O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
Xoll datchigi. Vallarning aylanishlar chastotasi va burchak holatini o„lchash
uchun avtomobil elektronikasida yarim-o„tkazgichli Xoll datchiklari ham keng ko„lamda ishlatiladi. Xoll datchigi – bu magnit maydoni ta‟sirida boshqariladigan o„zgaruvchan qarshilik bo„lib, uning elektronikasi - Xoll elementi to„rt chiqish ulagichlariga ega yarim o„tkazgich materiallar (germaniy, kremniy, galliy arsenidi, indiy arsenidi, antimod) biridan tayyorlangan o„ta yupqa - qilinligi 10 -4 m bo„lgan plastinaga o„zgarmas tok berilganda xosil bo„ladigan galьvanomagnit effekt (Xoll effekti) hodisasidan foydalanishga asoslangan. Ushbu effekt natijasida xosil bo„ladigan elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) juda kichik bo„lib, plastinadagi elektr toki va temperaturaga bog„liq. Shu sababli Xoll datchigi Xoll elementi(XE)dan (2.14.3- rasm) tashqari kuchaytirgichli o„zgartirgich (U), bo„sag„a(chegaraviy) element (K), VT tranzistor asosidagi chiqish kaskadi va kuchlanish stabilizatori (ST) ni o„z ichiga olgan. Xoll datchigi konstruktiv jixatidan «magnit vositasida boshqariladigan integral sxema» deb nomlangan yagona mikrosxema ko„rinishida yasalgan. 2.14.3-rasm. Xoll effektiga asoslangan mikroo„zgartirgichning struktur sxemasi (R n - datchik yuklanishi) Xoll datchigida magnit maydoni doimiy magnit(5) da(2.14.4-rasm) xosil bo„ladi. Bir korpus(6)ga joylashtirilgan magnit tizimi va magnit vositasida boshqariladigan integral sxema(1) Xoll effekti mikro-o„zgartirgichini tashkil qiladi. 154 Magnit oqimining kommutatsiyasi ekranli to„skichlari (3) va tirqishlari bor yumshoq magnitli po„latdan tayyorlangan rotor (2) yordamida amalga oshiriladi. Rotor datchik – taqsimlagich vali (4) bilan birga aylanadi, undagi tirqishlar soni dvigatel silindrlari soniga teng. Rotor tirqishlari yonidan doimiy magnit o„tayotganida uning magnit oqimi kuch chiziqlari Xoll elementi (XE) yuzasiga ta‟sir qiladi va uning chiqishida e x e.yu.k. hosil bo„ladi (2.14.5-rasm). 2.14.4-rasm. Xoll datchigi sxemasi: 1 - magnit vositasida boshqariladigan integral sxema; 2 - rotor; 3 - ekran; 4 - datchik-taqsimlagich valigi; 5- magnit; 6 - mikroo„zgartirgich korpusi Magnit vositasida boshqariladigan integral sxema bilan magnit orasidagi tirqishga rotor ekrani ro„para kelganda magnit oqimining shuntlanishi yuz beradi va e x qiymati minimumgacha tushib ketadi (2.14.5-rasm). Magnit oqimining davriy ravishda o„zgarishi natijasida Xoll datchigi chiqishida dvigatel tirsakli valining burchak holatiga mos kuchlanish d U ning to„g„ri burchakli impulslar ko„rinishidagi signali shakllanadi (2.14.5-rasmga qarang). IYOD 2.14.6-rasmda Xoll effekti asosida ishlaydigan VAZ rusumli avtomobillar dvigateli taqsimlash vali holati datchigi yoki faza datchigi(FD)ning umumiy ko„rinishi keltirilgan, uning vazifasi birinchissilindr porshenining siqish fazasi so„ngidagi yuqori qotish nuqtasini aniqlab berish. 155 2.14.5-rasm . Xoll elementi e.yu.k. va Xoll datchigi chiqishidagi kuchlanishning rotorning burilish burchagiga bog„ligi 2.14.6-rasm. IYOD taqsimlash vali xolati datchigining umumiy ko„rinishi Datchik korpus, tirqishli elektrod va elektr ulagichdan iborat bo„lib, silindrlar kallaklar blokining chap tomoniga, uning rotori esa taqsimlash valiga o„rnatiladi. Rotorni tashqi aylanma yuzasining datchikka ro„para, yarim aylana segment qo„rinishidagi qismi(shtorka) metall qoplamaga ega va u datchika yo„naltirilgan reper ekrani vazifasini bajaradi. Segment shtorka datchika eng yaqin kelgan xolatda (oradagi havoli tirqish 0,5–1,5 mm diapozonda bo„lishi kerak) datchik EBB ga 12 V kuchlanishli elektr signal uzatadi. Temperatura datchiklari ob‟ekt xarorati haqidagi ma‟lumotni manbadan oladi va boshqa qurilma yoki shaxs tomonidan tushuniladigan shaklga o„zgartiradi. 156 Avtotransport vositalari elektron boshqaruv tizim-larida temperatura datchiklari sifatida yarim o„tkazgichli termorezistor-larning takomillashtirilgan turlari joriy qilingan bo„lib, ular yuqori sezuvchanlik,barqarorlik va texnologik xususiyatlari, inersiyasining kichikligi, hamda tuzilishining soddaligi kabi afzalliklarga ega. Ular integral temperatura datchiklari toifasi kirib tashqi tarmoqli sxemaga (kuchaytirgich) ega bo„lgan bir kristalli issiqlik sezuvchan yarim o„tkazgichli elementdan tashkil topgan. Datchikning chiqish signali kuchlanish ko„rinishida bo„ladi. Laboratoriya stendida yuqori sezuvchanlikka ega yarim o„tkazgichli DS12830 rusumli intelektual temperatura datchigi (2.14.7-rasm) elektrmotor korpusigi o„rnatilgan. Datchik korpusdagi xarorat xaqidagi analog elektr signalni o„zining mikrosxemasi yordamida raqamli ko„rinishga 2.14.7-rasm. DS12830 rusumli temperatura datchigi sxemasi aylantirib stend kontrolleriga uzatadi va zarur vaqtda displeyda aks ettiriladi, ya‟ni bunda temperatura datchigi elektrmotor xaroratini nazorat qilish vazifasini bajaradi.. Datchikning tavsifi quyida keltirilgan. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling