O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
1.Falsafaning fan sifatida mill.avv. VI asrda Yunonistonda shakllanishi va 
unda dunyoning asosi nimalardan iborat? 
2.Demokrit, Aflotun, Arastu falsafiy qarashlari haqida bayon eting. 
3.O’rta asrlardagi nominalizm va realizm oqimlarining ta’limotlari haqida 
so’zlang. 
4.Uyg’onish davridagi fan taraqqiyoti haqida nimalar deya olasiz? 
5.XVII asr G’arbiy Yevropa falsafasi haqida bayon eting. 
6.XVIII asr frantsuz faylasuflarining qarashlari haqida so’zlang. 
7.Nemis klassik falsafasining yirik namoyondalari kimlar? Ularning falsafiy 
g’oyalari nimalardan iborat? 
8.XX asr falsafasi, uning oqimlari, xususiyatlari haqida so’zlab bering. 
 
4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi 
 
Borliq tushunchasining tahlili. Borliq falsafiy bilimlarning alohida sohasi 
bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudli k muammolariga doir 
masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan 
barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. Umum qabul qilingan falsafa tilida u 
Ontologiya deb ham ishlatiladi. «Ontologiya» atamasi (yunoncha ontos – borliq, 
logos – so‘z, talimot), borliq haqidagi talimot degan manoni anglatadi, ilmiy 
kategoriyasi sifatida falsafada XVII asrdan beri qo‘llanilmoqda. Ontologiya har 
qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga 
kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk 
urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan 
narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita 
boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Mifologiyaning bosh 
vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni, falsafa «borliqning 
nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va qaerga yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish 
bilan shug‘ullanadi. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha 
zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar: 

falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima? 


124 

bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin? 

unga qanday falsafiy mano yuklanadi? 
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning 
etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. «Borliq» falsafiy kategoriyasi 
dunyoning ayniqsa keng tarqalgan tillarida ayni bir mano – «bo‘lish», «mavjud 
bo‘lish», «hozirlik», «hozir bo‘lish», «mavjudlik» manolarini anglatadi. Jahonning 
aksariyat tillarida yuqorida sanab o‘tilgan va mano jihatidan unga yaqin fellar 
negizini tashkil etadigan «bo‘lmoq» feli, o‘zining bevosita manosidan tashqari, 
yordamchi fel sifatida ham faol ishlatiladi. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki 
mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom 
manoda universal fel (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o‘zbek tilida 
- «bo‘lmoq», «bor», ingliz tilida – is, nemis tilida – ist va h.k. 
Shunday qilib, «borliq» va «yo‘qlik» kategoriyalarining o‘ziga xosligi, 
betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy manosi 
tavsiflanadigan turli tillarda ular «bo‘lmoq» felidan (yoki uning inkoridan) hosil 
bo‘lgan tushunchalar hisoblanadi va narsaning o‘zini emas, balki uning mavjudligi 
yoki yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, stol bor, yomg‘ir yo‘q, oqlik bor, aks yo‘q, 
miya bor, g‘oyalar yo‘q va h.k.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling