www.guldu.uz.
E-mail: glsu_info@edu.uz
№ ________________ “___”___________2022-yil
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vaziri o‘rinbosari
R.Xakimovga
Hurmatli Raximjon Rasuljonovich!
Universitet ma’muriyati Sizning, 2022-yil 14-noyabrdagi 3/19-1/17-170-sonli xatingizga javoban Guliston davlat universitetidan ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan olima ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotlarnini taqdim etmoqda.
Ma’lumot ilova qilinadi
Rektor M.T.Xodjiyev
Ijrochi: Z.Zikriyayev
Tel.: 67-225-38-01
Guliston davlat universitetidan ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan olima ayol to‘g‘risidagi
MA’LUMOT
№
|
F.I.SH
|
Ilmiy daraja, unvon
|
Erishgan natijalari
|
1.
|
Qayumova Shohsanam To‘lqin qizi
|
Guliston davlat universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti
|
2017-yil O’zbekiston Respublikasi bakalavrlar uchun ta’sis etilgan Islom Karimov Davlat stipendiyasi sohibasi;
2018-yilda The First International Uzbekistan State World Languages University Model United Nations xalqaro konferensiyada faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan;
2018-yilda O’zbekiston chet tillar asotsatsiyasi tomonidan o’tkazilgan “Innovation in Education Cluster Forum 2018” forumida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan;
2019-yilda Westminister xalqaro universiteti, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan “Tashkent International Model united Nations Conference”da faol qatnashganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan;
2019-yilda “Xalq taʼlimida modernizatsiya, TIMSS xalqaro baholash dasturi” mavzusidagi ilmiy maqolasi Rossiya Federatsiyasining «Студенческий вестник» №48(98) nomli xalqaro ilmiy jurnalida eng yaxshi maqola deb topilib Sertifikat bilan taqdirlangan;
2020 yilda Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan “Солнечный Свет” xalqaro internet-olimpiadasida “Основы педагогики” bo‘yicha 1-o‘rin Diplomi bilan taqdirlangan;
2020 yilda Аbdulla Аvloniy nomidagi Xalq taʼlimi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy tadqiqot institutining Ingliz tili o‘qituvchilarini qayta tayyorlash kursida tahsil olib, “Developing speaking skills through pictures” mavzusidagi bitiruv ishi DАKda aʼlo bahoga loyiq deb topilib ingiliz tili o‘qituvchisi maqomida Diplom bilan taqdirlangan;
|
Do'stlaringiz bilan baham: |