O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy
Download 5.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019
Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy “Fuqarolik siyosati” va “Fozil
shahar odamlari” asarida borliq va uning ibtidosi masalasi haqida fikr yuritadi. Forobiy borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq va donishmandlik ifodasi. “Vujudi mumkin” esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. “vujudi vojib“ yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U “Fuqarolik siyosati” asarida borliqni olti darajaga bo‘ladi: 1. Birinchi holatdagi sabab. 2. Ikkinchi holatdagi sabab. 3. Uchinchi holatdagi aqli faol. 4. To‘rtinchi holatdagi instinkt. 5. Beshinchi holatdagi shakl. 6. Oltinchi holatdagi materiya. Forobiy bu darajalarning har biriga tarif beradi. Keyin u “uchinchi aql” - aqli faolni tariflaydi. Unga ko‘ra, aynan “aqli faol”ga ko‘ra, insonning tabiiy, manaviy va ruhiy hayoti shakllanadi. 131 Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi talimotidan foydalangan. Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini echishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, er, suvni; shuningdek minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab o‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning obektiv mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli tasir ko‘rsatdi. Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” yani Ollohdir. Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo‘rin. Chunki birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma xil jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi 1 . Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga bog‘liq. U yagona, abadiy mohiyat. Unda kamchilik va qusurlar bo‘lishi mumkin emas. Vujudi vojib doimiy faol, unda toliqish sustlik bo‘lishi mumkin emas. Vujudi vojib vujudi mumkinning yaratuvchisi. Vujudi mumkinning ichki mohiyati harakat bilan bog‘liq. Ibn Sinoning borliq haqidagi qarashlari keyingi mutafakkirlar ijodiga ijobiy tasir ko‘rsatdi. Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling