O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.1. Domna pechining tuzilishi va ishlash printsipi
113 Nazorat savollari: 1. Metalurgiya jarayoni haqida nimalarni tushunasiz. 2. Metall kukunlarini prokatlash deganda nimani tushunasiz. 3. Oquvchanlik nima? 13-MAVZU: CHO’YAN OLISH USULLARI Tayanch so’zlar: cho’yan, ishlab chiqarish, domna pechi, zaplechit, qurilma, metallurgiya, kombinat, mexanizm, avtomatika, shixta pechi, margeness, oltingugurt, gaz, koloshnik qism, metall xalqali taglik plita, taglik, beton poydevor, o’txona, yoqilg’i, shihta taksimlovchi voronka. 13.1. Domna pechining tuzilishi va ishlash printsipi Domna pechi 8-10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxta pechi bo’lib, o’rtacha hajmli 2000 - 3000 m 3 . Keyingi yillarda hajmi juda katta domna pechlari qurilmoqda. 13.1-rasm. Cho’yan xossalari. Masalan,1974 yildan boshhlab Krivoy Rog metallurgiya kombinatida hajmi 5000 m 3 li domna ishlamoqda.1986 yilda Cherepovets metallurgiya kombinatida "Severyanka" deb atalgan domna pechi ishga tushirildi. Bu domna pechi dunedagi eng yirik pechlardan bo’lib, hajmi 5580 m 3, buyi 100 metrdan ortiq, diametri 19 m bo’lib, zamonaviy avtomatik mexanizmlar bilan jihozlangan. Har sutkada 10000 -12000 t cho’yan ishlab chiqariladi. Domna pechining ichki devori shamot g’ishtidan terilib, sirtidan 15-20 mm li po’lat list bilan qoplanadi. Bu qoplama pechining g’ilofi deyiladi. Domna pechi quyidagi asosiy qismlardan iborat bo’lib, ishlash printsipi quyidagicha: Pechning ustki qismi koloshnik deb ataladi. 114 Koloshnikda shihta materiallarini bir tekisda yuklash uchun, yuklash apparati o’rnatilgan. Domna ishlayotganda ajralayotgan gazlar uning kaloshnik qismiga o’rnatilgan trubalar orqali gaz tozalash apparatiga o’tadi. Tozalangan gazlar maxsus trubalar orqali havo qizdirgichga yuboriladi. Pastga tomon kengayib boriladigan kesik konusli eng katta qismi shaxta deb ataladi. Bu qism tsilindrik shaklli qism bilan tutashgan bo’lib raspar deyiladi. Raspar kesik konusli qism bilan tutashgan bo’lib, bu qism zaplechik deb ataladi. Bu qismi tsilindrik shakli qism bilan tutashgan bo’lib u o’txona (gorn) deb ataladi. O’txona tubi leschand deyiladi. U grafit gilli bloklar yoki yuqori sifatli shamot g’ishtlardan ishlanadi. Pech metall xalqali taglik plitaga, taglik esa beton poydevorga o’rnatilgan bo’lib, temir ustunlarda turadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling