O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

0
(t) va 
u(t) kirish va bitta chiqish 

 signallari mavjud. 
3.1-rasm. Sxemalarda funksional elementlarning tasvirlanishi: 
A - TqE dan boshqa elementlar; b- TqE
 
3. 
Struktur sxemalar (ayrim adabiyotlarda algoritmik ham deb ataladi). 
Funksional elementlari tipik dinamik zvenolar bilan ifodalangan ABTning 
sxemasiga shu tizimning struktur sxemasi deb ataladi. Struktur sxema tizimning 
dinamik xossalarini ifodalaydi va shuning uchun ham undan asosan tizimni nazariy 
tadqiqod qilishda foydalaniladi. Boshqacha qilib aytganda struktur sxemalar kirish 
va chiqish o„zgaruvchilarining Laplas almashtirishlarini o„zaro bog„langan 
tenglamalarning shartli grafik tasviridir. Bu sxemalarda barcha funksiyalar uzatish 
funksiyalari orqali beriladi, ular orasida ta‟sirlar ham Laplas tasviri ko„rinishida 
ifodalanadi. Quyidagi 3.2-rasmda dinamik zvenolarni struktura sxemalarda 
tasvirlanishi keltirilgan. 


179 
a) b) v)
3.2-rasm. Struktur sxemalardagi shartli belgilashlar: 
a- dinamik zveno; b-taqqoslash elementi; v-tarmoqlanish tuguni 
 
4. Funksional-texnologik sxemalar turli texnologik ob‟ektlarni avtomatik 
nazorat (AN), boshqarish (AB) va rostlash (AR) tizimlarini ifodalashda 
qo„llaniladi. Bu sxemalarda ob‟ektdagi texnologik jarayonni avtomatlashtirishning 
strukturasi va xarakteri, shuningdek unda qo„llaniladigan avtomatlashtirish 
vositalari 
va 
asboblari 
belgilab 
beriladi. 
Funksional-texnologik 
sxema 
avtomatlashtirilishi lozim bo„lgan ob‟ektning ish jarayoni texnologik sxemasi bilan 
va uni avtomatlash-tirishda qo„llaniladigan funksional elementlarining shartli 
belgilari majmuidan iboratdir. Bu sxemadagi shartli belgilash va tasvirlar amaldagi 
davlat va tarmoq standartlari asosida bajariladi. Funksional-texnologik sxemalar 
turli texnologik ob‟ektlarini avtomatlashtirish loyixalari, ularni amalga oshirish 
uchun zarur bo„lgan ishchi hujjatlar (yig„ish, montaj va b.) sxema va chizmalarda 
qo„llaniladi. 
ABT ning sifatli va ishonchli ishlashi tizim elementlarining to„g„ri 
tanlanishiga bog‟liq. Buning uchun boshqariluvchi ob‟ekt va boshqarish 
qurilmasining barcha elementlarini xarakteristikalarini bilish lozim. 
Amaliy mashg„ulotni bajarish uchun talaba birinchi navbatda o„xshash 
turdagi ABT (yoki ART)larning prinsipial sxemalari asosida ularning tuzilishi va 
ishlashini bilishi talab etiladi.
Avtomatik boshqarish qurilmalari (ABQ)lar odatda konstruktiv jihatdan 
yaxlit holda shaklantirilgan bo‟lsada ularni ma‟lum bir vazifa (funksiya)larni 
bajaruvchi alohida elementlardan tashkil topgan deb qaraladi.


180 
Bu elementlarni funksional elementlar deyiladi va ularni vazifasi har birining 
nomida o„z aksini topgan. Quyida ABQ va rostlagichlarning asosiy funksional 
elementlari keltirilgan. 
1. Topshirgich element (TE)ning vazifasi - rostlagichga topshirik berish, ya‟ni 
u boshqariluvchi kattalik uchun etalon bo„lgan (berilgan) qiymatni ishlab berish. 
TE BOni ishlash algoritmi(IA)ni belgilab beradi. 
2. Qabul elementi (QE) (yoki o„lchagich, sezgir element) boshqaruv 
kattalikning ayni qiymati haqida ma‟lum bir fizik ko„rinishdagi ma‟lumot olish 
vazifasini bajaradi. 
3. Taqqoslash elementi (TqE)ning vazifasi esa boshqariluvchi kattalikning 
berilgan - etalon qiymati x
0
(t) bilan uning ayni, haqiqiy qiymati y(t) taqqoslanadi. 
TqE chiqishida taqqoslash natijasi 
y
x


0

ko„rinishida olinadi. Buning uchun 
ikkala taqqoslanayotgan kattaliklar bir xil fizik ko„rinishda bo„lishi kerak. 
4. Boshqaruvchi element (BE) boshqarish algoritmi asosida boshqarish 
signalini shakllantiradi. Odatda BEga kelayotgan signal kam quvvatli bo„lganligi 
sababli bu signal ko„pincha ijro elementini harakatga keltirish uchun yetarli 
bo„lgan quvvatgacha kuchaytiriladi. Shuning uchun ko„p hollarda BE 
kuchaytiruvchi element (KE) ko„rinishda ham beriladi. Murakkabroq boshqarish 
algoritmlarini tashkil etishda (shakllantirishda) hozirgi zamonaviy elektron AB va 
N tizimlarida boshqaruvchi element sifatida kichik EHM lar, mobil mashinalarda 
bort mikroprotsessorlari qo„llaniladi.
5. Ijrochi element (IE) boshqarish signalini boshqaruvchi ta‟sir U(t) ga 
o„zgartirib beradi va BOning boshqaruv organiga ta‟sir qiladi. Agar ob‟ektning 
boshqaruv (rostlash) organi mexanik siljishi orqali harakatga keltirilsa IE ni ijro 
mexanizmi deb ham ataladi. 
6. Korrektlovchi element (KrE) rostlash jarayonining dinamik xossalarini 
yaxshilash uchun xizmat qiladi va tizimga asoslangan zaruriyat bo„lgandagina 
kiritilishi mumkin. 
Tizimning funksional sxemasini tuzishda funksional elementlar ajratib 
olingandan so„ng, ularning kirish va chiqish kattaliklari va bu kattaliklarini 


181 
elementlararo uzatish yo„nalishi aniqlab olish va shartli belgilar bilan ifodalash 
lozim bo„ladi. 
TOPSHIRIQNI BAJARISH TARTIBI
Umumiy holda ABTni funksional sxemasini tuzish quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
1) tizimni tashkil etuvchi funksional elementlarga ajratib olinadi
2) har bir funksional elementlar, hamda BO uchun kirish va chiqish 
kattaliklari aniqlanadi; 
3) bu kattaliklarning bir elementdan boshqasiga o„tish yo„nalishi va tartibi 
aniqlab olinadi; 
4) yuqorida aniqlangan elementlarning qisqacha nomi va kattaliklarning 
fizik ko„rinishidagi belgilari aniqlanib, ularning sxemalari tuziladi. Barcha 
elementlar sxemalaridan foydalanib va kirish hamda chiqish kattaliklarining 
uzatish yo„nalishlarini hisobga olgan holda tizimning funksional sxemasi tuziladi. 
2-amaliy mashg‟ulot topshirig‟ini bajarishni idishdagi suyuqlik sathini 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling