O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
Umumiy ma‟lumotlar ABT larining sxemalari. ABT larni ishlash prinsipini, ularni tashkil etuvchi qismlarini o„zaro ta‟sir va bog„lanishlarini, statik va dinamik rejimlaridagi o„zgarishlarini o„rganish va tasvirlash uchun ABT sxemalaridan foydalaniladi. Avtomatik tizimlar asosan to„rt xildagi sxemalar ko„rinishda tasvirlanishi mumkin. 1. Prinsipial sxemalar ABT qismlarining va umuman o„zining tuzilishi va ishlash prinsipini ifodalaydi. Masalan, 1.12- yoki 1.13-rasmlarda keltirilgan prinsipial sxemalardan quvurdagi havo bosimini yoki idishdagi suv sathini avtomatik rostlash tizimlarini ishlashini tushuntirib berish mumkin. Bu sxemalarda tizimga kiruvchi barcha elementlar va ular o„rtasidagi bog„lanishlar amaldagi GOST lar talablariga rioya qilgan holda ifodalanishi kerak. Sxemalarni o„qish qulay bo„lishi uchun undagi har bir element raqamlar yoki harflar bilan belgilanadi. 2. Funksional sxemalar tizimda, uning ayrim qism va elementlarida borayotgan jarayonlarni ifodalaydi. Har qanday avtomatik tizimda o„lchash, taqqoslash, o„zgartirish, kuchaytirish, korreksiyalash (tuzatish, to„g„rilash), ijro etish jarayonlari amalga oshiriladi va bu vazifalarni funksional elementlar bajaradi. 178 ABTning funksional elementlar va ular orasidagi bog„lanishlar ko„rinishidagi sxemasi funksional sxema deb ataladi. Unda funksional elementlar to„g„ri to„rtburchak, ular orasidagi bog„lanishlar esa strelkalar ko„rinishida tasvirlanadi. Tizimning funksional sxemasini tuzish uchun avval uni funksional elementlarga ajratib olish, ular uchun kirish va chiqish kattaliklarini va bu kattaliklarni elementlararo uzatish yo„nalishi aniqlab olish va shartli belgilar bilan ifodalash lozim bo„ladi. Sxemalarda funksional elementlar nomlarning bosh harflari ko„rsatilgan to„g„ri to„rtburchak shaklida ifodalanadi (3.1,a-rasm). Bundan faqat taqqoslash elementi (TqE) mustasno, bu element o„rtasida kesishuvchi ikki chiziq chizilgan aylana shaklida ifodalanadi (3.1,b-rasm). Umumiy holda kirish va chiqish signallarini tegishlicha x va u bilan belgilanadi, TqEda esa ikkita x Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling