O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
160 3. AMALIY MASHG„ULOTLAR 3.1. Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash tartibi, amaliy mashg„ulotlarni mazmuni va ularni bajarilishga oid ko‟rsatmalar «Texnik tizimlarni boshqarish» fanidan amaliy mashg„ulotlarning maqsadi talabaning nazariy olgan bilimlarini to„ldirish, transport vositalari, traktor yoki qishloq xo„jalik mashinalari(QXM) avtomatik boshqarish tizimlari(ABT)ni loyihalashdagi asosiy bosqich bolgan loyihalanayotgan tizimni nazariy tadqiq qilish, ya‟ni hisoblash va tahlil qilish bo„yicha amaliy ko„nikmalarga ega bo„lish. Ushbu maqsadni mukammal tarzda amalga oshirish uchun ABT ni loyihalash amaldagi tartibi [8] bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq. Texnik qurilma va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash odatda buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan texnik topshiriq va boshlang„ich ma‟lotlar asosida maxsus loyihalash tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Topshiriqda loyihalanadigan tizimning maqsadi, vazifalari aniq tavsiflanishi lozim, shuningdek, uning funksional imkoniyatlari ko„rsatilishi kerak. Taqdim qilingan hujjatlar asosida loyihalash tashkiloti ob‟ektni boshqarishning struktur sxemasini (statsionar ob‟ektlar uchun), shuningdek, avtomatlashtirishning funksional sxemasini tuzib chiqadi. Ushbu sxemalar asosida nazorat qilinadigan, xabar (signal) berilishi lozim bo„lgan va boshqariladigan parametrlar aniqlab olinadi, shuningdek, xomaki ravishda avtomatlashtirish vositalari majmuasi va asbob-uskunalari ro„yxati shakllantiriladi. Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashning keyingi bosqichi – texnologik jarayonni boshqarish ob‟ekti (BO) sifatida tadqiq qilish, ya‟ni uning matematik modelini tuzishdan iborat. Muayyan holatdan kelib chiqgan holda, yakunda BO ning uzatish funksiyasini aniqlash imkonini beradigan analitik yoki eksperimental modellashtirish usullaridan foydalanish mumkin. Aniqlangan uzatish funksiyasi ob‟ektni boshqarishning optimal algoritmini tanlash va boshqarish qurilmasi (rostlagich)ni ishlab chiqish (yoki tanlash) uchun asos bo„ladi. 161 Keyingi bosqichda qabul qilingan boshqarish algoritmini amalga oshirishni ta‟minlovchi texnik vositalar to„plami tanlanadi, bunda avvalam bor, seriyalab ishlab chiqarilayotgan, Davlat asbob (pribor)lar tizimiga (GSP) MDH davlatlariaro standartiga va xalqaro standartlar (ISO) ga kirgan asboblar va texnik vositalar afzal ko„rilishi lozim. O„ta qat‟iy asoslangan hollardagina GSP va ISO ga kirmagan asboblarni qo„llash maqsadga muvofiq. Bunda tanlab olingan qurilmalar va avtomatlashtirish vositalarining sozlash parametrlari qabul qilingan boshqarish algoritmi (boshqarish qonuni)ni amalga oshirishini tam‟minlashi lozim. Sozlash parametrlari hisoblash metodlari quyidagilar o„z ichiga oladi: - birlamchi o„lchash o„zgartkich (O„O„)lar - datchiklarni tanlash; - kuchaytiruvchi - o„zgartiruvchi, boshqaruv komandasini shakllantiruvchi qurilmalarni tanlash; - ijro mexanizmlarini tanlash. BO lari asosan elektr energiya hisobiga ishlaydi. Shu sababli avtomatik tizimni loyihalashdagi keyingi qadam tizimning prinsipial elektrik sxemalarini ishlab chiqish bo„ladi. So„ngra tegishli apparat vositalarini buyurtma qilingandan keyin ularni manbalarga ulash va aloqa sxemalarini ishlab chiqiladi, zaxira almashuvchi qurilmalar loyihalanadi. Loyihalashning yakuniy bosqichida avtomatik tizimning puxtaligi va iqtisodiy samaradorligi hisoblab aniqlanadi. Yuqorida ta‟kidlanganidek, amaliy mashg„ulotlarning maqsadi - talabaning nazariy olgan bilimlarini to„ldirish va mustahkamlash, muayyan bir topshiriq bo„yicha avtomobillar, traktorlar va qishloq xo„jalik mashinalarida qullaniladigan avtomatik boshqarish tizimlarini loyihalash jarayonining muhim tarkibiy qismi bo„lgan ABTni hisoblash va tahlil qilish ishlarini bajarish bo„yicha amaliy ko„nikmalarga ega bo„lishdir. Ushbu maqsadga quyidagi tartibda amalga oshiriladigan vazifalarni bajarish va ularni o„zlashtirish asosida erishiladi: 1. Transport vositalari, xususan, avtomobillarda qo„llaniladigan avtomatik elektron tizimlarning turlari va qisqartma ko„rinishida belgilanishlarini o„rganish. 162 2. Shaxsiy topshiriqda berilgan transport vositalari, traktorlar va QXMlari ABT (yoki ART) ga o„xshash avtomatik tizimlarning tavsiya qilingan adabiyotlar bo„yicha prinsipial (konstruktiv) sxemalarini o„rganish va ulardan birini tanlash, tanlangan tizimning prinsipial sxemasi va ishlash prinsipini tavsiflash. 3. Tanlangan ABT ni funksional elementlarga ajratish, ularni kirish va chiqish kattalik (signal)larini aniqlash va funksional sxemasini tuzish. 4. ABTni tipik (elementar) zvenolarga ajratish va ularni uzatish funksiyalarini tanlash. ABTning struktur (algoritmik) sxemasini tuzish va talaba shaxsiy topshirig„i boshlang„ich ma‟lumotlarida berilgan ABT ni tashkil qiluvchi zvenolarning uzatish koeffitsientlari va vaqt doimiylari qiymatlaridan foydalangan holda tizimning umumiy uzatish funksiyasini hisoblab aniqlash. 5. ABTni tahlil (analiz) qilish. Uning turg„unligini Raus-Gurvits va Mixaylov mezon (kriteriya)lari yordamida baholash, tizim noturg„un bo„lgan holda sxemaga va uning elementlari parametrlariga tizimning turg„unligini ta‟minlovchi tuzatishlar kiritish. 6. Tizimning sifat ko„rsatkichlarini bilvosita usulda - o„tish xarakteristikasini qurmasdan uning haqiqiy chastotaviy xarakteristikasi orqali taqriban baholash. 7. ABT ning ish jarayonini sifat ko„rsatkichlarini aniqlash uchun o„tish xarakteristikasini EHM yordamida qurish va tahlil qilish, ya‟ni sistemaning sifat ko„rsatkichlarini bevosita usulda aniqlash. Mashg„ulotlar davomida guruh talabalari biror bir transport vositasi QXM yoki traktorni ABTni hisoblash va tahlil qilish bo„yicha vazifalarni o„qituvchi bilan birgalikda auditoriyada bajaradilar. Mustaqil ravishda bajarish uchun har bir talabaga o„qituvchi tomonidan shaxsiy topshiriq mavzusi va varianti beriladi. Amaliy mashg„ulot bo„yicha shaxsiy topshiriqlar mashinalarning ABT bo„yicha 10 ta mavzudan iborat bo„lib, har bir mavzu buyicha 10 ta variantda boshlang„ich ma‟lumotlar – ABTni tashkil qiluvchi funksional elementlarning uzatish koeffitsientlari va vaqt doimiylari qiymatlari ko„rinishida ushbu qo„llanma ilovasidagi jadvallarda berilgan. 163 Har bir ABT mavzu bo„yicha topshiriq ma‟lumotlari jadvali so„ngida mavzuga tegishli ma‟lumotlarni olish uchun ushbu qo„llanmada tavsiya qilingan asosiy va qo„shimcha adabiyotlarning ro„yxatidagi tartib raqamlari berilgan. Talaba o„z shaxsiy topshirig„iga tegishli ma‟lumotlarni tavsiya qilingan adabiyotlardan olishi mumkin. Har bir mashg„ulot davomida va o„qituvchi belgilagan qo„shimcha maslahat soatlarida talaba o„z shaxsiy topshirig„ini bajarishga oid maslahatlar olishi mumkin. Mashg„ulotlar va shaxsiy topshiriq bo„yicha yozuvlar va hisoblashlar maxsus daftarda rasmiylashtiriladi va o„qituvchi tomonidan tizimli tarzda baholab boriladi. Quyida topshiriqning har bir bo„limini bajarish bo„yicha qisqacha nazariy ma‟lumotlar va turli ABTlarni qamrab olgan ushbu bo„limlarni bajarish na‟munalari keltirilgan. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling