O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

 
 
3-AMALIY MASHG„ULOT 
ABT ni tipik (elementar) dinamik zvenolarga ajratish va ularni uzatish 
funksiyalarini tanlash. ABT ning struktur(algoritmik) sxemasini tuzish va 
tizimning uzatish funksiyasini aniqlash 
 
Ishning maqsadi - ABTning funksional sxemasi asosida tizimning 
funksional elementlarini matematik modelini aniqlash, ularni tipik(elementar) 
dinamik zveno ko„rinishida tavsiflash, tizimning struktur sxemasini tuzish va 
ushbu sxema asosida tizimning uzatish funksiyasini aniqlash bo„yicha bilim va 
ko„nikmalarni o„zlashtirish.
Topshiriq 
- 
Talaba shaxsiy topshirig„idagi ABTning funksional 
elementlarini tipik(elementar) dinamik zvenolarga ajratish va tizimning struktur 
sxemasini tuzish. Struktur sxemadan foydalangan holda tizimning uzatish 
funksiyasini aniqlash. 
Umumiy ma‟lumotlar 
ABT ni tipik (elementar) dinamik zvenolarga ajratish va ularni uzatish 
funksiyalarini aniqlashda talaba eng avvalo o„rganilayotgan elementning qaysi 
texnikaviy vositalar guruhiga tegishliliqli (o„lchov o„zgartkich-datchiklar, signal 
kuchaytirgichlar, ijro elementlari va b.) ekanligini, uning vazifasi, tuzilishi va 
ishlash prinsipini, kirish kattaligini qay yo„sinda chiqishga o„zgarishini tasavvur 
qilishi va bilib olishi, shuningdek tipik(elementar) zvenolarga oid nazariy 
adabiyotlar va ma‟lumotnomalardan foydalanishi maqsadga muvofiq.
Avtomatikaning funksional elementlari o„zlarining bajaradigan vazifalari 
bo„yicha turlarga bo‟linishi bilan bir qatorda ularning dinamik tavsiflari, yani 


186 
kirish kattaligini qay tarzda chiqishga o„zgarishini ifodalaydigan differensial 
tenglamalarning ko„rinishlari bo„yicha ham bir necha turlarga bo„linadi. Bu esa 
ko„plab turdagi va konstruksiyadagi, turli fizik tabiatli qurilmalarni nisbatan ko„p 
bo„lmagan tipik dinamik zvenolar orqali ifodalash imkonini beradi.
Tipik (elementar) dinamik zveno deganda har qanday fizik tabiat va 
ko„rinishdagi, lekin 2-tartibdan yuqori bo„lmagan differensial tenglama bilan 
tavsiflanadigan avtomatik tizimning qurilmasi tushiniladi. Bu zvenolarning analizi 
ularning kirishiga birlik pog‟onasimon ta‟sir berilganda chiqish kattaligining vaqt 
bo‟yicha o‟zgarish grafigi - o„tish xarakteristikasi bo„yicha, kirishga davriy 
garmonik ta‟sir ko„rsatilganda esa chastotaviy xarakteristikalari bo„yicha 
bajariladi. Tipik (elementar) zvenolar quyidagi asosiy turlarga bo„linadi: 
proporsional (kuchaytiruvchi, inersiyasiz), birinchi va ikkinchi tartibli aperiodik 
(nodavriy, inertsiyali), ideal va real integrallovchi, ideal va real differensiallovchi, 
tebranma, sof kechikish va boshqa zvenolar. Ularni struktur sxemalarda 
tasvirlanishi yuqoridagi 3.2-rasmda keltirilgan. 
Dinamik zvenolarning bunday kvalifikatsiyasiga asos qilib zvenolarning 
qat‟iy belgilangan kirish ta‟siri (tipik tashqi ta‟sir)ga javob reaksiyasi-chiqish 
kattaligining o„zgarish qonuniyati - o„tish xarakteristikasining ko„rinishi olingan. 
Struktur sxema yuqorida (2-amaliy mashg‟ulot) da ta‟kidlanganidek, 
tizimning dinamik xossalarini ifodalaydi va u funksiyanal sxema asosila tuziladi - 
funksiyanal sxemadagi barcha funksiyonal elementlar dinamik zveno ko‟rinishida 
uzatish funksiyalari orqali beriladi, yani elementlarni tasvirlovchi kataklarga ushbu 
zvenoning uzatish funksiyasi yoziladi, ular orasidagi fizik kattaliklar – kirish va 
chiqish ta‟sirlari ham Laplas tasviri ko‟rinishida ifodalanadi. 
ABTni tipik dinamik zvenolarga ajratib olingandan so„ng ularning uzatish 
funksiyalari aniqlanib, struktur sxemada signal uzatilishi yonalishi bo‟yicha uzatish 
funksiyalari tartib bilan yoziladi. Stuktur sxema tizimning dinamik xossalarini 
ifodalaydi va shuning uchun undan tizimni nazariy tadqiqot qilishda, tizimning 
uzatish funksiyasini-differensial tenglamasini aniqlashda foydalaniladi. Boshqacha 


187 
qilib aytganda struktur sxemalar kirish va chiqish o„zgaruvchilarining Laplas 
almashtirishlarini o‟zaro bog‟langan tenglamalarning shartli grafik tasviridir.
Zvenoning W(S) uzatish funksiyasi deb boshlang‟ich shartlar 0 ga teng 
bo„lganda chiqish kattaligi Laplas tasvirining kirish kattaligi Laplas tasviriga 
nisbatiga aytiladi, ya‟ni
)
(
)
(
)
(
S
W
S
X
S
Y

, (3.1) 
bu erda
 
 





0
)
(
)
(
dt
e
t
x
t
L
S
X
qt
va 
 
 





0
)
(
)
(
dt
e
t
y
t
L
S
Y
qt
mos ravishda kirish x(t) va chiqish y(t) kattaliklarining operator 
ko„rinishidagi shakli yoki Laplas tasvirlari.
Yuqoridagi (3.1) ifodadan ko„rinib turibdiki, chiqish kattaligining tasviri 
zvenoning uzatish funksiyasi bilan kirish kattaligi tasviri ko„paytmasiga teng ekan
 
   
S
X
S
W
S
Y


, (3.2) 
ya‟ni agar zvenoning uzatish funksiyasi va kirish kattaligining Laplas tasvirlari 
ma‟lum bo„lsa, chiqish kattaligi Laplas tasvirini so„ngra esa, Laplas teskari 
almashtirishi orqali chiqish funksiyasining originalini aniqlash mumkin. Amalda 
ishni osonlashtirish maqsadida har safar Laplas almashtirishi amalini bajarmay 
ko„p uchraydigan kasrli-ratsional funksiyalarning oldindan hisoblangan Laplas va 
original tasvirlari keltirilgan jadvallardan foydalaniladi. Bu esa (3.2) ko„rinishda 
berilgan differensial tenglamalarni yechishni ancha osonlashtiradi. Bunday 
jadvallar matematika bo„yicha so„rovnoma manbalar va operatsion hisobga oid 
maxsus adabiyotlarda, shuningdek avtomatik boshqarish nazariyasi masalalarini 
yechishga oid o„quv qo„llanmalarda keltirilgan.
Amaldagi ABT(ART)lar uzaro ulangan dinamik zvenolardan iborat. 
Zvenolarning o„zaro ulanishi uch xil tartibda bo„lishi mumkin: ketma-ket, parallel 
va qarshi-parallel (teskari bog„lanishli) ulanishlar. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling