O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta’limda steam texnologiyalari


Download 1 Mb.
bet71/72
Sana08.03.2023
Hajmi1 Mb.
#1250368
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
STEAM 1 курс узб УМК 2022

O`quvchilar jamoasi – ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan o`quvchilar birlashmasi, guruhi.
O`quvchilarning o`z-o`zini boshqarishi - o`quvchilarning jamoa faoliyatini uyushtirish va boshqarishdagi faol ishtiroklari.
O`quv qo`llanmasi – 1) ma`lum o`quv fanlari bo`yicha metodik materiallar, tushuntirishlar, tavsiyalarni yorituvchi hamda o`qituvchi yoki o`quvchilar uchun mo`ljallangan manba;
2) muayyan fan bo`yicha tayyorlangan hamda metodik jihatidan o`quv-tarbiyaviy jarayonda bevosita foydalanish imkonini beruvchi qo`shimcha o`quv materiallari.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi - yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko`nikma va malakalarini shakllantirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon.
Hikoya – o`qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo`lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo`li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi.
Hisobga olish – ta`limning muayyan davrida o`quvchilar va o`qituvchi faoliyatini umumlashtirish, xulosalash.
Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o`zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko`rsatkichi.
Huquqiy ong - muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e`tiqodlar tizimi bo`lib, ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.
Huquqiy tarbiya - shaxs tomonidan o`zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish ko`nikma va malakalarini hosil qilish, unda ijobiy huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon.
Huquqiy ta`lim - o`quvchilarga huquqiy me`yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to`g`risidagi tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo`lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling