O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

ART misolida  ko„rib chiqamiz.
Idishdagi suyuqlik sathini elektr rostlagichli ARTning prinsipial sxemasi 
3.3-rasmda keltirilgan [5,7]. 
ART ni ishlash prinsipi tavsifi. Qalqovuch(1)ning richagi elektr manbaga 
ulangan potensiometr(4)ning qo„zg„aluvchan kontakti bilan bog„langan. 
Potensiometrning qo„zg„aluvchan va qo„zg„almas kontaktlari neytral (bir-biriga 
ro„paro, 3.3-rasmdagidek), ya‟ni tarmoq elektr manbadan uzilgan holatda 
bo„lganda suyuqlik sathi kerakli me‟yorga sozlanadi. Bu me‟yor topshiriq beruvchi 
element - topshirgich(5) yordamida belgilanadi. Suyuqlik sathi ushbu belgilangan 
me‟yordan oshsa yoki kamaysa qalqovuch qo„zg„aluvchan kontakt holatini 
o„zgartiradi, ya‟ni neytraldan o„tib siljiydi. Buning natijasida potensiometrdan 
ma‟lum qiymatli elektr kuchlanish elektrmotor (3) ga keladi. Elektrmotor reduktor 
orqali to„sgich (2) bilan bog„langan. Elektrmotor vali unga kelgan elektr signali 
yonalishi va qiymatiga mos ravishda biror tomonga aylanib to„sgichni mos 
tomonga siljitadi. 


182 
Q
1
Q
2
+
-
H
0
1
2
3
4
5
u
~
3.3- rasm. Idishdagi suyuqlik satxini elektr rostlagichli ART ning prinsipial 
sxemasi: 1- qalqovuch; 2- to„sgich; 3-elektrmotor; 4-potensiometr; 
5-topshirgich 
To„sgich o„z navbatida rezurvuar (idish)ga kelayotgan suyuqlik miqdorini 
o„zgartiradi, natijada suyuqlik sathi o„zgarib qalqovichni, u esa o‟z richagi orqali 
qo„zg„aluvchan kontaktni avval siljigan yo„nalishga teskari tomonga siljitadi va 
qo„zg„aluvchan kontakt yana qayta neytral holatga kelganda elektrmotor vali 
aylanishdan to„xtaydi.
ARTni funksional sxemasini tuzish uchun boshqariladigan ob‟ektni, 
boshqarish qurilmasining funksional elementlarini, ularning kirish va chiqish 
kattaliklarini, shuningdek, ushbu kattaliklarining uzatish yo„nalishlarini aniqlab 
olamiz va shartli belgilar bilan ifodalaymiz. 
1) Boshqariladigan ob‟ekt(BO) - suyuqlik solingan idish (rezervuar), uning 
uchun kirish kattaligi to„sgichning siljishi yoki elektrmotor valini aylanish 
burchagi (

) bo„ladi, chiqish kattaligi - ARTning boshqariladigan kattaligi- 
idishdagi suyuqlik sathi (H ) 


183 
2) Qabul elementi(QE) –sath datchigi - qalqovuch, kirish kattaligi idishdagi 
suyuqlik sathi (H), chiqish kattaligi qo„zg„aluvchan kontaktni siljish kattaligi (l
qk
).
3) Topshiriq beruvchi - topshirgich element (TE) - potensiometrning 
qo„zg„almas kontakti holatini o„zgartirish yo„li bilan chiqish kattaligi uchun etalon 
qiymat hosil qilib beradi. Qo„zg„almas kontakt holati koordinatasi yoki siljish 
kattaligi (l
qsk
) TE uchun chiqish kattaligi bo„ladi. 
4) Taqqoslash elementi(TqE)- potensiometr, ikkita kirish kattaligiga ega, bular 
qo„zg„almas (l
qsk
) va qo„zg„aluvchan (l
qk
) kontaktlar siljish kattaliklari, chiqish 
kattaligi - ular orasidagi farq (

l).
5) Kuchaytiruvchi element(KE) vazifasini xam potensiometr bajaradi, KE 
uchun kirish kattaligi – potensiometrning qo„zg„aluvchan va qo„zg„almas 
kontaktlari siljishlari farqi (

l), chiqish kattaligi - potensiometr chiqishidagi elektr 
kuchlanish (U): 
6) Ijro elementi (IE) vazifasini ushbu ARTda elektrdvigatel bajaradi, uning 
uchun kirish kattaligi potensiometrdan kelayotgan kuchlanish (U), chiqish kattaligi 
esa elektrdvigatel valining aylanish burchagi (

) bo„ladi: 


184 
Aniqlangan funksional elementlar sxemalaridan foydalanib, kirish hamda 
chiqish kattaliklarining uzatish yo„nalishlarini hisobga olgan holda ARTning 
funksional sxemasini tuzamiz (3.4-rasm): 
3.4-rasm. Idishdagi suyuqlik sathini elektr rostlagichli 
ART ning funksional sxemasi 
AMALIY ISH BO„YICHA HISOBOT MAZMUNI 
1.Tanlab olingan ABTning prinsipi sxemasi, tuzilishi va ishlash prinsipi 
tavsifi. 
2. Tizimning funksional elementlari va ularning kirish hamda chiqish 
kattaliklari aniqlanadi, ularning sxemalari. 
3. Funksional elementlar sxemalari va kirish hamda chiqish kattaliklarining 
uzatish yo„nalishlarini hisobga olgan holdatuzilgan ABTning funksional sxemasi. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Idishdagi suyuqlik sathini ART ishlashini tushuntiring?
2. Funksional elementlarning har birini ta‟rifini keltiring?
3. O‟z shaxsiy topshirig‟ingizda tizimni tashkil etuvchi funksional elementlari va 
ularning tavsifini keltiring?
4. ART funksional sxemasini tuzish tartibini tushuntiring? 
TAVSIYA QILINGAN ADABIYOTLAR 
1. Igamberdiyev X.Z., Sеvinоv J.U. Bоshqаrish nаzаriyasi. Darslik. – T.: «Fan va 
texnologiya», 2018. - 336 b. 
2. "Автоматлаштириш асослари" ўқув фанидан маърузалар матни. Тузувчи: 
Абдазимов А.Д., Тошкент, ТошДТУ, 1999 й. - 95 б.


185 
3. Юсупбеков Н.Р., Мухамедов Б.Э., Ғуломов Ш.М. Технологик жараѐнларни 
бошқариш. - Тошкент: Ўқитувчи, - 1997. – 704 б. 
Hisobotni bajardi _______________________"__"______ 20 __y. 
f.i.sh., imzo
Hisobotni qabul qildi ______________________"___"_____ 20 __y. 
f.i.sh., imzo

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling