O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta’limda steam texnologiyalari
STEM va STEAM o'rtasidagi farq nima?
Download 1 Mb.
|
STEAM 1 курс узб УМК 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 13 Mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, intellektual qobiliyatlar ta’lim moduli sifatida Reja
- 3. STEAM texnologiyasida pedagogik diagnostika tashkil etish xususiyatlari
STEM va STEAM o'rtasidagi farq nima?
STEM va STEAM o'rtasidagi asosiy farq shundaki, STEM - bu fan, texnologiya, muhandislik va matematikani birlashtirgan ta'limiy yondashuv, STEAM - bu fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematikani birlashtirgan ta'limiy yondashuv. STEM san'at, musiqa va yozuv kabi boshqa sohalarga e'tibor qaratmaydi. Biroq, STEAM san'atni STEM bilan birlashtiradi. Shunday qilib, biz buni STEM va STEAM o'rtasidagi yana bir farq deb hisoblashimiz mumkin.STEM fan, texnologiya, muhandislik va matematikani, STEAM esa fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematikani anglatadi. STEM va STEAM o'rtasidagi asosiy farq shundaki, STEAM san'atga e'tibor qaratadi, STEM esa yo'q. Adabiyotlar: 1. “Ilq qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat о‘quv dasturi. T.: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018. Tuzuvchilar: I.V.Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Mahmudova, SH.B.Nabixonova, S.V.Pak, YE.Djanpeisova.-T.:MTV, 2018.- 71 bet 2.Т.С.Волосоветов, В.А.Маркова, С.А.Аверина СТЕМ-образованийе детей дошколного и младшего школного возраста. М.БИНОМ..Лаборатория знаний 2019. 3.Явдокимова E.С. Технология проектирования в ДОУ. – М.: ТС Сфера, 2006. – 64 с. 5. Г.Богданович. Дополнителная обшеразвиваюшая программа «Мульт-студия «Мой мир» Свердловская област, 2018 г. 6.Мастер-класс для педагогов «Созданийе мультфилмов вместе с детми».2017 13 Mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, intellektual qobiliyatlar ta’lim moduli sifatida Reja 1. Bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik rivojlanish muammolarini kompleks hal qilish. 2. STEAM texnologiyasi orqali maktabgacha yoshidagi bolalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning xususiyatlari 3. STEAM texnologiyasida pedagogik diagnostika tashkil etish xususiyatlari 1. Bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik rivojlanish muammolarini kompleks hal qilish. Bolalarga matematikadan ta`lim berish va maktabgacha ta`limdagi o`quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri — bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir. Bolalar matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o`rganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlarni bilish kerak. Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to`laroq o`rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo`lgan g`oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin g`oya paydo bo`ladi, keyin shu yangilik ham kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. Matematik masalalarni echish jarayoni o`zining mohiyati bo`yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo`ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta`limdan boshlanadi. Har bir mustaqil echilgan masala, tuzilgan masala va masalani echish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil engishida matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi. Ruhshunoslarning fikriga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi murakkab va serqirralidir. O`zining mohiyati bo`yicha har bir fikr ijodiy, past yoki yuqori darajaning mahsulidir. Har bir fikr — izlanish va yangilikni yaratish hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakatdan iborat. Adabiyotlar tahlillari shuni ko`rsatadiki, matematik tushunchalarni rivojlantirish mahsulining yuqori darajadagi yangiligi, unga erishish jarayonining o`ziga xosligi va aqliy rivojlanishga sezilarli ta`sir ko`rsatish bilan ifodalanadi. Ayrim mualliflar bolaning turli fikrlashlari ularning oldida turgan yangi muammolarni mustaqil echishga, chuqur bilimlarni tez egallashga, qulay imkoniyatga engil o`tishga undaydi, deb hisoblaydilar. Respublikaning maktabgacha ta`limi tizimidagi zamonaviy talablar doirasida mavjud metodika va texnologiyalarni boyitish va yangilash bo`yicha yo`nalishlar dolzarbliligi bolalarning yoshiga mos matematik modellash usullari bilan bog`liq. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik modellashtirish tushunchasi pedagog tomonidan shakllantiriladi. Matematik modellashtirish texnologiyalari tadqiqotchilarning mualliflik yondashuvlariga muvofiq quyidagi turlarga bo`linadi. S.Abdullaevaga ko`ra, texnologiyalarni mantiqiy harakatlarga ajratib quyidagicha tasniflash mumkin: matematik o`yinlar, mantiqiy o`yinlar, vazifalar, topshiriqlar, didaktik o`yin va mashqlar. N.U.Bikbaeva, Z.Ibroximova, X.I.Qosimova tomonidan tavsiflangan texnologiyalar aqliy rivojlanish samaradorligi darajasi bo`yicha ikki turga tasniflanadi: taqlid qilish usuli va qonuniy modellarni anglashning evristik usuli. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan matematik modellashtirish texnologiyasi quyidagicha qurilishi mumkin. Bolaning maktabga shaxsiy tayyorgarligi sifatida o`zini erkin tutishi, shakllangan muloqot, o`qishga baho berish va motivatsiya, yoshi katta insonni o`qituvchi sifatida qabul qilish. Real pedagogik amaliyotda u quyidagi hollarda namoyon bo`ladi: ● umumiy masalalarni hal etishda faollik va qiziquvchanlikda; ● tengdoshlariga qo`maklashish istagida; ● belgilangan qoidalarga bo`ysuna olishlik va intizomlilikda; ● javoblar sifati va harakatlar natijasida; ● qat`iyatlilik va tirishqoqlikda. Maktabgacha yoshdagi bola intellektual tayyorgarligining markaziy ko`rsatkichi obrazli fikrlashning shakllanganligi, tasavvur qilish, ijodkorlik, so`z-mantiqiy fikrlashning asoslari hamda bilishga oid faoliyat vositalarini egallaganlik: sinflashtirish mahorati, umumiylashtirish, jadvallashtirish, modellashtirish, ona tilini bilish, nutqning asosiy shakllari – dialog, monologni bilish hisoblanadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling