O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.1-rasm. Jahon metallurgiyasi.
Nazorat savollari:
1. Shisha ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntirib bering. 2. Shishaning tuzilishi tariflang. 3. Shishaning turlarini sanab bering. 4. Bezash oynasi haqida nimalarni bilasiz. 5. Shisha buyumlar va konstruksiyalar deganda nimani tushunasiz. 6. Shlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar haqida ma’lumot bering. 12-MAVZU: METALLURGIYA JARAYONI TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR Tayanch so‘z va iboralar: metallurgiya, oquvchanlik, prokatlash, yeyilish, kukun material, texnologik xossalar, detallar, sharli tegirmon, kukun metallurgiyasi, bimetallar, g’ovsk materiallar, metal qotishmalar, zagatovkalar, detal va buyumlar olish protsessi, mo’rt qattiq materiallar. 12.1. Metalurgiya jarayoni Kukun metallurgiyasi usullari bilan suyultirilganda bir-birida erimaydigan metallardan, shuningdek qiyin eriydigan va o‘ta toza metallardan qotishmalar olish mumkin. Kukunli metallurgiyada zagotovkalar, shuningdek, aniq o‘lchamli turli detallar tayyorlanadi. Kukunli metallurgiya g‘ovak materiallar va ulardan detallar, shuningdek, ikkita (bimetallar) yoki turli metallar va qotishmalarning bir necha qatlami ko‘rinishidagi detallar tayyorlash imkonini beradi. 108 12.1-rasm. Jahon metallurgiyasi. Kukunli metallurgiya usullari otashga chidamliligi, eyilishga chidamliligi yuqori, qattiqligi katta, belgilangan barqaror (magnit xossali, shuningdek aloxida fizik-ximiyaviy, mexanik va texnologik xossali - detallar olish imkonini beradi. Bunday detallarni quyish va bosim otsida ishlash yo’li bilan olish mumkin emas. Kukun materiallardan detal va buyumlar olish protsessi metall kukunini tayyorlash, ulardan shixta tuzish, presslash, zagotovkani pishirishdan iborat. Metall kukunlari mexanik va fizik-ximiyaviy usullar bilan olinadi. Mexanik usullarda kukunlar qattiq metallarni maydalab, suyuq metallarni esa ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmasdan to‘zitib hosil qilinadi. Mo‘rt qattiq materiallarni maydalash uchun sharli, uyurma va vibratsion tegirmonlardan foydalaniladi. Ishlov beriladigan material po‘lat yoki chuyan sharlarning zarbiy yoki ishqalozchi ta’siri bilan maydalanadi. Metall kukunlarni mexanik usullar bilan olishda ularning ifloslanishini hisobga olish zarur. Sharli tegirmon po‘lat barabandan iborat bo‘lib, unga maydalovchi sharlar va maydalanadigan material solinadi. Sharli tegirmonda olingan kukun zarralari 100—1000 mkm o‘lchamli noto‘g‘ri ko‘pyoqlik ko‘rinishida bo‘ladi. Uyurma tegirmonlarda maydalash sharli tegirmonlarga nisbatan tezroq kechadi. Uyurma tegirmonining kamerasida ikkita parrak bo‘lib, qarama-qarshi tomonlarga aylanib, o‘zaro kesishuvchi xavo oqimlari hosil qiladi. Kameraga solingan material (sim bulagi, qirindi, qirqimlar va boshqa mayda bo‘lakchalar) ni havo oqimi ilashtirib olib ketadi, ular o‘zaro bir-biriga urilib 50 dan 200 mkm gacha o‘lchamli zarralarga maydalanadi. Hosil bo‘lgan zarrachalar ta- relka ko‘rinishida, chetlari arrasimon bo‘ladi. Mo‘rt metall karbidlari va oksidlaridan mayin kukunlar olish uchun vibratsion tegirmonlardan foydalaniladi. Vibrotegirmonlar eng unumli bo‘lib, ularning ishi po‘lat shar va silindrlarning tegirmon barabanining katta chastotami aylanma 109 tebranma harakati tufayli maydalanadigan materialga govori chatsota bilan ta’sir qilishiga asoslangan. Qalay, kurg‘oshin, alyuminiy, mis, shuningdek temir va po‘lat kukunlarini olish uchun havo, suv, bur yoki inert gazlar kinetik energiyasi bilan suyuq metallni to‘zitish usulidan ham foydalaniladi. Olingan kukun zarralari 50—350 mkm o‘lchamli bo‘lib, sferik ko‘rinishga yaqin. Fizik-ximiyaviy usullar bilan kukunlar olishda boshlang‘ich materialning ximiyaviy tarkibi va xossalari o‘zgaradi. Metallarni oksidlardan ximiyaviy qaytarish, suyultirilgan tuzlarni elektroliz qilish, karbonil va gidrogenizatsiya usullari asosiy fizik-ximiyaviy usullar hisoblanadi. Oksidlardan materiallarni ximiyaviy qaytarish gazsimon yoki qattiq qaytargichlar bilan amalga oshiriladi. Gazsimon tiklagichlar sifatida tabiiy, domna gazlari, karbonat angidrid, shuningdek vodorod keng qo‘llaniladi. Ximiyaviy qaytarish natijasida hosil bo‘ladigan g‘ovak metall massa maydalanadi. Kukun olishning fizik-ximiyaviy usullari ichida bu usul eng arzon hisoblanadi. 1 —100 mkm o‘lchamli dendrit ko‘rinishdagi toza va nodir metallar (tantal,ssirkoniy va boshqalar) ning kukunlari suyultirilgan metall tuzlarini elektroliz qilish usuli bilan olinadi. Elektroliz usuli ifloslangan xomashyodan toza kukunlar olish imkonini beradi. Karbonil usuli 1-800 mkm o‘lchamli sferoid ko‘rinishdagi magnitli temir, nikel va kobalt kukunlarini olish imkonini beradi. Bu usul bilan olingan mahsulot 200-300°S temperaturada metall kukuni va uglerod oksidiga parchalanadi. Gidrogenizatsiya usuli asosida kalsiy gidrati bilan xromni qaytarish yotadi. Bunda hosil bo‘lgan ohak suv bilan yuviladi, metall kukuni esa 8— 20 mkm o‘lchamli dendritlardan tashkil topadi. Fizik-ximiyaviy usullar bilan olingan kukunlar mayda dispersli va toza hisoblanadi. Zarralari o‘lchamiga ko‘ra kukunlar granulometrik tarkibi buyicha 0,5 mkm gacha o‘lchamli ultra mayda, 0,5—10 mkm o‘lchamli juda mayda, 10—40 mkm o‘lchamli mayda, 40—150 mk o‘lchamli o‘rtacha mayda va 150—500 mkm o‘lchamli yirik xillarga bo‘linadi. Tukilish massasi, oquvchanlik, presslanuvchanlik va pishuvchanlik kukunlarning asosiy texnologii xarakteritsikalari hisoblanadi. Tukilish massasi erkin tukilgan 1 sm 3 kukunning grammlarda ulchangan massasidir. Agar kukun o‘zgarmas tukilish massasiga ega bo‘lsa, pishirilganda uning o‘zgarmas kirishuvchanligi ta’minlanadi. 110 Olinish usuliga qarab, bitta kukunning tukilish massasi turlicha bo’lishi mumkin. Govakligi yuqori bo‘lgan buyum tayyorlash uchun tukilish massasi kichik bo‘lgan kukundan, asbob va mashinalarning turli detallarini tayyorlashda esa tukilish massasi katta kukunlardan foydalanish lozim. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling