O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- idishdagi suyuqlik sathini
0
(t) va u(t) kirish va bitta chiqish signallari mavjud. 3.1-rasm. Sxemalarda funksional elementlarning tasvirlanishi: A - TqE dan boshqa elementlar; b- TqE 3. Struktur sxemalar (ayrim adabiyotlarda algoritmik ham deb ataladi). Funksional elementlari tipik dinamik zvenolar bilan ifodalangan ABTning sxemasiga shu tizimning struktur sxemasi deb ataladi. Struktur sxema tizimning dinamik xossalarini ifodalaydi va shuning uchun ham undan asosan tizimni nazariy tadqiqod qilishda foydalaniladi. Boshqacha qilib aytganda struktur sxemalar kirish va chiqish o„zgaruvchilarining Laplas almashtirishlarini o„zaro bog„langan tenglamalarning shartli grafik tasviridir. Bu sxemalarda barcha funksiyalar uzatish funksiyalari orqali beriladi, ular orasida ta‟sirlar ham Laplas tasviri ko„rinishida ifodalanadi. Quyidagi 3.2-rasmda dinamik zvenolarni struktura sxemalarda tasvirlanishi keltirilgan. 179 a) b) v) 3.2-rasm. Struktur sxemalardagi shartli belgilashlar: a- dinamik zveno; b-taqqoslash elementi; v-tarmoqlanish tuguni 4. Funksional-texnologik sxemalar turli texnologik ob‟ektlarni avtomatik nazorat (AN), boshqarish (AB) va rostlash (AR) tizimlarini ifodalashda qo„llaniladi. Bu sxemalarda ob‟ektdagi texnologik jarayonni avtomatlashtirishning strukturasi va xarakteri, shuningdek unda qo„llaniladigan avtomatlashtirish vositalari va asboblari belgilab beriladi. Funksional-texnologik sxema avtomatlashtirilishi lozim bo„lgan ob‟ektning ish jarayoni texnologik sxemasi bilan va uni avtomatlash-tirishda qo„llaniladigan funksional elementlarining shartli belgilari majmuidan iboratdir. Bu sxemadagi shartli belgilash va tasvirlar amaldagi davlat va tarmoq standartlari asosida bajariladi. Funksional-texnologik sxemalar turli texnologik ob‟ektlarini avtomatlashtirish loyixalari, ularni amalga oshirish uchun zarur bo„lgan ishchi hujjatlar (yig„ish, montaj va b.) sxema va chizmalarda qo„llaniladi. ABT ning sifatli va ishonchli ishlashi tizim elementlarining to„g„ri tanlanishiga bog‟liq. Buning uchun boshqariluvchi ob‟ekt va boshqarish qurilmasining barcha elementlarini xarakteristikalarini bilish lozim. Amaliy mashg„ulotni bajarish uchun talaba birinchi navbatda o„xshash turdagi ABT (yoki ART)larning prinsipial sxemalari asosida ularning tuzilishi va ishlashini bilishi talab etiladi. Avtomatik boshqarish qurilmalari (ABQ)lar odatda konstruktiv jihatdan yaxlit holda shaklantirilgan bo‟lsada ularni ma‟lum bir vazifa (funksiya)larni bajaruvchi alohida elementlardan tashkil topgan deb qaraladi. 180 Bu elementlarni funksional elementlar deyiladi va ularni vazifasi har birining nomida o„z aksini topgan. Quyida ABQ va rostlagichlarning asosiy funksional elementlari keltirilgan. 1. Topshirgich element (TE)ning vazifasi - rostlagichga topshirik berish, ya‟ni u boshqariluvchi kattalik uchun etalon bo„lgan (berilgan) qiymatni ishlab berish. TE BOni ishlash algoritmi(IA)ni belgilab beradi. 2. Qabul elementi (QE) (yoki o„lchagich, sezgir element) boshqaruv kattalikning ayni qiymati haqida ma‟lum bir fizik ko„rinishdagi ma‟lumot olish vazifasini bajaradi. 3. Taqqoslash elementi (TqE)ning vazifasi esa boshqariluvchi kattalikning berilgan - etalon qiymati x 0 (t) bilan uning ayni, haqiqiy qiymati y(t) taqqoslanadi. TqE chiqishida taqqoslash natijasi y x 0 ko„rinishida olinadi. Buning uchun ikkala taqqoslanayotgan kattaliklar bir xil fizik ko„rinishda bo„lishi kerak. 4. Boshqaruvchi element (BE) boshqarish algoritmi asosida boshqarish signalini shakllantiradi. Odatda BEga kelayotgan signal kam quvvatli bo„lganligi sababli bu signal ko„pincha ijro elementini harakatga keltirish uchun yetarli bo„lgan quvvatgacha kuchaytiriladi. Shuning uchun ko„p hollarda BE kuchaytiruvchi element (KE) ko„rinishda ham beriladi. Murakkabroq boshqarish algoritmlarini tashkil etishda (shakllantirishda) hozirgi zamonaviy elektron AB va N tizimlarida boshqaruvchi element sifatida kichik EHM lar, mobil mashinalarda bort mikroprotsessorlari qo„llaniladi. 5. Ijrochi element (IE) boshqarish signalini boshqaruvchi ta‟sir U(t) ga o„zgartirib beradi va BOning boshqaruv organiga ta‟sir qiladi. Agar ob‟ektning boshqaruv (rostlash) organi mexanik siljishi orqali harakatga keltirilsa IE ni ijro mexanizmi deb ham ataladi. 6. Korrektlovchi element (KrE) rostlash jarayonining dinamik xossalarini yaxshilash uchun xizmat qiladi va tizimga asoslangan zaruriyat bo„lgandagina kiritilishi mumkin. Tizimning funksional sxemasini tuzishda funksional elementlar ajratib olingandan so„ng, ularning kirish va chiqish kattaliklari va bu kattaliklarini 181 elementlararo uzatish yo„nalishi aniqlab olish va shartli belgilar bilan ifodalash lozim bo„ladi. TOPSHIRIQNI BAJARISH TARTIBI Umumiy holda ABTni funksional sxemasini tuzish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) tizimni tashkil etuvchi funksional elementlarga ajratib olinadi; 2) har bir funksional elementlar, hamda BO uchun kirish va chiqish kattaliklari aniqlanadi; 3) bu kattaliklarning bir elementdan boshqasiga o„tish yo„nalishi va tartibi aniqlab olinadi; 4) yuqorida aniqlangan elementlarning qisqacha nomi va kattaliklarning fizik ko„rinishidagi belgilari aniqlanib, ularning sxemalari tuziladi. Barcha elementlar sxemalaridan foydalanib va kirish hamda chiqish kattaliklarining uzatish yo„nalishlarini hisobga olgan holda tizimning funksional sxemasi tuziladi. 2-amaliy mashg‟ulot topshirig‟ini bajarishni idishdagi suyuqlik sathini Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling