O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

 
Umumiy ma‟lumotlar 
ABT larining sxemalari. ABT larni ishlash prinsipini, ularni tashkil etuvchi 
qismlarini o„zaro ta‟sir va bog„lanishlarini, statik va dinamik rejimlaridagi 
o„zgarishlarini o„rganish va tasvirlash uchun ABT sxemalaridan foydalaniladi. 
Avtomatik tizimlar asosan to„rt xildagi sxemalar ko„rinishda tasvirlanishi mumkin. 
1. Prinsipial sxemalar ABT qismlarining va umuman o„zining tuzilishi va 
ishlash prinsipini ifodalaydi. Masalan, 1.12- yoki 1.13-rasmlarda keltirilgan 
prinsipial sxemalardan quvurdagi havo bosimini yoki idishdagi suv sathini 
avtomatik rostlash tizimlarini ishlashini tushuntirib berish mumkin. Bu sxemalarda 
tizimga kiruvchi barcha elementlar va ular o„rtasidagi bog„lanishlar amaldagi 
GOST lar talablariga rioya qilgan holda ifodalanishi kerak. Sxemalarni o„qish 
qulay bo„lishi uchun undagi har bir element raqamlar yoki harflar bilan 
belgilanadi. 
2. Funksional sxemalar tizimda, uning ayrim qism va elementlarida 
borayotgan jarayonlarni ifodalaydi. Har qanday avtomatik tizimda o„lchash, 
taqqoslash, o„zgartirish, kuchaytirish, korreksiyalash (tuzatish, to„g„rilash), ijro 
etish jarayonlari amalga oshiriladi va bu vazifalarni funksional elementlar bajaradi. 


178 
ABTning funksional elementlar va ular orasidagi bog„lanishlar 
ko„rinishidagi sxemasi funksional sxema deb ataladi. Unda funksional elementlar 
to„g„ri to„rtburchak, ular orasidagi bog„lanishlar esa strelkalar ko„rinishida 
tasvirlanadi. Tizimning funksional sxemasini tuzish uchun avval uni funksional 
elementlarga ajratib olish, ular uchun kirish va chiqish kattaliklarini va bu 
kattaliklarni elementlararo uzatish yo„nalishi aniqlab olish va shartli belgilar bilan 
ifodalash lozim bo„ladi. Sxemalarda funksional elementlar nomlarning bosh 
harflari ko„rsatilgan to„g„ri to„rtburchak shaklida ifodalanadi (3.1,a-rasm). Bundan 
faqat taqqoslash elementi (TqE) mustasno, bu element o„rtasida kesishuvchi ikki 
chiziq chizilgan aylana shaklida ifodalanadi (3.1,b-rasm). Umumiy holda kirish va 
chiqish signallarini tegishlicha x va u bilan belgilanadi, TqEda esa ikkita x

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling