O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayev
12.2. Metall kukunlarini prokatlash
12.2-rasm. Metall kukuni. Metall kukunlarini prokatlash sovuqlayin yoki issiklayin deformatsiyalash usuli bilan tasma, sim, polosa ko‘rinishidagi buyumlar olishning o‘zluksiz protsessidir. Prokatlash vertikal, qiya va gorizontal yunalishlarda bajariladi. Vertikal holatda prokatlash buyumni shakllantirish uchun eng yaxshi sharoit xisoblanadi. Avvaliga kukun bunkerdan aylanma sikuvchi valiklar orasidagi zazorga tushadi, zagotovka xoliga keltirish uchun qisiladi, sungra pishirish uchun pechga yunaltiriladi, keyinchalik toza valiklarda prokatlanadi. Prokatlashda kukun hajmi bir necha marta kichrayadi. Tasmani prokatlashda valik diametrining tasma qalinligiga nisbati 100:1 dan 300:1 gacha bo‘lishi kerak. Kukunlarni prokatlash tezligi quymametallarni prokatlash tezligiga nisbatan ancha kichik bo‘lib, kukunning oquvchanligi bilan cheklanadi. SHuning uchun aylanuvchi valiklar syrtining chiziqli tezligi metall kukunning bunkerdan chiqib, 112 valiklar orasidagi zazorga surilish tezligidan kichik butshshi kerak. Prokatlash usuli bilan bir va ko‘p qatlamli buyumlar, qalinligi 0,025— 3 mm, eni 300 mm gacha bo‘lgan tasmalar, diametri 0,25 mm va undan katta bo‘lgan simlar va xakazolar olish mumkin. Protsessning o‘zluksizligi uni avtomatlashtirishni hamda yuqori unumdorligini ta’minlaydi. Detal va buyumlarga kerakli mutsahkamlik va qattiqlik berish uchun ular pishiriladi. Pishirish operatsiyasi buyumni asosiy komponent suyuklanadigan temperaturaning 0,6—0,8 qismiga qadar qizdirish va shu temperaturada ma’lum vakt ushlab turishdan iborat. Pishirish qarshilikli elektr pechlarda induksion qizdirish yoki bevosita pishiriladigan buyum orqali tok utkazish yuli bilan amalga oshiriladi. Metall kukunlar oksidlanmasligi uchun pishirish argonli, geliyli muhitlarda, vakuumda yoki vodorod muxitida bajariladi. Tob tashlamasligi uchun yupqa va yassi detallar bosim ostida pishiriladi. Buyumlarga o‘zil-kesil shakl va aniq o‘lchamlar berish uchun ular pardozlash operatsiyalaridan o‘tkaziladi; kalibrlanadi, kesib ishlov beriladi, ximiyaviy termik ishlanadi, elektrofizik usullar bilan kerakli o‘lchamiga etkaziladi, qayta presslanadi. Kalibrlash presslangan buyumni press-qolipdagi mos qirqimli teshikdan sikib o‘tkazishdan iborat. Kalibrlash natijasida buyumning ulchamlari aniqlashadi, sirti silliqlanadi, g‘ovakligi kamayadi Elektr uchqunli va elektr impulsli elektrofizik usullar murakkab shaklli detallar olish uchun qo‘llaniladi. Elektr uchqunli usulda ishlash mohiyati ikkita elektrod orasida elektr impulsli uchqunli razryaddan foydalanishdan iborat. Bunda ishlov beriladigan zagotovka anod, asbob, katod vazifasini utaydi. Elektr impulsli usulda ishlashda elektrodlarni ulashda teskari qutblilikdan foydalaniladi. Bu usullar tok utkazuvchi elektrodlar orqali impulsli elektr toki utkazilganda ularning eroziyalanishiga (emirilishiga) bog‘liq. Hosil bo‘lgan razryad tufayli ishlov beriladigan zagotovka-elektrod sirtida juda qisqa vaqt oralig‘ida temperatura 10000-12000°S gacha ko‘tariladi, shu onda metall suyuqlanadi va burlanadi. Zagotovkadan ajralib chiqqan metall dielektrik suyuqlik muxitida zarralar ko‘rinishida qotadi. Qayta presslash usulidan murakkab shaklli detallar olishda foydalaniladi. Qayta presslash natijasida zagotovkaning kerakli o‘lchamlari va shakli ta’minlanadi. Birinchi marta presslanganda zagotovkaning shakli oddiy, o‘lchamlari taxminiy bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling