O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Borliq va yo‘qlik dialektikasi. Falsafa tarixida birinchi bo‘lib Parmenid 
«Borliq bor, yo‘qlik esa – yo‘q»,degan fikrni ilgari surgan. Binobarin, yaxshi, 
yomon, to‘g‘ri, noto‘g‘ri, quvnoq, sho‘r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga 
o‘xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir 
koordinatalar tizimiga joylashtirib bo‘lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. 
Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday voqelik ega bo‘ladigan umumiy, 
universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa 
amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarish 
imkonini beradi.
«Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan 
tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, 
yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (yani amalda mavjud 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda «yo‘qlik» atamasi ayni 
shu manoda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas, 
deyiladi. Lekin sof falsafiy manoda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va 
yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan 
Olam bo‘shliqdan bino bo‘lgan. Bo‘shliq materiyaning alohida holati. Bo‘shliq fizik 
borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi, zero 
unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda 
aktual tarzda hech narsa yo‘q
1
.
1
Қаранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, гносеология, логика 
и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – С.93. 


125 
Yana shuni ham etiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) 
nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u 
rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning Cheksiz
sonidan tashkil topadi. Shu manoda borliq va yo‘qlikning o‘zaro aloqasi ham nisbiy 
xususiyat kasb etadi. (bu fikr qadimgi mifologiyada olamning xilma xilligi g‘oyasi 
bilan uyg‘un). 
Ikkinchidan, amalda mavjud bo‘lgan narsaning obektiv borlig‘i yo‘qlikka 
chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, yani u muayyan narsa 
sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa ongda mavjud bo‘ladi va o‘zining «ikkinchi» 
borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki obektning nusxasi, ideal obrazi bo‘lib 
qoladi.
Shunday qilib, o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir, deb aytish mumkin. 
Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini 
namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo‘lish imkoniyatiga ega 
bo‘lsa, agar u potensial, yani axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‘lishi 
obektiv rivojlanish mantig‘i bilan belgilangan bo‘lsa. Amalda yo‘q bo‘lgan narsa 
haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz 
tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‘tmishga tatbiqan biz 
borliq haqida faqat shu manoda so‘z yuritishimiz mumkin.
Ayni shu manoda biz g‘oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki 
o‘zimizga yaqin odamlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz, bunda ular yo‘qlikka 
aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‘zgacha borliq kasb 
etganini nazarda tutamiz.
SHunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-
barangligi va turli-tuman namoyon bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish 
imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar o‘z xususiyatlari, xossalari 
bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo‘lmish insonni 
bilish yo‘lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-
barangligi, turli darajalari, ko‘rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar 
haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar tizimsi belgilanadi. Buning uchun 
mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy 
kategoriyalar muomalaga kiritiladi.
Inson o‘zi va umuman dunyo haqida o‘ylar ekan, odatda muayyan narsalar va 
ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko‘radi. Ayni vaqtda u o‘zini qurshagan dunyoni 
sinchiklab o‘rganish va uning butun rang-barangligini tushunib etish uchun 
muayyan tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-
shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, 
masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o‘rta 
asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan 
ongli inson amal qilganini ko‘ramiz.


126 
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‘xtab qolmagan va o‘zini 
qurshagan borliqning ko‘p sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha 
narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli 
voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga 
harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning ko‘p sonli turli-tuman 
shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo‘lgan bir nechtasini farqlash imkonini 
beradigan tajriba va bilim to‘pladi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling