O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


XX-XXI asr G‘arb falsafasining oqimlari. XX-XXI asr G‘arb faylasuflari


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

XX-XXI asr G‘arb falsafasining oqimlari. XX-XXI asr G‘arb faylasuflari 
ijodida fan falsafasining rivoji. 
XX asrning yangicha ilmiy tarixiy yondashuvlari asosida materializmning 
“ilmiy materializm”, “antropologik materializm” kabi doktrinalari va spekulyativ 
idealizmning: “neorealizm”, “neotomizm” kabi yo‘nalishlari saqlanib qoldi.
Ayniqsa falsafa sohasida ushbu yo‘nalishlarning o‘zaro birlashish jarayoni 
kuzatilmasada, ularning o‘zaro diologi, sintezi tendensiyasi yuz berdi. XX asrda 
falsafa ssientizm va antissientizm kabi o‘zaro qarama qarshi yo‘nalishlarning
faoliyatida aks etdi. Ssientizm XIX asrda vujudga kelgan pozitivizmning mantiqiy 
davomi bo‘lib, uning g‘oyalari tabiiy fanlarning taraqqiyotiga qaratilgan. Unga 
ko‘ra ilmiylikning namunasi, zamonaviy fizika bilan belgilanadi. Biroq, zamonaviy 
fizika doirasida yuzaga kelgan “Nisbiylik” va “kvantlar” nazariyalari fizik 
ob’ektlarning ziddiyatli tabiatga ega ekanligini izohlovchi, yangicha ratsionalizmni 
vujudga kelishiga imkon berdi. Bu ma’noda ssientizm va antissientizmning
ilmiylik xaqidagi xulosalari nisbiy ahamiyatga ega, shuningdek, ratsionalizm va 


122 
empirizm, ratsionalizm va irratsionalizm kabi yo‘nalishlarni o‘zaro qattiy 
chegaralash o‘zini oqlamadi. Irratsionalizm gumanitar fanlarning o‘ziga xosligiga 
urg‘u beradi xamda, jamiyat, inson, uning madaniyati tuganmas ob’ekt ekanligini 
ta’kidlaydi.
XX asr falsafasi o‘zining ko‘p predmetli ekanligi bilan xam ajralib turadi. 
Undagi maktab va yo‘nalishlarning turfa xilligi zamonaviy fan va madaniyatning 
ko‘p qatlamliligini ko‘rsatadi. XX asr falsafiy yo‘nalishlarining tasnifiy 
muammosi batafsil, chuqur tahlil etilmagan, biroq shunga qaramay, tatqiqotchilar
quyidagi uchta guruhiy tasnifni keltirishadi: 1) tahliliy pozitivistik yo‘nalish; 
(mantiqiy pozitivizm, postpozitivizm), 2) ekzistensial fenomenologik yo‘nalish; 3) 
diniy falsafiy yo‘nalish; (neotomizm, neoprotestantizm, islom va budaviylik 
falsafasi).
Yuqoridagi tasnifdan ayrim yo‘nalishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
Tahliliy pozitivizm - tahliliy pozitivizmning asosiy maqsadi, fanning tili va 
tamoyillarini ishlab chiqishga qaratilgan. U ilmiy nazariyalarning mantiqiy 
strukturasi va fanning ahamiyatini tadqiq qiladi. Neopozitivistlar ilmiy 
mulohazalarning ahamiyatini ko‘rsatish, aniqlash maqsadida verifikatsiya 
prinsipini taklif qilishdi, keyinchalik mantiqiy pozitivistlar ushbu prinsipni 
“tasdiqlash” yoki “sinab ko‘rish” tamoyili sifatida qabul qilishdi. Unga ko‘ra biror 
bir mulohaza yoki faraz, tajribada sinab ko‘rilgandagina haqiqat sanaladi. Lekin 
mantiqiy pozitivistlar tajribani o‘ziga xos tor doirada talqin qilganlar. Bu ma’noda 
mantiq va matematika olimlar o‘rtasidagi o‘zaro konvensiya, ya’ni, kelishuv va 
hamjihatlikka asoslanadi. Keyinchalik ushbu g‘oyaga tayangan yangicha pozitivizm 
vakillari, bilimlarni unifikatsiya qilish tamoyilini ilgari surdilar va bu tamoyil 
bugungi kunda xam o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Ekzistensializm - pessimistik falsafa sifatida vujudga keldi. Ushbu yo‘nalish 
zamonaviy sivilizatsiya sharoitida, keskin qarama-qarshiliklar ichida inson 
mavjudligi muammosiga e’tibor qaratadi. Ekzistensializm yo‘nalishi vakillari: Karl 
Yaspers, Martin Xaydegger, Jan Pol Sartr, Alber Kamyu, Gabriel Marsel va 
boshqalar. Ekzistensializm XX asr dramatizmining falsafiy ifodasi, borliq va 
yo‘qlik, o‘lim va hayot o‘rtasidagi insonning qarashlari sifatida maydonga keldi. 
Uning markaziy muammolaridan biri bu insoning jamiyatdan begonalashuvi. 
Begonalashuv - ko‘p yoqlama tushuncha bo‘lib, u individning o‘zi ustidan 
hukmronlik qilayotgan bosimga qarshi faoliyat, davlat, turli mehnat tashkilotlari
ijtimoiy insitutlar, o‘zi kabi boshqa individlarga nisbatan isyon sifatida namoyon 
bo‘ladi. Ekzistensializm individning tashqi dunyodan begonalashuv holatini: 
qo‘rquv, befarqlilik, apatiya, yolg‘izlik kabi kechilmalarni chuqur tahlil qiladi.
Xaydeggerga ko‘ra, qo‘rquv, bezovtalik, xavotir inson va olamning sub’ektiv 
borlig‘ini tashkil etadi. Bu sub’ektiv borliq birlamchi bo‘lib, inson xatti-harakatini 
belgilaydi. Xaydegger “olamdagi borliq”, “boshqalar borlig‘i” kabi tushunchalar 
tizimini keltiradi. inson qachonki, jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ustanovkalardan 
voz kechgandagina ya’ni, o‘zini mangu emasligini anglagandagina borliq , 
mavjudlik tushunchasini xis qiladi. Yaspersga ko‘ra bu jarayon insonning o‘z 
individualligini izlashi bilan bog‘liq. Inson individualligi nafaqat fan, balki 


123 
falsafaning ham ob’ekti bo‘la olmaydi. Chunki, inson xatti-harakati mohiyatan “oliy 
iroda” xudo tomonidan xarakatlantiriladi. Inson ushbu individuallikni chegaradosh 
vaziyat, ya’ni o‘lim bilan yuzma-yuz kelgandagina xis etadi. Fransuz yozuvchisi 
Alber Kamyu esa, hayot yashashga arziydimi yo‘qmi degan savol qo‘yadi. 
Keyinchalik u inson hayoti bema’ni degan xulosaga keladi. Kamyu, Sartr, Marsel 
chegaradosh vaziyatlarni butun insoniyatga xos deb baholashadi. Bu ma’noda 
ekzistensionalizm vakilari glabal olamdagi keskinliklarni, individ va jamiyat 
orasidagi tarangliklarni yumshatish yo‘li bilangina insonga yordam berish mumkin
degan xulosani ilgari suradilar.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling