O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim


Download 41.83 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi41.83 Kb.
#1563442
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GULMURODOVA GAVHAR ERKINJON QIZI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs ___guruh talabasi

_____________________________NING
NAVOIYSHUNOSLIK FANIDAN
KURS ishI

Mavzu: “Layli va Majnun” dostonida ishq talqini

Jizzax-2023


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………….…....3-5
ASOSIY QISM……………………………………………………………...
I-BOB
1.1 “Layli va Majnun ”- pok va yuksak muhabbat ifodasi……...…6-12
1.2 Dostonning tarkibiy tuzilishi, g ‘oya viy mundarijasi va timsollar olami.………………………………………………………………...…13-21
II-BOB
2.1 “Xamsa” vaznlari va Layli va Majnun dostoni she’riyat………22-26
2.2 Navoiy devonlaridagi bahrlar miqdori. Layli va Majnun dostoni vazni……………………………………………………….……………27-30
XULOSA……………………………………………………...…..……….31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………….…………..........32

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1«O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi: Avvalambor, siz azizlarni – dunyoning olis va yaqin turli qit’a va mintaqalaridan yurtimizga tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizni bugungi adabiy anjumanning ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Sizlarning ushbu nufuzli xalqaro konferensiyadagi ishtirokingizni biz birinchi navbatda o‘zbek xalqiga, uning qadimiy va boy ma’naviy merosiga, zamonaviy adabiyotiga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tiborning amaliy ifodasi sifatida qabul qilamiz. Biz sizlarning har biringizni o‘zbek adabiyoti va madaniyatining mohir bilimdoni va jonkuyar targ‘ibotchisi, O‘zbekistonning chinakam do‘sti, ma’naviyat sohasidagi ishonchli hamkorimiz deb bilamiz va sizlarning olijanob faoliyatingizni yuksak baholaymiz. Fursatdan foydalanib, milliy adabiyotimizni o‘z yurtingizda va xalqaro maydonda beg‘araz targ‘ib va tashviq etib kelayotganingiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik izhor etishni o‘zimning sharafli burchim, deb bilaman. G‘oyat muhim va dolzarb mavzuga bag‘ishlangan ushbu konferensiya O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik bayrami arafasida bo‘lib o‘tayotgani o‘ziga xos ramziy ma’noga ega.
Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Biz milliy tiklanishdan – milliy yuksalishga erishishni o‘z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydik. Bu ulug‘ maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bo‘lib yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini biz yaxshi anglaymiz.
Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilabolish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga ega.
Bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan e’tiborga molik ishlar, xususan, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini izchil rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida ilm va ijod ahlini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi vazifalar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani haqida sizlar konferensiya ishi davomida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lasiz, deb o‘ylayman.
Bu haqda gapirganda, bir fikrga alohida urg‘u berishni o‘rinli, deb bilaman.
Biz O‘zbekistonda «Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik» degan chuqur ma’noli tamoyilga amal qilgan holda, jahon adabiyotining durdona asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish masalasiga g‘oyat jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz.
Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bo‘lgan ming-minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimashunoslik bo‘yicha o‘ziga xos ijodiy maktab shakllanganini alohida ta’kidlash lozim.
Shu bilan bir qatorda, asrlar davomida komil inson tarbiyasi, adolatli jamiyat, shaxs erkinligi, Vatan ozodligi, bunyodkorlik, bag‘rikenglik va baynalmilalchilik, odamiylik kabi o‘lmas fazilatlarni tarannum etib kelayotgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga o‘girish va chet ellarda targ‘ib etish bo‘yicha ham mamlakatimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada respublikamiz ta’lim muassasalarida o‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman tillarida ta’lim berish yo‘lga qo‘yilgani, oliy o‘quv yurtlarimizda ingliz, fransuz, nemis, ispan, yapon, xitoy, koreys, arab filologiyasi maxsus fan sifatida o‘qitilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni vaqtda bu sohada ham oldimizda ko‘pgina dolzarb va muhim vazifalar turganini ham qayd etish zarur. Xususan, hozirga qadar jahon adabiyotidan ona tilimizga tarjima qilingan aksariyat asarlar vosita tillar orqali amalga oshirilgan va bu hol bugungi kunda ham davom etmoqda. Yosh tarjimonlarimiz asliyat tilini yaxshi bilsalar-da, ko‘p hollarda ularda badiiy mahorat yetishmayapti. Xuddi shunday holatni o‘zbek adabiyoti namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish sohasida ham kuzatish mumkin. Bugun mamlakatimizda sizlarning faol sa’y-harakatingiz bilan birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro konferensiya mana shunday muhim ijodiy muammolarni atroflicha muhokama qilish, bu borada xalqaro tajriba, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish, do‘stlik aloqalarini tiklash va mustahkamlash, ijodiy uyushmalar, adabiy nashrlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, o‘zaro bordi-keldilarni yo‘lga qo‘yishga doir amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi, deb ishonaman.
.


Download 41.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling