130
mavjudligi Xudoda mujassamdir. Xudo borligi to‘g‘risidagi ontologik dalilning
shiorlaridan biri ana shundan iboratdir. Unga ko‘ra, butun dunyoni bir joyga
bo‘ysunish, quyi va oliyning subordinatsiyasiga asoslangan
ierarxik tuzilmalar
qamrab olgan. Bunda inson ruhi va ilohiy asosning o‘zaro tasiri masalasi bosh
muammoga aylanadi.
Foma Akvinskiy ontologiyasida
borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda
mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, yani substansiyadir.
Foma Akvinskiy
imkoniyat va
voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda
materiya
va
shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi.
Bunda materiya imkoniyat
sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g‘oyalaridan
foydalanib, din haqidagi talimotni ularga to‘la bo‘ysundiradi. Materiya shaklsiz
mavjud bo‘lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning shakli» - Xudoga
bog‘liqdir. Xudo esa sof manaviy mavjudot. Shaklning
materiya bilan birikuvi
moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir.
Unga shakl faol tus beradi. Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o‘z-o‘zidan
ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo‘lgan narsalar orqali
isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi
zamon katolik cherkovi ham
foydalanuvchi o‘z dalil-isbotini taklif qiladi. Demak, o‘rta asrlarning borliq
muammosi teotsentrik xususiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: