvchi barqaror ma’naviy muhitni yaratdi. 
an’analar, diniy qadriyatlarga sodiqlik ruhiga qaramay , xurfikrlilik, 
ma’rifatparvarlik kabi g‘oyalar olmon jamiyatining ijtimoiy hayotiga kirib bordi.
Madaniy g‘oyaviy o‘zgarishlar Gete, Shiller, Lessing, Kant kabi shoir va 
faylasuflarning ijodida aks etdi. Bu ma’noda olmon mumtoz falsafasining 
asoschilaridan biri Immanuil Kantning (1724 1804 yillar), g‘oyalari muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Kant falsafasi ma’rifatparvarlik g‘oyalarining tanqidi va yakuni sifatida
baholanadi. Kantning falsafa tarixidagi o‘rni XIX - XX asrlardagi falsafiy 
qarashlar aynan uning g‘oyalari asosida rivojlanganligi bilan ham axamiyatli 
sanaladi. Kantning ijodi shartli ravishda ikki bosqichga: tanqidgacha va tanqidiy
davrlarga bo‘lib o‘rganiladi. Tanqidiy davrgacha bo‘lgan bosqichda Kant ijodi
tabiiy ilmiy va naturfalsafiy xarakterga ega. Aynan shu bosqichda uning 
“Osmonning umumiy, tabiiy tarixi va nazariyasi” nomli traktati yoziladi. Ushbu 
traktatda bayon qilingan nazariyalar keyinchalik Kant va Laplas nazariyasi sifatida
shuxrat qozonadi. Kant ijodining ikkinchi bosqichini tanqidiy deya nomlanishi, 
uning, falsafaning vazifasiga nisbatan yangicha yondashuvni ilgari surishi bilan 
izohlanadi. Faylasuf har qanday dogmatik qarashni tanqidiy baxolashi lozimligini 
ta’kidlaydi. Kant o‘zidan oldin qarama- qarshi pozitsiyada bo‘lgan ratsionalizm va 
empirizm g‘oyalarini o‘ziga xos tarzda sintez qildi. U har ikkala yo‘nalishning o‘zi 
ijobiy deb bilgan tomonlarini birlashtirib, keraksiz jihatlarini rad etdi. U 
empiriklarning aql tajribaga tayanishi kerak degan mulohazalarini yoqlaydi, lekin 
ularning inson aqli dastavval oq qog‘ozga o‘xshatilishini inkor qiladi. Kant 
ratsionalistlarning “tug‘ma g‘oyalar” haqidagi qarashlarini ham tanqid qiladi. U 
tug‘ma g‘oyalar o‘rniga, aprior bilimlar tushunchasini qo‘llaydi. Aprior bilimlar 
o‘ziga xos tafakkur va mushohada shakli bo‘lib, ular ob’ektga emas, sub’ektga 
tegishli. Ular hissiy idrok va aqliy bilish strukturasiga mos xarakterga ega. Aprior 
bilimlar hech qachon “narsa o‘zida”da mavjud emas. SHu sabab ham ular “tug‘ma 
g‘oyalar” bo‘la olmaydi.


119 
Kantning qarashlari o‘zidan keyingi Evropa, ayniqsa Olmon falsafasiga katta 
ta’sir ko‘rsatdi. Kantning izdoshlari u ko‘targan muammolarni yanada aniqroq 
bayon qilishga uning kamchiliklarini izohlashga xarakat qildilar bunga misol 
tariqasida I. Fixtening (1762 - 1814 yillar) qarashlarini keltirib o‘tamiz. Uning 
1792 yilda e’lon qilingan “Har qanday vahiyning tanqidi” ocherki Kantning “Sof 
aqlning tanqidi” nomli asaridan ta’sirlanib yozildi. Fixtening mazkur ocherkini 
Kantning o‘zi e’tirof etadi.
Kantning aprior bilimlar shakliga ega bo‘lgan transsendental sub’ekt g‘oyasi
falsafaning borliq haqidagi nazariyalarini ong ontologiyasi sifatida baxolashga 
imkon yaratdi Fixte Kant falsafasining aynan shu tomoniga etibor qaratdi. U Kant 
metafizikasida uchraydigan dualistik elementlarni tanqid qiladi va “narsa o‘zida” 
g‘oyasini qabul qilmaydi. Fixte Kant metofizikasini dialektik yo‘l bilan tahlil
qilishga urunadi. Keyinchalik bu urunish Shelling va Gegel tomonidan tanqidga 
uchraydi.
Fridrix Shelling (1775 - 1854 yilllar) olmon idealistik maktabi vakillaridan 
biri. Leybsik universitetida tabiiy fanlar va falsafadan ta’lim oladi. 1800 yilda e’lon 
qilingan “transsendental idealizmning tizimi” nomli asari unga katta shuxrat 
keltiradi. Shelling tabiat va ruh aynanligi prinsipiga tayanadi. Unga ko‘ra tabiat 
ham, ruh ham mutloqlik, yoki xudoning turlicha namoyon bo‘lish shaklidir. 
Shelling falsafasi Kantning transsendentlik haqidagi qarashlari bilan sug‘orilgan, 
Bruno va Spinoza panteizmining qayta ishlangan shakli edi. Tabiat va ruhning
aynanligi azaldan mavjud bo‘lib, u bizning sezgilarimizga ko‘ra farqlidir. Bizga 
namoyon bo‘layotgan reallik va ideallik bir xil mohiyatga ega. Shelling 
falsafasidagi tabiat va san’at, naturfalsafa va falsafaning g‘oyat yaqinligi 
zamondoshlari, ayniqsa F.Gegel tomonidan adabiyot va fan funksiyalarini 
chalkashtirilishi sifatida tanqid qilindi.
Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770 - 1831 yillar) Tyubingen
universitetining ilohiyotshunoslik fakultetida ta’lim olgan. U Shelling bayon 
etishga urungan mutloq ruhning san’atda namoyon bo‘lishi g‘oyasiga tayangan real 
va ideallikning aynanlik prinsipini tanqid qilib, san’at modelining o‘rniga fan 
modelini qo‘llaydi hamda mutloq ruhning namoyon bo‘lishini mantiqiy jarayon 
sifatida ko‘rsatadi. Haqiqat mavjud bo‘lgan haqiqiy shakl faqat fandagina 
namoyon bo‘ladi. Ushbu qarashlar Gegelga inson ongining barcha sohalarini 
qamrab oladigan ulkan falsafiy tizim yaratishga imkon berdi. Klassik e’tiqod 
shakllarini falsafaning ta’riflash predmetiga ajratarkan Gegel, uning mantiqiy 
harakatini mutloq ruhga muvofiqligini ko‘rsatadi. Narsalar o‘z asosiga ko‘ra 
fikrdir, ya’ni barcha mavjid narsalar aqlga muvofiqdir, barcha aqlga muvofiq 
narsalar mavjuddir, yoki boshqaa qilib aytganda g‘oya bu haqiqatdir, barcha 
haqiqatlar esa, g‘oyadir. Mutloq ruh namoyon bo‘lishining har bir bosqichi o‘ziga 
xos mazmunga ega, san’at ham, din ham uni to‘la aks ettira olmaydi, faqat sof 
aqldagina u to‘la namoyon bo‘ladi.
Insoniyat tarixini katta ko‘lamda tizimli talqin etilishi Evropa madaniy 
hayotiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi. Shuning bilan bir qatorda , o‘zida ratsionalizm 
prinsiplari, sub’ekt va ob’ektning o‘zaro qarama-qarshi konsepsiyalarini


120 
mujassamlashtirgan Gegel ta’limoti Evropa mumtoz falsafasining yakunlovchi 
bosqichi ham edi. Gegel qarashlarining tanqidi Evropada o‘ziga xos noklassik
falsafiy yo‘nalishlarni yuzaga chiqardi.
Gegel g‘oyalari katta mavqeyga ega bo‘lgan davrlardayoq unga tarafdor 
bo‘lmagan, qarashlarini keskin tanqid qilgan faylasuflar paydo bo‘ldi. Bular olmon 
faylasufi Artur Shopengauer va Daniyalik faylasuf Seren Kerkigor edi. Ularning 
ilgari surgan g‘oyalari mumtoz falsafaning prinsiplaridan tubdan farq qilib, unda 
inson borlig‘ining mohiyati, uning olamdagi o‘rni, o‘lim va hayot, inson 
hayotining ma’nosi kabi muammolar o‘rtaga tashlandi va Evropada keyinchalik bu 
yo‘nalish postklassik falsafa nomi bilan keng tarqaldi.
Shopengauer (1788-1860 yillar) olmon faylasufi. Shopengauer Evropada 
keng yoyilgan zamonaviy falsafaning asoschilaridan biri sanaladi. 1818 yilda 
uning mashxur asari “Olam iroda va tasavvur sifatida” nomli asari yoziladi.
Shopengauerning nuqtai nazaricha olam insonga iroda va tasavvur sifatida 
namoyon bo‘ladi. Iroda bu - Kant nazarda tutgan “narsa o‘zida bo‘lib”, u
borliqning azaliy ibtidosidir. O‘z tabiatiga ko‘ra qandaydir kosmik, biologik kuch
tasavvur sifatida olam insonning ongida aks etadi, oqibatda zamon, makon, sub’ekt 
ob’ekt alohida narsalarning turfa xiligi hamda ular o‘rtasidagi sababiy 
bog‘lanishlar vujudga keladi. Bularning bari inson aqli, idroki o‘z aprior shakliga 
ko‘ra shunday yaratilgan. Bu olamda inson mutloq irodaning ixtiyoridadir, u borliq 
qonunlarini anglashi, unga moslashib yashashi uchun insonga intelekt bergan. 
Insoning hayoti, mavjudligi qanchalik bema’no bo‘lmasin, mutloq iroda uni 
yashashga majbur qiladi. Shopengauer yangi davr falsafasiga birinchilardan bo‘lib
pessimizm ruhini olib kiradi, biroq, XIX asrning birinchi yarmida avj olgan 
iqtisodiy, madaniy, ta’lim sohalaridagi taraqiyot bois uning g‘oyalariga etarlicha 
etibor berilmaydi.
Seren Kerkigor (1813 - 1855 yillar) Daniyalik faylasuf, huddi Shopengauer 
kabi uning qarashlari ham o‘z davrida etirof etilmagan. U o‘zining “YOki yoki” 
asarida inson shaxsiyati bosib o‘tishi lozim bo‘lgan uch bosqich: estetik, axloqiy va 
diniy bosqichlarni ko‘rsatadi. Estetik bosqichda inson hissiy va jismoniy lazzat va 
farog‘at uchun yashaydi. Bu ma’noda u hayvonga, yana ham aniqroq qilib 
qaytganda aldov va yolg‘onlar bilan ovunadigan bolaga o‘xshaydi. Kerkegorning 
fikricha aksariyat kishilar hayotlari davomida bu bosqichdan chiqib ketolmaydilar. 
Axloqiy bosqichda inson o‘zining nafaqat jismdan, balki ruhdan ham iborat 
ekanligini anglaydi. Bu bosqichda u umidsizlik va azob chekadi, zotan umidsizlik,
inson mohiyatini anglashda zaruratdir. Inson kamoloti uchun axloqiy bosqichning 
o‘zi etarli emas, u e’tiqod bosqichida umidsizlikni keltirib chiqargan zarurat bilan 
kurashadi va o‘zi uchun imkoniyat topadi. Kerkegorga ko‘ra faqat chin ma’nodagi 
e’tiqodgina insonni umidsizlik va azob uqubatdan qutqaradi.
Shopengauer qarashlari ta’sirida shakllangan yana bir yirik faylasuflardan 
biri Fridrix Nitsshe (1844 - 1900 yillar) uning asosiy asarlari: “Fojianing musiqa 
ruhidan yaralishi”, “Quvnoq fan”, “Axloq gnoseologiyasi”, “Zardusht shunday 
degandi”.


121 
U o‘zining “Fojianing musiqa ruhidan yaralishi “ asarida qadimgi Yunon 
madaniyatini tahlil qilarkan, unda ikki ma’bud, Apollon va Dionis kulti o‘zaro 
qarama-qarshilikda bo‘lganligini aytadi. U ratsional, tizimli tartiblangan bilim 
ramzi sifatida Apollonni, irratsional, mistik bilimlar ramzi sifatida Dionisni 
ko‘rsatadi. Nitsshining fikricha fojiaviylik Dionis ruhidan yaraladi. Fojiaviylik, 
irratsionallik har qanday san’atning o‘zagi hisoblanadi. Nitsshe Evropa madaniyati 
inqirozini ratsionallikni hayoti instinktlar, irotsionallik, mistika ustidan qozongan 
g‘alabasi natijasida deb biladi. Nitsshe falsafasida ko‘tarilgan yana bir 
muammolardan biri, inson mohiyati muammosidir. U xristianlik dinining 
g‘oyalarini, shuningdek sotsializm va demokratiyani ham keskin tanqid qiladi.
Nitsshening fikricha aynan shu g‘oyalar hech narsaga qodir bo‘lmagan, shaxsiz
olomonning manfatlariga xizmat qiladi. Insoniyat hali ham hayvonlik xolatidan 
yuqoriga ko‘tarilmagan, undan faqat ayrim faylasuflar, avliyolar va ijodkorlar xalos 
bo‘lganlar. Buning uchun insoniyat ming yillardan buyon o‘rnatilgan qadriyatlar 
tizimini o‘zgartirishi, ularni qayta baholashi lozim deya ta’kidlaydi Nitsshe.
XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida tabiatshunoslik fanlarining 
nazariy taraqqiyoti natijasida, Spinoza va Feyerbaxning spekulyativ materializmi 
hamda Gegel, Fixte, Shellingning idealizmi jamiyat rivoji va fan sohalaridagi 
o‘zgarishlarni to‘la tushuntirib bera olmadi.
XVI XVII asr Evropa hayotida ulkan o‘zgarishlar asri bo‘ldi. Insonlarning 
hayot tarzi, qadriyatlar tizimi va dunyoqarashidagi tub o‘zgarishlar falsafada 
yangicha uslub va muammolarni keltirib chiqardi. Bu davrda falsafiy tafakkur 
yo‘nalishlarini belgilab bergan muhim xodisalardan biri bu - fan inqilobi edi.
Ushbu inqilob N. Kopernik, I. Kepler, Tixo Brage, G. Galiley kabi olimlarning 
kashfiyotlari bilan boshlanib, I. Nyutoning kashfiyotlari bilan yakunlandi.
Endilikda falsafa kechayotgan o‘zgarishlarning mohiyati va ko‘lamini qamrab 
olishi, xodisalar rivojini tushuntirib berishi, kishilarni yangicha olamga olib kirishi 
lozim edi. Bunda insoning tabiatga, jamiyatga, o‘z o‘ziga hamda xudoga bo‘lgan 
munosabati mutlaqo o‘zgacha ma’no kasb etdi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling